Menejment nazariyasi


  Qishloq xo‘jaligi mashinasozligi sohasidagi muam-



Download 5,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet155/168
Sana14.07.2022
Hajmi5,22 Mb.
#795289
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   168
Bog'liq
MENEJMENT NAZARIYASI a3bb8 [Unlocked by www.freemypdf.com]

2. 
Qishloq xo‘jaligi mashinasozligi sohasidagi muam- 
m olar
Mashinasozlik sohasining ahamiyati va o'rni salmoqli ekan- 
ligini yana bir bor ta'kidlagan holda ularning aksariyati qishloq 
xo'jaligi ishlab chiqarishi uchun texnika va texnologik jihozlar yetka­
zib berish bilan muhim ijtimoiy masalalarni ham hal etishini e’tirof 
etish lozim. Islohotlar jarayonida bu soha korxonalarida mulk shakli 
va boshaqarish tizimlari tubdan o‘zgartirildi. Korxonalarni texnik 
jihatdan qayta jihozlash va ularni raqobatbardosh zamonaviy mah­
sulotlar ishlab chiqarishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshi- 
rilmoqda. Ammo bu yo'nalishda qo'lga kiritilgan yutuqlar bilan bir 
qator muammolar ham mavjud. Ana shunday qishloq xo'jaligi mashi­
nasozligi tarmog‘idagi muammolardan biri bu - traktorlar va qishloq 
xo'jaligi mashinalarini sotishdir. Bu holat, o'z navbatida, qishloq


xo'jaligi mashinalari bahosi va iste’molchi to‘o‘lov qobiliyatini o'zaro 
nomuvofiqligidan hamda ishlab chiqaruvchi maqsadi va iste’molchi 
talablarini o'zaro mos kelmasligidan kelib chiqmoqda. Shuningdek, 
hozirda qishloq xo'jaligi mahsulotlari yetkazib beruvchilarning 
shirkat xo'jaliklaridan dehqon-fermer xo'jaliklariga aylantirilishi- 
ning tezlashuvi, ularning soni ko‘payishiga va moliyaviy ahvoli 
kuchsizlanishiga olib kelmoqda. Oqibatda bunday xo‘jaliklami za­
monaviy, yangi texnika vositalarini sotib olish qobiliyati umuman 
pasayib ketmoqda. Qishloq xo'jaligi texnika vositalarini hozirda 
lizingga olish mumkin-ku, degan tabiiy bir savol tug‘iladi. Bu mum ­
kin, lekin har bir dehqon-fermer xo'jaliklariga bir necha dona va 
turdagi texnika vositalari kerak bo'ladi. O ’z navbatida, lizingga bir 
qancha qimmatbaho texnika vositalari olinishi mayda dehqon-fer- 
mer xo'jaliklari rivojlanishida jiddiy to'siqqa aylanishi mumkin. 
Chunki yillik lizing to'lovlari bu xo'jaliklarni anchagina qiyin ah- 
volga solib qo'yadi.
Har bir xo'jalik o'zini ishlab chiqarish quwatlari imkoniyatlari- 
ga mos kelishini ta’minlay bilishi kerak. Masalan, paxta terish va 
yer haydash mashinalarining quw ati, ish unumdorligi yuqori bo'lishi 
kerak. Chunki mavsumda o'ta mustahkam, zamonaviy ana shun- 
day texnika vositalaridan foydalanish qishloq xo'jaligi ishlab chiqa- 
rishi samaradorligiga bevosita ta’sir ko'rsatadi. Bunday mashina- 
larni ishlab chiqarish esa anchagina qimmatga tushadi. Dehqon- 
fermer xo'jaliklari esa endigina tiklanayotgan paytda bu vositalarni 
sotib olish imkoniyatiga ega emasligi, shuningdek, ishlov beriladi- 
gan o'z yer maydonlari bilan texnika vositalirining ish unumdorligi 
nomuvofiqligi ham ishlab chiqarish samaradorligiga hamda mah­
sulot sifatiga salbiy ta’sir ko'rsatadi.
Mashinasozlik korxonalari oldida turgan sotish muammosi- 
ga chuqurroq nazar tashlaydigan bo'lsak, bu masalaga umuman 
boshqacha yondashishga to'g'ri keladi. Ayni davrda ishlab chiqarish­
ni tashkil etishda qishloq xo'jaligi texnika vositalaridan amaliyotda 
foydalanishdan kelib chiqqan holda haqiqiy ehtiyojlarga tayanish 
maqsadga mavofiqdir. Qishloq xo'jaligi texnikalari va traktorlari- 
ning sifat ko'rsatkichlarini oshirish, shuningdek, tashqi va ichki 
bozorlarda marketing tadqiqodlarini olib borish zarur. Aks holda


vatanimiz mashinasozlari ulkan bozor ulushlarini yo'qotoshlari mum­
kin. Bunday muammo rivojianayotgan mamlakatlarda ham mavjud, 
biroq ular bu muammolarni bozor iqtisodiyotini boshqarishning 
progressiv usullari asosida hal qiladi.
Bozor iqtisodiyotining rivojlanishi muammolarini yechish yangi- 
dan-yangi yondashuvlarni talab etdi. Tarmoqda ishlab chiqarishni 
texnik moslashuvchanligi, mahsulot sifat darajasi va uning jahon 
bozoridagi raqobatbardoshligini oshirishni tubdan qayta ko'rib chi- 
qilishi va o'zgartirilishi kerak bo'lgan masalaga aylanib bormoqda. 
Qishloq xo'jaligi mashinasozligi korxonalarida ishlab chiqarilayot- 
gan mahsulot zamonaviy texnik talab darajasiga javob berishi kerak. 
Ularning foydali ish koeffitsienti aniqligi va umumdorligi, uzoq davr 
ishonchli ishlash qobiliyati yuqori bo'lmog'i, ishlab chiqarishda 
ekspluatatsiya davrida yuqori tejamkorlikka ega bo'lishi lozim.
Yuqoridagi keltirilgan muammolarni hal etish uchun esa korxo­
nalar marketing faoliyatini marketing rejasi asosida va to'g'ri tashkil 
etishi kerak. Marketing rejasining muvaffaqiyatli bajarilishi esa aniq 
dastur asosida amalga oshirilishi bilan bevosita bog'liqdir. Shuning 
uchun, «O’zqishloqxo'jalikmash» xolding kompaniyasining marketing 
faoliyatini marketing dasturi asosida amalga oshirish zarur. Shun- 
dan kelib chiqqan holda aniq va samarali marketing dasturini ish­
lab chiqish o'ta muhim va hal etilishi zarur bo'lgan muammo hisobla­
nadi.

Download 5,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish