Asosiy qoidalar


-modda. Jinoyatga oid ma’lumotlarni ko‘rib chiqish natijasida qabul qilinadigan



Download 2,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet174/334
Sana14.07.2022
Hajmi2,06 Mb.
#795313
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   334
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi

330-modda. Jinoyatga oid ma’lumotlarni ko‘rib chiqish natijasida qabul qilinadigan
qarorlar
Oldingi
 tahrirga qarang.
Jinoyatga oid ma’lumotlar olingan yoki bunday ma’lumotlar bevosita aniqlangan har bir
holda quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:
(330-moddaning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi O‘RQ-442-
sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
1) jinoyat ishini qo‘zg‘atish haqida;
2) ishni qo‘zg‘atishni rad qilish haqida;
3) ariza yoki xabarni tergovga tegishliligiga qarab yuborish haqida.
331-modda. Jinoyat ishini qo‘zg‘atish tartibi
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ushbu Kodeksning 
322-moddasida
nazarda tutilgan sabab va asoslar mavjud bo‘lgan
taqdirda jinoyat ishini qo‘zg‘atish to‘g‘risida surishtiruvchi, tergovchi, prokuror shuningdek tergovga
qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi qaror chiqaradi.
(331-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi O‘RQ-442-sonli
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Qarorda: ishni qo‘zg‘atish sabablari va asoslari; Jinoyat kodeksining jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan
jinoyatni nazarda tutuvchi moddasi; bundan buyon ishni o‘z yurituviga oluvchi mansabdor shaxs
ko‘rsatiladi.
(331-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 18-sentabrdagi O‘RQ-335-sonli
Qonuni
 tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 38-son, 433-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Jinoyat ishini qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi qarorning ko‘chirma nusxasi ushbu ishning tergov
qilinishi ustidan nazoratni amalga oshirishi lozim bo‘lgan prokurorga yuboriladi.
(331-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi O‘RQ-442-sonli
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Ish qo‘zg‘atilgandan keyin uzoqqa cho‘zilgan jinoyatlarning oldini olish va jinoyatlar
takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek ish uchun ahamiyati bo‘lishi ehtimol tutilgan jinoyat
izlari, narsalar va hujjatlarni mustahkamlash va qo‘riqlash yuzasidan darhol choralar ko‘rish lozim.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan faktlar bo‘yicha tadbirkorlik subyektiga nisbatan
jinoyat ishini qo‘zg‘atishga faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurorining, viloyatlar va
Toshkent shahar prokurorlarining roziligi bilan yoxud O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki
uning o‘rinbosarining roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi.


(331-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 20-iyuldagi O‘RQ-485-sonli 
Qonuniga 
asosan
beshinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.07.2018-y., 03/18/485/1552-
son)

Download 2,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   334




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish