Asosiy qoidalar


-modda. Munosib xulq-atvorda bo‘lish haqidagi tilxat



Download 2,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/334
Sana14.07.2022
Hajmi2,06 Mb.
#795313
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   334
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi

250-modda. Munosib xulq-atvorda bo‘lish haqidagi tilxat
Oldingi
 tahrirga qarang.
Munosib xulq-atvorda bo‘lish haqidagi tilxat ayblanuvchining yoki sudlanuvchining
surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga yoki sudga tergov va suddan yashirinmaslik, jinoyat ishi
bo‘yicha haqiqatni aniqlashga to‘sqinlik qilmaslik, jinoiy faoliyat bilan shug‘ullanmaslik,
surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning chaqiruvi bilan yetib kelish haqida bergan yozma
majburiyatidan iboratdir. Tilxat beruvchi shaxs bundan tashqari o‘z zimmasiga surishtiruvchining,
tergovchining, prokurorning yoki sudning ijozatisiz ushbu aholi punktidan chiqib ketmaslik va shu
aholi punkti doirasida istiqomat joyini o‘zgartirsa, bu haqda ularni xabardor qilish majburiyatini
oladi.
(250-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi O‘RQ-442-sonli
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Ayblanuvchi yoki sudlanuvchi o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarini buzgan taqdirda unga
nisbatan jiddiyroq ehtiyot chorasi qo‘llanilishi mumkin, bu haqda u tilxat olish chog‘ida
ogohlantiriladi.
251-modda. Shaxsiy kafillik
Shaxsiy kafillik ishonchga sazovor bo‘lgan shaxslarning ayblanuvchi, sudlanuvchi munosib
xulq-atvorda bo‘lishiga kafil ekanliklari haqida yozma majburiyat olishidan iboratdir.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Kafillar sonini surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud belgilaydi. Alohida hollarda yuksak
ishonchga sazovor bo‘lgan bitta shaxs ham kafil bo‘lishi mumkin.
(251-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi O‘RQ-442-sonli
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Kafillar ushbu ehtiyot chorasi qo‘llanilishiga sabab bo‘lgan ayblovning mohiyati,
ayblanuvchiga qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan jazo, oldini olish maqsadida kafillik tariqasidagi ehtiyot
chorasi ko‘rilgan harakat ayblanuvchi, sudlanuvchi tomonidan sodir etilgan taqdirda kafillarning
javobgarligi haqida ogohlantirilishi lozim. Bu ma’lumotlar kafillikka berish bayonnomasida qayd


qilinib, uni shu ehtiyot chorasini qo‘llayotgan mansabdor shaxs, ayblanuvchi, sudlanuvchi va kafillar
imzolashi lozim yoki bu ma’lumotlar sud majlisi bayonnomasida aks ettiriladi. Bundan tashqari, har
bir kafillikka oluvchi kafillik to‘g‘risida tilxat beradi.
Kafillar ularni javobgarlikka tortish uchun sabab bo‘ladigan asoslar kelib chiqqunga qadar o‘z
zimmalariga olingan majburiyatlardan voz kechishlari mumkin.
Kafillar ayblanuvchining, sudlanuvchining xulq-atvorini kuzatishga imkoni bo‘lmaganligini
bahona qilishga haqli emaslar, ular bartaraf etib bo‘lmaydigan vaziyatning ta’sirini isbotlab
beradigan hollar bundan mustasno.
Ayblanuvchi, sudlanuvchi oldi olinishi uchun shaxsiy kafillik qo‘llanilgan harakatlarni sodir
etgan taqdirda, kafil qonunda belgilangan javobgarlikka tortilishi mumkin.

Download 2,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   334




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish