3-bob. MENEJMENTGA SISTEMALI-VAZIYATLI
YONDASHUV
3.1. Tizim lar to‘g‘risida tushuncha va ularn in g tasnifi
3.2. 0 ‘zb e k isto n R e s p u b lik a s i iq tis o d iy o ti y a x lit
ijtim o iy iqtisodiy tizim sifatida
3.3. M enejm entda tizim li yondashuv
3.4. M enejm entda vaziyat yondashuvi
3.1. T izim lar to‘g‘risida tushuncha va ularn in g tasnifi
Moddiy dunyo juda ko'p tizimdan tashkil topgan. Tizim so‘zi
yunoncha bo'lib, qonuniy jihatdan bir-biriga bog'langan ko'plab
unsurlarning m a’lum bir yaxlitligini ifodalaydi. Unsurlar - mu-
rakkab yaxlit narsaning tarkibiy qismidir.
Tizim nuqtai nazaridan qaraganda ishlab chiqarish axborot
aloqalari bilan birlashsa, kibernetika tizimini tashkil etadi. Tizim
unga kiruvchi va narsalarda ifodalanuvchi moddalar sifati va holati
bilan xarakterlanadi, boshqa tizimlar bilan o'zaro ta’sir natijasida
mavjud bo'ladi, ya’ni doimo harakatchan, o'zgaruvchan xususiyat-
ga egadir.
Harakat - bu materiyaning mavjud bo'lish usulidir. Dunyoda
harakasiz materiya va materiyasiz harakat mavjud emas. Harakat
faoliyat, energiyani ifodalaydi.
Bizni o'rab turgan tabiat ma'lum tizimni yoki birikmani, jism-
lar bog'liqligini tashkil etadi. Bu yerda jism deganda barcha mod
diy haqiqat, yulduzlardan tortib atomlar, efir zarrachalarigacha tushu-
niladi.
Demak, tizim - bu jismlarning tabiatini belgilovchi tarkibiy
unsurlardan tashkil topgan birikmasidan iborat.
Bog'liqlik - obyektiv dunyoning eng muhim xususiyatlaridan
biridir. Bog'liqlik mavjudlik tufayli dunyo hodisalarining betartib
yig'indisi emas, balki qonuniy harakat jarayonidan iboratdir.
Tizimlar turli shakllarga ega bo'ladi. Turli-tuman bo'lishiga qaramay,
ularni shartli ravishda quyidagi turlarga ajratish mumkin: texnikaviy,
texnologik, biologik, tashkiliy, iqtisodiy va ijtimoiy tizimlar.
Tizimning har bir turi o'zining aniq vazifalariga ega:
- texnikaviy tizim , uskunalar m a jm u in in g o'zaro b og'liq
yig'indisidan iborat (bu korxonaning ishlab chiqarish quvvatlaridir);
- texnologik tizim qonun-qoida, me’yor, standartlar yig'indisi,
marketing xizmatidan iborat;
- tashkiliy tizim ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirish,
mehnat resurslaridan maqbul ravishda foydalanish, menejment
tashkiliy tizimlarini yaratish uchun imkon beradi.
Texnikaviy, texnologik va tashkiliy tizimlar birgalikda iqtisodiyot-
ni boshqarishning tashkiliy-texnikaviy jihatlarini ta’minlaydi:
- milliy xo'jalikning iqtisodiy tizimi ham ishlab chiqarish, ham
ayirboshlashda yuz beruvchi barcha xo'jalik, moliyaviy, tashkiliy
jarayonlar birligini ifodalaydi. Iqtisodiy tizim menejment tizimini
qayta qurishda uzluksiz va maqsadli jarayonni aks ettirib, barcha
boshqa tizimlar faoliyati samaradorligiga katta ta’sir ko'rsatadi.
Shu bilan birga, boshqa tizimlar ham iqtisodiy tizimga o'z ta’sirini
o'tkazishi mumkin (masalan, ijtimoiy tizim);
- ijtimoiy tizim iqtisodiy tizim bilan birga iqtisodiyot maqsad-
larini belgilaydi, menejmentning tamoyil va uslublarini shakllanti-
radi, ya’ni iqtisodiyotni boshqarishning ijtimoiy-iqtisodiy jihatlarini
ifodalaydi. Hozirgi davrda iqtisodiyotda ijtimoiy o'zgarishlar amal
ga oshishi, menejmentda demokratiyaning asoslari kengayishi,
hamkorlikning yangi shakllari yaratilishi, bozor munosabatlariga
o'tilishi, butun milliy xo'jalik tarkibi qayta qurilishi bilan bog'liq
ravishda ijtimoiy tizimning ahamiyati ortib bormoqda.
Inson eng muhim va faol unsur bo'lgan ijtimoiy-iqtisodiy tizim
asosini ijtimoiy, jamoa, shaxsiy manfaatlar; siyosiy, iqtisodiy, ijti
moiy, huquqiy, mehnat manfaatlari tashkil etadi.
Agar korxonani yaxlit tizim sifatida tahlil etsak, u kichik tizim
lar va unsurlar yig'indisidan iboratligini ko'ramiz.
Demak, boshqariladigan tizim bir vaqtning o'zida boshqaruv-
chi tizim ham bo'lishi mumkin.
M enejm entchi tizim ga korxona, konsernlarning boshqaruv
jarayonini, ya’ni kishilar jamoasida ochiq maqsadga qaratilgan ta’sir
etish jarayonini ta’minlovchi unsur va kichik tizimlari kiradi. Boshqa
riladigan tizimga korxona, konsernlarning bevosita moddiy boy-
liklar yaratish va xizmat ko'rsatish jarayonini ta’minlovchi unsur
va kichik tizimlari kiradi.
Moddiy tizim sifatida o'rganiladigan ishlab chiqarish ishlab
chiqarish vositalari, shuningdek, mehnat predmetlarini tayyor mah-
sulotga aylantiruvchi ishlab chiqarish jarayonlari yig'indisidan ibo
rat.
Iqtisodiyotni boshqarish menejment obyekti va subyektidan
iborat yaxlit tizimni ifodalaydi.
Subyekt menejment maqsadlarini aniqlaydi va menejment
obyektiga bir maqsadga yo'naltirilgan ta’sir qiladi, shuningdek,
o'zaro ta ’sir natijalariga baho beradi (boshqaruvchi ta’sir). Obyekt
o'ziga o'tkazilgan boshqaruvchi ta’sirni qabul qiladi va menejment
subyektiga natijalar haqida axborot beradi (aks ta’sir).
Iqtisodiyotni boshqarishda menejment obyektlari - bevosita
ishlab chiqarish jamoalari va alohida ishlovchilardir. Ular mehnat
faoliyati natijasida ishlab chiqarish moddiy unsurlari, mehnat qurol-
lari va predmetlariga ta’sir etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |