Asosiy qoidalar


-modda. Himoyachi ishtirok etishi shart bo‘lgan hollar



Download 2,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/334
Sana14.07.2022
Hajmi2,06 Mb.
#795313
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   334
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi

51-modda. Himoyachi ishtirok etishi shart bo‘lgan hollar
Quyidagi ishlar bo‘yicha:
1) voyaga yetmaganlarning ishi bo‘yicha;
Oldingi
 tahrirga qarang.
2) soqovlar, karlar, ko‘rlar, jismoniy nuqsoni yoki ruhiy holati buzilganligi sababli o‘zini o‘zi
himoya qilish huquqini amalga oshirishga qiynaladigan boshqa shaxslarning ishi bo‘yicha;
(51-modda birinchi qismining 2-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 12-sentabrdagi O‘RQ-567-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son)
3) sudlov ishi olib borilayotgan tilni bilmaydigan shaxslarning ishi bo‘yicha;
Oldingi
 tahrirga qarang.
4) jazo chorasi sifatida umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkin bo‘lgan
jinoyatlarni sodir etishda gumon qilinayotgan yoki ayblanayotgan shaxslarning ishi bo‘yicha;
(51-modda birinchi qismining 4-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 11-iyuldagi O‘RQ-99-sonli
Qonuni 
tahririda — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 6-son, 248-modda)
5) shaxslarning manfaatlari o‘zaro qarama-qarshi bo‘lib, ulardan aqalli biri himoyachiga ega
bo‘lgan ishlar bo‘yicha;
6) davlat ayblovchisi yoki jamoat ayblovchisi ishtirok etayotgan ishlar bo‘yicha;


7) jabrlanuvchining vakili sifatida advokat ishtirok etayotgan ishlarda;
Oldingi
 tahrirga qarang.
8) tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi ishlarda;
Oldingi
 tahrirga qarang.
8. ) sud tomonidan dastlabki eshituv o‘tkazilayotgan ishlarda;
8. ) o‘ta og‘ir jinoyat sodir etganlikda gumon qilinayotgan yoki ayblanayotgan shaxslarga oid
ishlar bo‘yicha;
8. ) shaxsga nisbatan qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash,
shuningdek qamoqda saqlash, uy qamog‘i muddatini uzaytirish masalasi ko‘rib chiqilayotganda;
8. ) aybiga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv tuzilgan ishlar bo‘yicha;
(51-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 18-fevraldagi O‘RQ-675-sonli
Qonuniga 
asosan 8 — 8 -bandlar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2021-
y., 03/21/675/0126-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
9) apellatsiya va kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan ko‘riladigan ishlarda himoyachining
ishtirok etishi shart.
(51-modda birinchi qismining 9-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi O‘RQ-664-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/664/0014-son)
Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud ishning murakkabligi va boshqa holatlari tufayli
gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi o‘z huquqlarini amalga oshirishda qiynalishi
mumkin degan xulosaga kelsa, boshqa ishlar bo‘yicha ham himoyachining ishtirok etishini shart
deb topishga haqlidir.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Agar ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida ko‘rsatilgan hollarda gumon
qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining iltimosiga ko‘ra yoxud ularning roziligi bilan boshqa
shaxslar tomonidan himoyachi taklif qilinmagan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar
palatasining hududiy boshqarmasi tomonidan belgilanadigan advokatlik tuzilmasi rahbari
surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning himoyachi tayinlash to‘g‘risidagi qarori yoki
sudning ajrimiga binoan qaror yohud ajrim O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining
hududiy boshqarmasiga kelib tushgan paytdan e’tiboran to‘rt soatdan kechiktirmay jinoyat ishi
bo‘yicha himoyachining ishtirokini ta’minlashi shart.
(51-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 31-dekabrdagi O‘RQ-198-sonli
Qonuni
 tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 52-son, 514-modda)

Download 2,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   334




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish