Oldingi
tahrirga qarang.
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi himoyachi, qonuniy vakil, belgilangan
taqiqlarga (cheklovlarga) rioya etilishi ustidan nazoratni amalga
oshirish vazifasi zimmasiga
yuklatilgan organ, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud bilan so‘zlashish uchun, shuningdek
zaruriyat yuzaga kelgan taqdirda, huquqni
muhofaza qiluvchi organlarni, tez tibbiy yordamni,
yong‘in xavfsizligi xizmatini, qutqaruv xizmatini va boshqa shoshilinch xizmatlarni chaqirish uchun
telefon aloqasidan foydalanish huquqidan cheklanishi mumkin emas. Gumon qilinuvchi,
ayblanuvchi yoki sudlanuvchi o‘z yashash joyidagi uy qamog‘ini ijro etish zimmasiga yuklatilgan
ichki ishlar organiga har bir shunday qo‘ng‘iroq haqida xabar beradi.
(242 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi O‘RQ-476-sonli
Qonuniga
asosan
yettinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-
son)
Qamoqqa olinganning yashash joyi qo‘riqlanishi mumkin. Zarur hollarda uning xulq-atvori
ustidan nazorat o‘rnatiladi.
Gumon qilinuvchining, ayblanuvchining yoki sudlanuvchining uy-joyidan chiqishi bo‘yicha
o‘rnatilgan taqiqlarga (cheklovlarga) rioya etishi ustidan nazorat amalga
oshirilayotganda ichki
ishlar organi uning yashash joyida bo‘lishini sutkaning istalgan vaqtida tekshirishga haqli.
Tekshirish kunduzgi vaqtda ko‘pi bilan bir marta va tungi vaqtda ko‘pi bilan bir marta
o‘tkaziladi.
Zarur hollarda, uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan shaxsga nisbatan elektron
kuzatish vositalari qo‘llanilishi mumkin.
Uy qamog‘ini ijro etish gumon qilinuvchining, ayblanuvchining yoki sudlanuvchining yashash
joyidagi ichki ishlar organi zimmasiga yuklatiladi.
Oldingi
tahrirga qarang.
Agar tibbiy ko‘rsatuvlarga ko‘ra gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi sog‘liqni
saqlash muassasasiga olib kelingan va yotqizilgan bo‘lsa, sud o‘rnatgan taqiqlarning
(cheklovlarning) amal
qilishi gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga yoki sudlanuvchiga nisbatan
ehtiyot chorasini o‘zgartirish yoxud bekor qilish masalasi prokuror tomonidan, shuningdek
prokurorning roziligi bilan surishtiruvchi yoki tergovchi sud tomonidan hal etilguniga qadar davom
etadi. Tegishli sog‘liqni saqlash muassasasining hududi uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini ijro
etish joyi hisoblanadi.
(242 -moddaning o‘n uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi O‘RQ-476-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi surishtiruv organiga yoki dastlabki tergov
organiga, shuningdek sudga nazorat qiluvchi organning transport vositasida olib boriladi.
Uy qamog‘ida jamiyatdan to‘liq ajratib qo‘yilgan sharoitda bo‘lgan gumon qilinuvchining,
ayblanuvchining yoki sudlanuvchining himoyachi, qonuniy vakil bilan uchrashuvlari ushbu ehtiyot
chorasi ijro etilayotgan joyda o‘tkaziladi.
Uy qamog‘ining muddati, uni uzaytirish va uning ustidan shikoyat
qilish tartibi ushbu
Kodeksning
241
,
243
,
245 — 248-moddalarida
nazarda tutilgan qoidalar bilan belgilanadi.
O‘rnatilgan taqiqlar (cheklovlar) uy qamog‘ida bo‘lgan gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki
sudlanuvchi tomonidan buzilgan taqdirda unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi
qo‘llanilishi mumkin.
(242 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-373-sonli
Qonuniga
asosan
kiritilgan — O‘R QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: