Asosiy qoidalar



Download 2,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/334
Sana14.07.2022
Hajmi2,06 Mb.
#795313
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   334
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi

69-modda. Mutaxassis
Tergov va sud muhokamasini o‘tkazishda dalillarni topish va mustahkamlashda
surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga va sudga yordam berish uchun mutaxassis chaqiriladi.
Mutaxassis sifatida shifokor, pedagog hamda zarur bilim va malakaga ega bo‘lgan boshqa shaxslar
chaqirilishi mumkin.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Himoyachining iltimosnomasiga ko‘ra surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud tomonidan
mutaxassis tushuntirish berish uchun chaqirilishi mumkin.
(69-modda O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 31-dekabrdagi O‘RQ-198-sonli 
Qonuni
 tahririda — O‘R
QHT, 2008-y., 52-son, 514-modda)
Tergov va sud muhokamasini o‘tkazishda ilmiy-texnika vositalarini (magnitofon,
videomagnitofon, kinoga olish apparatlari va boshqa apparatlarni) qo‘llash uchun mutaxassis
chaqirilishi mumkin.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Tergov va sud muhokamasiga mutaxassis chaqirish hamda uning ishtirok etishi tartibi ushbu
Kodeksning
91

92

136 — 138

146

147

149

151

156-moddalarida

22 -bobida 
va 
193-moddasida
1


nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
(69-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-418-sonli
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 1-son, 1-modda)
70-modda. Mutaxassisning huquq va majburiyatlari
Mutaxassis: o‘zining qanday maqsadda chaqirilganligini bilish; basharti tegishli bilimlarga ega
bo‘lmasa, ish yuritishda ishtirok etishdan bosh tortish; o‘zi ishtirok etayotgan protsessual
harakatlarga oid ish materiallari bilan tanishish; o‘zi ishtirok etayotgan protsessual harakatlarga
aloqador arz va mulohazalar bildirish; tergov harakatlari va sud muhokamasida ishtirok etayotgan
shaxslarga surishtiruvchining, tergovchining, prokuror va sudning ruxsati bilan savollar berish;
surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning harakatlari ustidan shikoyatlar keltirish huquqiga
egadir.
Mutaxassis: surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sudning chaqiruviga binoan hozir bo‘lishi;
tergov harakatlari va sud muhokamasini yuritishda dalillarni topish va mustahkamlash uchun ilmiy-
texnika vositalari, maxsus bilim va malakasidan foydalangan holda ishtirok etishi; ish bo‘yicha
haqiqatni aniqlash uchun ahamiyatli bo‘lgan holatlarga surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va
sudning e’tiborini qaratishi; o‘zi bajarayotgan harakatlar bo‘yicha tushuntirishlar berishi; jinoyatning
kelib chiqish sabablarini, sodir qilinishiga imkon bergan sharoitlarni aniqlash va ularni bartaraf etish
choralarini ishlab chiqishda surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga va sudga yordam berishi;
surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning ruxsatisiz surishtiruv va dastlabki tergov
materiallarini oshkor etmasligi; ishning tergovi va sud majlisi vaqtida tartibga rioya etishi shart.

Download 2,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   334




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish