Menejment nazariyasi


-bob. MENEJMENTGA SISTEMALI-VAZIYATLI



Download 5,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/168
Sana14.07.2022
Hajmi5,22 Mb.
#795289
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   168
Bog'liq
MENEJMENT NAZARIYASI a3bb8 [Unlocked by www.freemypdf.com]

3-bob. MENEJMENTGA SISTEMALI-VAZIYATLI 
YONDASHUV
3.1. Tizim lar to‘g‘risida tushuncha va ularn in g tasnifi
3.2. 0 ‘zb e k isto n R e s p u b lik a s i iq tis o d iy o ti y a x lit 
ijtim o iy iqtisodiy tizim sifatida
3.3. M enejm entda tizim li yondashuv
3.4. M enejm entda vaziyat yondashuvi
3.1. T izim lar to‘g‘risida tushuncha va ularn in g tasnifi
Moddiy dunyo juda ko'p tizimdan tashkil topgan. Tizim so‘zi 
yunoncha bo'lib, qonuniy jihatdan bir-biriga bog'langan ko'plab 
unsurlarning m a’lum bir yaxlitligini ifodalaydi. Unsurlar - mu- 
rakkab yaxlit narsaning tarkibiy qismidir.
Tizim nuqtai nazaridan qaraganda ishlab chiqarish axborot 
aloqalari bilan birlashsa, kibernetika tizimini tashkil etadi. Tizim 
unga kiruvchi va narsalarda ifodalanuvchi moddalar sifati va holati 
bilan xarakterlanadi, boshqa tizimlar bilan o'zaro ta’sir natijasida 
mavjud bo'ladi, ya’ni doimo harakatchan, o'zgaruvchan xususiyat- 
ga egadir.
Harakat - bu materiyaning mavjud bo'lish usulidir. Dunyoda 
harakasiz materiya va materiyasiz harakat mavjud emas. Harakat 
faoliyat, energiyani ifodalaydi.
Bizni o'rab turgan tabiat ma'lum tizimni yoki birikmani, jism- 
lar bog'liqligini tashkil etadi. Bu yerda jism deganda barcha mod­
diy haqiqat, yulduzlardan tortib atomlar, efir zarrachalarigacha tushu- 
niladi.
Demak, tizim - bu jismlarning tabiatini belgilovchi tarkibiy 
unsurlardan tashkil topgan birikmasidan iborat.
Bog'liqlik - obyektiv dunyoning eng muhim xususiyatlaridan 
biridir. Bog'liqlik mavjudlik tufayli dunyo hodisalarining betartib 
yig'indisi emas, balki qonuniy harakat jarayonidan iboratdir.
Tizimlar turli shakllarga ega bo'ladi. Turli-tuman bo'lishiga qaramay, 
ularni shartli ravishda quyidagi turlarga ajratish mumkin: texnikaviy, 
texnologik, biologik, tashkiliy, iqtisodiy va ijtimoiy tizimlar.


Tizimning har bir turi o'zining aniq vazifalariga ega:
- texnikaviy tizim , uskunalar m a jm u in in g o'zaro b og'liq 
yig'indisidan iborat (bu korxonaning ishlab chiqarish quvvatlaridir);
- texnologik tizim qonun-qoida, me’yor, standartlar yig'indisi, 
marketing xizmatidan iborat;
- tashkiliy tizim ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirish, 
mehnat resurslaridan maqbul ravishda foydalanish, menejment 
tashkiliy tizimlarini yaratish uchun imkon beradi.
Texnikaviy, texnologik va tashkiliy tizimlar birgalikda iqtisodiyot- 
ni boshqarishning tashkiliy-texnikaviy jihatlarini ta’minlaydi:
- milliy xo'jalikning iqtisodiy tizimi ham ishlab chiqarish, ham 
ayirboshlashda yuz beruvchi barcha xo'jalik, moliyaviy, tashkiliy 
jarayonlar birligini ifodalaydi. Iqtisodiy tizim menejment tizimini 
qayta qurishda uzluksiz va maqsadli jarayonni aks ettirib, barcha 
boshqa tizimlar faoliyati samaradorligiga katta ta’sir ko'rsatadi. 
Shu bilan birga, boshqa tizimlar ham iqtisodiy tizimga o'z ta’sirini 
o'tkazishi mumkin (masalan, ijtimoiy tizim);
- ijtimoiy tizim iqtisodiy tizim bilan birga iqtisodiyot maqsad- 
larini belgilaydi, menejmentning tamoyil va uslublarini shakllanti- 
radi, ya’ni iqtisodiyotni boshqarishning ijtimoiy-iqtisodiy jihatlarini 
ifodalaydi. Hozirgi davrda iqtisodiyotda ijtimoiy o'zgarishlar amal­
ga oshishi, menejmentda demokratiyaning asoslari kengayishi, 
hamkorlikning yangi shakllari yaratilishi, bozor munosabatlariga 
o'tilishi, butun milliy xo'jalik tarkibi qayta qurilishi bilan bog'liq 
ravishda ijtimoiy tizimning ahamiyati ortib bormoqda.
Inson eng muhim va faol unsur bo'lgan ijtimoiy-iqtisodiy tizim 
asosini ijtimoiy, jamoa, shaxsiy manfaatlar; siyosiy, iqtisodiy, ijti­
moiy, huquqiy, mehnat manfaatlari tashkil etadi.
Agar korxonani yaxlit tizim sifatida tahlil etsak, u kichik tizim­
lar va unsurlar yig'indisidan iboratligini ko'ramiz.


Demak, boshqariladigan tizim bir vaqtning o'zida boshqaruv- 
chi tizim ham bo'lishi mumkin.
M enejm entchi tizim ga korxona, konsernlarning boshqaruv 
jarayonini, ya’ni kishilar jamoasida ochiq maqsadga qaratilgan ta’sir 
etish jarayonini ta’minlovchi unsur va kichik tizimlari kiradi. Boshqa­
riladigan tizimga korxona, konsernlarning bevosita moddiy boy- 
liklar yaratish va xizmat ko'rsatish jarayonini ta’minlovchi unsur 
va kichik tizimlari kiradi.
Moddiy tizim sifatida o'rganiladigan ishlab chiqarish ishlab 
chiqarish vositalari, shuningdek, mehnat predmetlarini tayyor mah- 
sulotga aylantiruvchi ishlab chiqarish jarayonlari yig'indisidan ibo­
rat.
Iqtisodiyotni boshqarish menejment obyekti va subyektidan 
iborat yaxlit tizimni ifodalaydi.
Subyekt menejment maqsadlarini aniqlaydi va menejment 
obyektiga bir maqsadga yo'naltirilgan ta’sir qiladi, shuningdek, 
o'zaro ta ’sir natijalariga baho beradi (boshqaruvchi ta’sir). Obyekt 
o'ziga o'tkazilgan boshqaruvchi ta’sirni qabul qiladi va menejment 
subyektiga natijalar haqida axborot beradi (aks ta’sir).
Iqtisodiyotni boshqarishda menejment obyektlari - bevosita 
ishlab chiqarish jamoalari va alohida ishlovchilardir. Ular mehnat 
faoliyati natijasida ishlab chiqarish moddiy unsurlari, mehnat qurol- 
lari va predmetlariga ta’sir etadi.



Download 5,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish