Asosiy qoidalar


-modda. Qamoqda saqlash joylari



Download 2,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/334
Sana14.07.2022
Hajmi2,06 Mb.
#795313
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   334
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi

244-modda. Qamoqda saqlash joylari
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ehtiyot chorasi tariqasida qamoqqa olingan gumon qilinuvchilar va ayblanuvchilar tergov
hibsxonasining kameralarida saqlanadi. Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud bir jinoyat ishi
bo‘yicha yoki bir necha o‘zaro bog‘liq jinoyat ishlari bo‘yicha gumon qilinuvchilarni va
ayblanuvchilarni alohida-alohida saqlash to‘g‘risida tergov hibsxonasining ma’muriyatiga yozma
ko‘rsatma berishga haqli.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Agar qamoqqa olinganlar Jinoyat kodeksi 15-moddasining 
to‘rtinchi
 va 
beshinchi qismlarida
nazarda tutilgan og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etishda ayblanayotgan bo‘lsa, prokurorning
qaroriga yoki sudning ajrimiga ko‘ra tergov hibsxonasining bir kishilik kamerasida qamoqda saqlab
turilishi mumkin. Bu chora voyaga yetmaganlarga, oltmish yoshdan oshganlarga, shifokorning
yozma xulosasi bilan tasdiqlangan og‘ir kasallarga va ruhiy holati buzilgan shaxslarga nisbatan
qo‘llanilmaydi.
(244-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 12-sentabrdagi O‘RQ-567-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Qamoqqa olinganlar vaqtincha saqlash hibsxonalarida o‘n sutkagacha saqlanishi mumkin.
Qamoqqa olinganlarni tergov hibsxonasiga olisligi yoki lozim darajadagi qatnov yo‘llari mavjud
emasligi tufayli olib borishning imkoniyati bo‘lmagan hollarda, bunday shaxslar vaqtincha saqlash
hibsxonalarida surishtiruvchi yoki tergovchining prokuror bilan kelishilgan qaroriga, shuningdek
prokurorning qaroriga yoxud sudning ajrimiga ko‘ra o‘ttiz sutkagacha saqlanishi mumkin.
(244-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi O‘RQ-442-sonli
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Qamoqqa olingan harbiy xizmatchilar gauptvaxtalarda ko‘pi bilan yigirma sutkagacha, olis
joylarda esa, bu ehtiyot chorasining butun amal qilish muddati mobaynida saqlanishi mumkin.
Harbiy xizmatchini gauptvaxtada saqlash muddati harbiy sudlar tomonidan ishni sudda ko‘rib
chiqish vaqtiga, lekin ko‘pi bilan o‘n besh sutkaga uzaytirilishi mumkin. Intizomiy qismga
1


yuborishga hukm qilingan harbiy xizmatchilar hukm qonuniy kuchga kirguniga qadar
gauptvaxtalarda saqlanishi mumkin.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Tergov harakatlarini bajarish yoki jinoyat ishlarini tergov hibsxonalari joylashgan aholi
punktlari hududidan tashqarida sudda ko‘rib chiqish uchun zarur bo‘lgan hollarda, qamoqqa
olinganlarni mazkur harakatlarni amalga oshirish va sud majlislarini o‘tkazish uchun har kuni olib
borish imkoniyati bo‘lmaganda ular tergov hibsxonalaridan vaqtincha saqlash hibsxonalariga
o‘tkazilishi, lekin bir oy mobaynida ko‘pi bilan o‘n sutkaga o‘tkazilishi mumkin. Bunday o‘tkazish
uchun qamoqqa olinganni boshqa yerga ko‘chirish to‘g‘risidagi surishtiruvchining, tergovchining,
prokurorning qarori yoxud sudning ajrimi asos bo‘ladi.
(244-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi O‘RQ-442-sonli
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Basharti mahkum boshqa jinoyat ishi bo‘yicha guvoh yoki jabrlanuvchi bo‘lsa, u sud hukmi
qonuniy kuchga kirganidan keyin jazoni ijro etish muassasasidan tergov hibsxonasiga o‘tkazilishi
yoki tergov hibsxonasida qoldirilishi mumkin. Bu holda mahkum: Qoraqalpog‘iston Respublikasi
prokurorining, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlarining, shuningdek ularga tenglashtirilgan
prokurorlarning roziligi bilan uch oygacha muddatga, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki
uning o‘rinbosari roziligi bilan olti oygacha muddatga, sudning ajrimiga ko‘ra esa ish sudda ko‘rib
chiqilishi vaqtiga tergov hibsxonasida saqlanishi mumkin.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Boshqa tumanda (shaharda) turgan mahkum boshqa yerga ko‘chirish to‘g‘risidagi
surishtiruvchining yoki tergovchining prokuror bilan kelishilgan qaroriga, shuningdek
prokurorning qaroriga yoxud sudning ajrimiga muvofiq boshqa yerga o‘tkaziladi. Mahkumni
boshqa yerga ko‘chirishni ijro etish O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining maxsus
bo‘linmalari zimmasiga yuklanadi.
(244-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi O‘RQ-442-sonli
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Qamoqqa olinganlarni qamoqda saqlash joylarida saqlash tartibi va shart-sharoitlari
qonunda belgilanadi.
(244-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 29-sentabrdagi O‘RQ-299-sonli 
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 40-son, 410-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.

Download 2,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   334




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish