324-modda. Shaxslarning arizalari
Shaxslarning jinoyat to‘g‘risidagi arizalari yozma yoki og‘zaki bo‘lishi mumkin. Yozma ariza arz
qiluvchi shaxs tomonidan imzolangan bo‘lishi lozim.
Og‘zaki ariza bayonnomada qayd etiladi. Bayonnomada arz qiluvchi, uning yashash va ishlash
joyi, shuningdek shaxsiy hujjatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar aks ettirilishi lozim. Basharti arz qiluvchi
hujjat ko‘rsata olmasa, uning shaxsi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni boshqa yo‘llar bilan tekshirish
chorasi ko‘rilishi kerak.
Arz qiluvchi jinoyat to‘g‘risida bila turib yolg‘on xabar berganlik uchun jinoiy javobgarlikka
tortilishi haqida ogohlantiriladi va bu xususda bayonnomada qayd qilinib, uning imzosi bilan
tasdiqlanadi. So‘ngra bayonnomada jinoyat sodir etish holatlari xususidagi ma’lumotlar arz qiluvchi
nomidan, iloji boricha so‘zma-so‘z aks ettiriladi. Bayonnomani arz qiluvchi va arizani qabul qilgan
mansabdor shaxs imzolaydilar.
Jinoyat ishini qo‘zg‘atishga ushbu Kodeksning
113-moddasida
nazarda tutilgan aybini
bo‘yniga olish to‘g‘risidagi arz sabab bo‘lsa, bila turib yolg‘on xabar berganlik uchun jinoiy
javobgarlikka tortilishi to‘g‘risida ogohlantirilmasligini mustasno etganda, unga shaxslarning
arizalarini qabul qilish va rasmiylashtirish to‘g‘risidagi ushbu moddada nazarda tutilgan barcha
qoidalar taalluqlidir.
325-modda. Jabrlanuvchining shikoyatiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atish
Oldingi
tahrirga qarang.
Oldingi
tahrirga qarang.
Jinoyat kodeksi 105-moddasining
birinchi qismida
,
109-moddasida
, 110-moddasining
birinchi
qismida
,
111-moddasida
, 118-moddasining
birinchi qismida
, 119-moddasining
birinchi qismida
, 121-
moddasining
birinchi qismida
,
136-moddasida
, 139-moddasining
birinchi
va
ikkinchi qismlarida
,
140-moddasining
birinchi
va
ikkinchi qismlarida
, 141 -moddasining
birinchi qismida
,
149-moddasida
nazarda tutilgan jinoyatlar to‘g‘risidagi jinoyat ishlari aybdorni javobgarlikka tortishni so‘rab
jabrlanuvchi bergan shikoyat arizasi asosidagina qo‘zg‘atiladi. Jabrlanuvchi nochor ahvolda
bo‘lganligi, ayblanuvchiga qaram bo‘lganligi tufayli yoki boshqa sabablarga ko‘ra o‘z huquqini va
qonuniy manfaatlarini o‘zi himoya qila olmaydigan alohida hollarda prokuror jabrlanuvchining
shikoyatisiz ham jinoyat ishini qo‘zg‘atishi shart.
(325-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-411-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 39-son, 457-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
Jinoyat kodeksining
167
,
170
,
172
,
173-moddalarida
nazarda tutilgan va ustav fondida davlat
ulushi bo‘lmagan yuridik shaxsga nisbatan uning xodimi tomonidan sodir etilgan jinoyatlar
to‘g‘risidagi jinoyat ishlari faqat mazkur yuridik shaxs rahbarining, mulkdorining yoki vakolatli
boshqaruv organining arizasiga ko‘ra qo‘zg‘atiladi.
(325-modda O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-345-sonli
Qonuniga
asosan
ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2013-y., 1-son, 1-modda)
Do'stlaringiz bilan baham: |