Jabrlanuvchi voyaga yetmagan yoki belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb e’tirof
etilgan shaxs bo‘lsa, ishda u bilan birgalikda yoki uning o‘rniga qonuniy vakili ishtirok etadi.
55-modda. Jabrlanuvchining huquq va majburiyatlari
Oldingi
tahrirga qarang.
Jabrlanuvchi: ko‘rsatuv berish; dalillar taqdim qilish; iltimosnoma berish va rad qilish; o‘z ona
tilidan va tarjimon
xizmatidan foydalanish; o‘z manfaatlarini himoya qilish uchun vakil olish;
surishtiruvchi yoki tergovchining ruxsati bilan tergov
harakatlarida ishtirok etish; surishtiruv yoki
dastlabki tergov tamom bo‘lganidan so‘ng ishning barcha materiallari
bilan tanishish va undan
zarur ma’lumotlarni yozib olish, materiallar va hujjatlardan texnika vositalari yordamida o‘z
hisobidan ko‘chirma nusxalar olish yoki ulardagi ma’lumotlarni o‘zga shaklda qayd etish; qonunda
nazarda tutilgan hollarda yarashuv to‘g‘risida ariza berish hamda sud tomonidan ish bo‘yicha
dastlabki eshituv o‘tkazilayotganda va yarashuv to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha,
birinchi instansiya,
apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudining majlislarida ishtirok etish;
surishtiruvchi, tergovchi,
prokuror va sudning harakatlari hamda qarorlari ustidan shikoyatlar keltirish; shaxsan o‘zi yoki vakili
orqali
sudda ayblovni quvvatlash; sud majlisining bayonnomasi bilan tanishish va u haqda o‘z
mulohazalarini bildirish; ish bo‘yicha keltirilgan shikoyatlar, protestlardan xabardor bo‘lish va ularga
nisbatan e’tirozlar bildirish huquqiga egadir.
(55-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 18-fevraldagi O‘RQ-675-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2021-y., 03/21/675/0126-son)
Jabrlanuvchi: surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning chaqiruviga binoan hozir bo‘lishi;
haqqoniy ko‘rsatuvlar berishi; haqiqatni aniqlashga dalillarni yo‘q qilish, soxtalashtirish, guvohlarni
ko‘ndirishga urinish va qonunga xilof boshqa harakatlar bilan to‘sqinlik qilmasligi; surishtiruvchi,
tergovchi, prokuror va sudning talabi bo‘yicha dalillar taqdim qilishi; ishning tergovi va sud majlisi
vaqtida tartibga rioya etishi shart.
Jabrlanuvchi uzrsiz sababga ko‘ra kelmagan
taqdirda ushbu Kodeksning
261 — 264-
moddalarida
nazarda tutilgan tartibda majburiy olib kelinishi mumkin.
Jabrlanuvchi ko‘rsatuv berishdan bosh tortganlik va bila turib yolg‘on ko‘rsatuvlar berganlik
uchun qonunda belgilangan tarzda javobgar bo‘ladi.
Jabrlanuvchining o‘limiga olib kelgan jinoyatlar to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha ushbu moddada
ko‘rsatilgan huquq va majburiyatlarni dastlabki tergov organlari yoki sud tomonidan marhumning
qonuniy vakili deb e’tirof etilgan yaqin qarindoshlari yoki boshqa shaxslar amalga oshiradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: