Asosiy qoidalar


-bob. JINOYAT PROTSESSIDA IShTIROK ETIShGA MONELIK QILADIGAN HOLATLAR. RAD



Download 2,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/334
Sana14.07.2022
Hajmi2,06 Mb.
#795313
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   334
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi

7-bob. JINOYAT PROTSESSIDA IShTIROK ETIShGA MONELIK QILADIGAN HOLATLAR. RAD
QILIShLAR
Oldingi
 tahrirga qarang.
76-modda. Sudyaning, prokurorning, tergovchining, surishtiruvchining, tergovga qadar
tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsining va sud majlisi kotibining ishda
ishtirok etishiga monelik qiladigan holatlar
(76-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi O‘RQ-442-sonli 
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Quyidagi hollarda sudya, shuningdek xalq maslahatchisi, prokuror, tergovchi, surishtiruvchi
tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, sud majlisining kotibi
jinoyat ishini yuritishda ishtirok etishga haqli emas va uni rad qilish lozim, basharti:
(76-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi O‘RQ-442-sonli
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
1) u shu ish bo‘yicha jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar, ekspert, mutaxassis,
tarjimon, xolis, guvoh, himoyachi sifatida, gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining
qonuniy vakili yoki jabrlanuvchining, fuqaroviy da’vogarning, fuqaroviy javobgarning vakili sifatida
ishtirok etayotgan yoki ilgari ishtirok etgan bo‘lsa;
2) u ushbu ishni yuritish uchun mas’ul bo‘lgan biror mansabdor shaxsning yoki ushbu modda
birinchi qismining 
1-bandida 
ko‘rsatilgan o‘zga shaxslarning qarindoshi bo‘lsa;
3) uning xolisligiga va beg‘arazligiga shubha tug‘diradigan boshqa holatlar mavjud bo‘lsa.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Sudya ilgari shu ishni yuritishda tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning
mansabdor shaxsi surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud majlisining kotibi sifatida ishtirok etgan
bo‘lsa, o‘sha ishni kelgusida ko‘rishda qatnasha olmaydi.
(76-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi O‘RQ-442-sonli
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.


Birinchi, apellatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudida ishni ko‘rishda ishtirok etgan sudya o‘z
ishtirokida chiqarilgan hukm, ajrim bekor qilinganidan keyin o‘sha ishni ko‘rishda ishtirok eta
olmaydi.
Jinoyat ishini birinchi instansiya sudida ko‘rishda ishtirok etgan sudya shu jinoyat ishini
apellatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudida ko‘rishda ishtirok eta olmaydi.
Jinoyat ishini apellatsiya instansiyasi sudida ko‘rishda ishtirok etgan sudya shu jinoyat ishini
birinchi instansiya yoki kassatsiya instansiyasi sudida ko‘rishda ishtirok eta olmaydi.
Jinoyat ishini kassatsiya instansiyasi sudida ko‘rishda ishtirok etgan sudya shu jinoyat ishini
birinchi instansiya yoki apellatsiya instansiyasi sudida ko‘rishda yoxud ishni kassatsiya tartibida
takroran ko‘rishda ishtirok eta olmaydi.
Surishtiruvchining, tergovchining, shuningdek sud majlisi kotibining o‘z protsessual
majburiyatlarini bajarishi ularning shu ish bo‘yicha tegishincha surishtiruvni, dastlabki tergovni
yuritishda takroran ishtirok etishi, shuningdek sud majlisi bayonnomasini yuritishi uchun monelik
qilmaydi.
(76-moddaning uchinchi — sakkizinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi
O‘RQ-664-sonli 
Qonuniga 
asosan uchinchi — yettinchi qismlar bilan almashtirilgan — Qonun hujjatlari
ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/664/0014-son)

Download 2,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   334




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish