Asosiy qoidalar


-modda. Ehtiyot choralarining turlari



Download 2,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/334
Sana14.07.2022
Hajmi2,06 Mb.
#795313
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   334
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi

237-modda. Ehtiyot choralarining turlari
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ehtiyot choralariga quyidagilar kiradi: munosib xulq-atvorda bo‘lish to‘g‘risida tilxat; shaxsiy
kafillik, jamoat birlashmasi yoki jamoaning kafilligi; garov; uy qamog‘i; qamoqqa olish; voyaga
yetmaganlarni kuzatuv ostiga olish uchun topshirish; harbiy xizmatchining xulq-atvori ustidan
qo‘mondonlik kuzatuvi. Bir shaxsga nisbatan bir vaqtning o‘zida ana shu choralardan faqat bittasi
qo‘llanilishiga yo‘l qo‘yiladi.
(237-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-373-sonli 
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
238-modda. Ehtiyot chorasini tanlashda e’tiborga olinadigan holatlar
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ehtiyot choralaridan qaysi birini qo‘llash to‘g‘risidagi masalani hal qilishda surishtiruvchi,
tergovchi, prokuror, sud ushbu Kodeksning 
236-moddasida 
nazarda tutilgan asoslardan tashqari
qo‘yilgan aybning og‘irligini, ayblanuvchining shaxsini, mashg‘ulot turini, yoshi, sog‘lig‘i, oilaviy
ahvoli va boshqa holatlarni ham hisobga oladi.
(238-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi O‘RQ-442-sonli 
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
239-modda. Ehtiyot chorasi qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan shaxslar
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ehtiyot chorasi faqat ayblanuvchilarga, sudlanuvchilarga, mahkumlarga va aqli norasolik
holatida ijtimoiy xavfli qilmishlar sodir etgan yoki jinoyat sodir etganidan keyin ruhiy holatining
buzilishi yuzaga kelgan shaxslarga nisbatan qo‘llanilishi mumkin.
(239-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 12-sentabrdagi O‘RQ-567-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Alohida hollarda, ishni sudga qadar yuritish bosqichida ushlab turilgan gumon qilinuvchiga
nisbatan sud tomonidan qamoqqa olish, uy qamog‘i yoki garov tarzidagi ehtiyot choralari
qo‘llanilishi mumkin.
(239-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi O‘RQ-476-sonli 
Qonuniga 
asosan
ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.


Oldingi
 tahrirga qarang.
Qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasi:
(239-moddaning ikkinchi qismi birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi
O‘RQ-373-sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
1) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputati va Senati a’zosiga
nisbatan — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining tegishli palatasi yoki uning Kengashi roziligi
bilan;
2) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakiliga
(ombudsmanga) nisbatan — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining roziligi bilan;
Oldingi
 tahrirga qarang.
2 ) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va
qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakilga nisbatan — O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining roziligi bilan;
(239-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli
Qonuniga 
asosan 2 -band bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
3) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputatiga, xalq deputatlari viloyat,
Toshkent shahar, tuman va shahar Kengashining deputatiga nisbatan — Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, tegishli xalq deputatlari Kengashi roziligi bilan;
(239-modda uchinchi qismining 3-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 14-yanvardagi O‘RQ-
666-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2021-y., 03/21/666/0032-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
4) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining sudyalariga nisbatan — O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining roziligi bilan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi,
Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi 
sudining, 
viloyatlar 
va 
Toshkent 
shahar 
sudlarining,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlarining, fuqarolik ishlari
bo‘yicha tumanlararo, tuman, shahar sudlarining, jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, shahar sudlarining,
tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudlarining, tumanlararo ma’muriy sudlarining va O‘zbekiston
Respublikasi harbiy sudlarining sudyalariga nisbatan — O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy
kengashining xulosasi mavjud bo‘lganda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining roziligi
bilan;
(239-modda uchinchi qismining 4-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi O‘RQ-
664-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/664/0014-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
4 ) O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining a’zosiga nisbatan — O‘zbekiston
Respublikasi Sudyalar oliy kengashining roziligi bilan;
(239-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 29-yanvardagi O‘RQ-463-sonli
Qonuniga 
asosan 4 -band bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2018-y.,
03/18/463/0634-son — 2018-yil 1-apreldan kuchga kiradi)
5) prokuror va prokuratura tergovchisiga nisbatan — O‘zbekiston Respublikasi Bosh
prokurorining roziligi bilan qo‘llanilishi mumkin.
(239-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 11-iyuldagi O‘RQ-100-sonli
Qonuni 
tahririda — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 6-son, 249-modda)

Download 2,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   334




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish