Menejment nazariyasi


  0 ‘zbekiston iqtisodiyoti yaxlit ijtim o iy iqtisodiy



Download 5,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/168
Sana14.07.2022
Hajmi5,22 Mb.
#795289
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   168
Bog'liq
MENEJMENT NAZARIYASI a3bb8 [Unlocked by www.freemypdf.com]

3.2. 
0 ‘zbekiston iqtisodiyoti yaxlit ijtim o iy iqtisodiy 
tizim sifatida
O'zbekiston Respublikasi milliy xo'jaligi, korxonalar, birlash- 
malar, tashkilot, tarmoqlar va mintaqalar murakkab, o'zgaruvchan, 
yaxlit ijtimoiy-iqtisodiy tizim bo'lib, uning har bir bo‘g‘ini ijtimoiy 
ishlab chiqarish va takror ishlab chiqarish, taqsimot va iste’molning 
turli jarayonlarini amalga oshiradi, bir-biri bilan uzviy bog'liq va bir- 
birini to'ldiradi. O'zbekiston Respublikasi milliy xo'jaligi iqtisodiy 
tizimdir, chunki mehnat va moddiy resurslar qo'shilishi natijasida 
moddiy boyliklar, shu jumladan, milliy daromad yaratiladi, shuning- 
dek, jamiyat ishlab chiqarish kuchlarining kengaytirilgan takror ishlab 
chiqarilishi jarayoni yuz beradi. Shu bilan birga, respublika milliy 
xo'jaligi ijtimoiy tizim hamdir, chunki davlat kishilar tomonidan yara- 
tilgan tashkilotdir. Mehnat jarayonida kishilar o'zaro ijtimoiy muno- 
sabatda bir-birlari bilan o'zaro ta’sirda bo'ladilar, o‘z faoliyatlari nati- 
jalarini ayirboshlaydilar. Demak, ijtimoiy munosabatlar subyektlari 
kishilardan, obyektlari esa ularning turli sohalardagi turli-tuman 
faoliyatlaridan (ishlab chiqarish, fan, madaniyat, sanat va h.k.) iborat.
O'zbekiston Respublikasi milliy xo'jaligi boshqaruv tizim i 
iqtisodiy, siyosiy, g'oyaviy, axloqiy, ruxiy va boshqa munosabat­
lar yig'indisidan iboratdir. Ularning orasida eng muhimi iqtisodiy 
munosabatlardir.
Iqtisodiy ishlab chiqarish munosabatlari - bu barcha ustqur- 
ma munosabatlar asosida turuvchi va o‘z salmog'i jihatidan muno­
sabatlar tizimida yetakchi bo'lgan asosiy munosabatlardir. Shu sa- 
babli, respublika iqtisodiyotini qayta qurishning mohiyati ma’muriy 
munosabatlar ustunligidan iqtisodiy munosabatlarga menejment­
ning barcha darajalarida manfaatlarni boshqarish va kishilar man- 
faatlari vositasida boshqaruvga o'tishdan iborat. Lekin mehnat ja- 
moalari faqat iqtisodiy emas, balki ijtimoiy-siyosiy, mafkuraviy, 
huquqiy vazifalarni ham bajaradilar. Demak, milliy xo'jalik boshqaruvi 
obyekt sifatida murakkab, o'zgaruvchan ijtimoiy-iqtisodiy tizim- 
dan iborat ekan.
Tarkibiy jihatdan respublika milliy xo'jaligi turli xil ishlab chiqa­
rish unsurlaridan (ish joyi, sex, korxona, konsern, tarmoq va h.k.)


iborat. Iqtisodiyotning asosiy bo‘g‘ini - korxonadir. Korxona (fir- 
ma) o'z ish natijalari bo'yicha to'liq javobgardir. Korxona daro- 
m adlari butun m ehnat jam oasi m ehnati natijasi bilan uzviy 
bog'liqdir.
Iqtisodiyotni boshqarish tizimi ikki kichik tizimdan - axborot 
oqimlari bilan bir tizimga bog'langan ishlab chiqarish jamoasi va 
boshqaruvchilar jamoasidan iborat menejment obyekti va subyek- 
tidan tashkil topgan. To‘g‘ri aloqa yo'llari bo'yicha yuqoridan past- 
ga - boshqaruv buyruqlari, aks ta ’sir yo'llari bo'yicha pastdan 
yuqoriga - qarorlar bajarilishi haqida axborot yuboriladi.
Korxona (firma) sex, bo'linma, xizmat kabi unsurlarning o'zaro 
bog'lanmagan, tasodifiy birikmasi emas. U o'zi tashkil topgan 
unsurlarning korxona tashkil etilishida ko'zda tutilgan maqsadga 
erishish uchun o'ziga xos birikishidan iborat. Korxona (firma) 
yirikroq ijtimoiy iqtisodiy tizim - tarmoq tarkibiga kiradi va uning 
unsuridan iborat bo'ladi, tarmoq esa o'z navbatida yaxlit tizim - 
milliy xo'jalikning tarkibiy qismidir (sxemaga qarang).
Shunday qilib, O'zbekiston milliy xo'jaligi yaxlit yirik tizim 
b o 'lib , barcha tarm o q la rn i x o 'ja lik y u ritis h n in g m urakkab 
mexanizmiga biriktiradi.

Download 5,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish