Asosiy qoidalar


-modda. Jamoat birlashmasi yoki jamoa vakilining ishda ishtirok etishiga monelik



Download 2,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/334
Sana14.07.2022
Hajmi2,06 Mb.
#795313
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   334
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi

77-modda. Jamoat birlashmasi yoki jamoa vakilining ishda ishtirok etishiga monelik
qiladigan holatlar
Jamoat ayblovchisi, jamoat himoyachisi va jamoat birlashmasi yoki jamoaning boshqa
vakillari ushbu Kodeksning 
76-moddasida 
nazarda tutilgan holatlar mavjud bo‘lgan taqdirda ishda
ishtirok etishga haqli emaslar va rad qilinishlari lozim.
78-modda. Ekspertning, mutaxassisning, tarjimonning, xolisning ishda ishtirok etishiga
monelik qiladigan holatlar
Ekspert, mutaxassis, tarjimon, xolis ushbu Kodeksning 
76-moddasida 
nazarda tutilgan
holatlar mavjud bo‘lgan taqdirda, shuningdek ishda ishtirok etayotgan shaxslardan birortasiga
xizmat yuzasidan yoki boshqa jihatdan tobe bo‘lsa, jinoyat ishini yuritishda ishtirok etishga haqli
emas va rad qilinishi lozim.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Bundan tashqari, basharti ekspert, mutaxassis, tarjimonning o‘z kasbiga noloyiqligi ayon
bo‘lib qolsa, xolislar esa, ichki ishlar organi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy
gvardiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati, prokuratura, adliya yoki sud
xodimi bo‘lsalar, rad qilinishlari lozim.
(78-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-oktabrdagi O‘RQ-726-sonli
Qonuni
 tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2021-y., 03/21/726/1001-son)
Materiallari ishning qo‘zg‘atilishiga asos bo‘lgan taftish yoki o‘zga idoraviy tekshiruv o‘tkazgan
shaxs ushbu ishda ekspert yoki mutaxassis sifatida ishtirok etishga haqli emas.
Ishda mutaxassis sifatida ishtirok etgan shaxs kelgusida ushbu ish bo‘yicha ekspert qilib
tayinlanishi mumkin.
79-modda. Himoyachining, jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vogar yoki fuqaroviy javobgar
vakilining ishda ishtirok etishiga monelik qiladigan holatlar
Himoyachi, shuningdek jabrlanuvchining, fuqaroviy da’vogarning yoki fuqaroviy
javobgarning vakili quyidagi hollarda jinoyat ishini yuritishda ishtirok etishga haqli emas, basharti u:
Oldingi
 tahrirga qarang.
1) ilgari shu ish bo‘yicha sudya, xalq maslahatchisi, prokuror, tergovchi, surishtiruvchi tergovga
qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, sud majlisining kotibi, guvoh,
ekspert, mutaxassis, tarjimon yoki xolis sifatida ishtirok etgan bo‘lsa;
(79-moddaning 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi O‘RQ-442-sonli 
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
2) ushbu ishning tergovida yoki sudda ko‘rilishida ishtirok etgan yoxud ishtirok etayotgan
sudya, prokuror, tergovchi, surishtiruvchi yoki sud majlisining kotibi bilan qarindoshlik
munosabatida bo‘lsa yoxud yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida u bilan bitim tuzgan protsess


ishtirokchisining manfaatlariga manfaati qarama-qarshi bo‘lgan shaxs bilan qarindoshlik
munosabatida bo‘lsa;
3) sudya, prokuror, tergovchi, surishtiruvchi lavozimida bo‘lsa, quyidagi hollar bundan
mustasno: basharti u muomalaga layoqatsiz shaxslarning vakili bo‘lsa yoki o‘zi ishlaydigan va
fuqaroviy da’vogar deb e’tirof etilgan yoki fuqaroviy javobgar tariqasida ishga jalb qilingan
muassasaning vakili sifatida qatnashsa;
4) o‘z himoyasidagi gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining yoki o‘zi vakillik
qilayotgan jabrlanuvchining, fuqaroviy da’vogarning, fuqaroviy javobgarning manfaatlariga
manfaati qarama-qarshi bo‘lgan shaxsga yuridik yordam ko‘rsatayotgan yoki muqaddam shunday
yordam ko‘rsatgan bo‘lsa.

Download 2,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   334




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish