Eng yangi tarix



Download 0,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/48
Sana14.07.2022
Hajmi0,69 Mb.
#793768
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   48
Bog'liq
Eng yangi tarix

3-
§
. Jahon iqtisodiy inqirozi va urushning ikki o‘chog‘i vujudga kelishi yillarida xalqaro
munosabatlar
Kapitalistik mamlakatlarda 1929 yilning oxiriga kelib vaqtincha, qisman stabillashuv davri
tugadi va jahon iqtisodiy inqirozi boshlanib ketdi. Bu inqiroz birinchi jahon urushidan keyingi xalq
xo‘jaligining hamma tarmoqlarini chulg‘ab olgan birinchi eng chuqur inqiroz bo‘lib, 1933 yilgacha
davom etdi. Bu inqiroz o‘zining keltirgan zararlari va oqibatlari jihatidan birinchi jahon urushi
yetkazgan zararlarga tenglashdi. O‘zining kuchi va uzoq davom etishi jihatidan g‘oyat zo‘r bo‘lgan
bu iqtisodiy inqiroz butun dunyoni larzaga keltirdi. Kapitalistik mamlakatlarda sanoat mahsuloti
36%, po‘lat va cho‘yan eritish 60-65% kamayib ketdi. Tashqi savdoning hajmi 60-65 % qisqardi.
Moliyaviy ahvol yomonlashdi. 1933 yilda butun kapitalistik lagerda ishsizlar soni 30 million
kishidan oshdi.
Jahon iqtisodiy inqiroz kapitalistik sistemaning barcha ziddiyatlarini-yirik davlatlar, ya’ni
AQSH bilan Angliya o‘rtasidagi, AQSH bilan Yaponiya, Fransiya bilan Italiya, Angliya bilan
Fransiya o‘rtasidagi, jahon urushida g‘olib chiqqan davlatlar bilan Germaniya o‘rtasidagi,
mustamlakachi davlatlar bilan mustamlaka va qaram mamlakatlar o‘rtasidagi, mehnat bilan kapital
o‘rtasidagi, kapitalistik sistema bilan sotsialistik sistema o‘rtasidagi ziddiyatlarni keskinlashtirib
yubordi.
1930 yil mayida Fransiya tashqi ishlar ministri Brian inqirozdan qutulish, o‘zaro hamkorlik
qilish bahonasi bilan Yevropa qit’asidagi davlatlarning «federativ ittifoqi»ni, ya’ni «pan-Yevropa»
tuzishni taklif qildi. Bu reja aslida Yevropada yana Fransiya gegemonligini o‘rnatishga qaratilgan
edi. «Pan-Yevropa» rejasini faqat Polsha va Chexoslovakiya yoqlab chiqdi. Angliya Fransiyaning
kuchayib ketishidan xavfsirab, bu rejani qo‘llab-quvvatlamadi. Boshqa bir qator mamlakatlar
Angliya pozitsiyasini ma’qulladilar. Shu tariqa, «pan-Yevropa» rejasi barbod bo‘ldi.
Iqtisodiy inqiroz yillarida dunyoni qayta taqsimlash uchun kurash keskin tus oldi. Uzoq
Sharqda, Xitoyda bozor va xom ashyo manbalarini ko‘proq egallash hamda shu yo‘l bilan bu
mamlakatlarda o‘z pozitsiyalarini mustahkamlash uchun kurashda ayniqsa Yaponiya, AQSH va
Angliya o‘rtasida raqobat kuchaydi. Yaponiya o‘z mustamlakasi bo‘lgan Koreyaning shimoliy
tumanlarini harbiy platsdarmga aylantirdi. 1931 yil sentabri - 1932 yil fevralida Yaponiya Xitoyning
shimoli-sharqiy rayonlarini-Machjuriyani bosib oldi va qo‘g‘irchoq Manchjou-Go davlatini tuzdi.
Xitoyning shimoli-sharqi Yaponiyaning muhim agressiv platsdarmiga aylantirildi. Natijada Uzoq
Sharqda urushning birinchi o‘chog‘i vujudga keldi.
Garchi Yaponiyaning Xitoydagi ekspansiyasi G‘arbdagi yirik davlatlar, ayniqsa, AQShning
manfaatlariga daxl qilgan bo‘lsa ham, ular aslda yapon agressiyasini rag‘batlantirdilar, unga
iqtisodiy va harbiy-texnika jihatdan yordam berib turdilar. Ularning asosiy maqsadi-Yaponiya qo‘li
bilan Xitoydagi inqilobni bo‘g‘ish edi.
Millatlar ittifoqi Yaponiya agressiyasiga qarshi chora ko‘rmadi: Xitoy hukumati Millatlar
ittifoqiga murojaat qilib, Yaponiya agressiyasiga barham berishni so‘radi. Ammo Millatlar ittifoqi
Xitoyga hech qanday yordam ko‘rsatmadi. AQSH hukumati esa Yaponiyaning Xitoydagi
agressiyasini so‘zdagina qoralab, Xitoy hududining dahlsizligini himoya qilishga qaratilgan biror
tadbirni ko‘zlamadi.


79
1931-1932 yillarda va 1933 yil boshida Yaponiya fursatdan foydalanib agressiyani ancha
kengaytirdi. AQSH, Angliya va Fransiyaning manfaatlariga qarshi jiddiy xavf tug‘ildi. AQSH-
Yaponiya, Angliya-Yaponiya ziddiyatlari kuchaydi. Shundan keyingina, 1933 yil fevralida Millatlar
ittifoqi qaror qabul qildi. Bu qarorda Yaponiyaga butun Xitoyda «ochiq eshiklar» va «teng
imkoniyatlar» prinsipiga amal qilish, Manchjuriyani Xitoy qo‘l ostidagi avtonomiya deb tanish,
yapon qo‘shinlarini olib chiqib ketish taklif qilindi. Yaponiya bu qarorni qabul qilmadi. 1933 yil
martida Yaponiya Millatlar ittifoqidan chiqdi. Shunday qilib, Versal-Vashington sistemasi barbod
bo‘la boshladi. Yaponiyaning agressiv harakati va g‘arbiy davlatlarining qarshilik ko‘rsatmaslik
siyosati Yevropada, avvalo Germaniyada revansh va urush tarafdorlari kuchlarini rag‘batlantirdi.
1933 yil yanvarida Gitler boshchiligida fashistik diktatura o‘rnatildi. Urush partiyasi bo‘lgan
fashistlar partiyasi davlat tepasiga chiqib oldi. Fashistik diktatura o‘taketgan reaksion, eng
shovinistik va oshkora terroristik diktatura edi. Shunday qilib, Yevropa markazida urushning
ikkinchi va asosiy o‘chog‘i vujudga keldi.
1933 yil iyulida Rimda to‘rt davlat; Angliya, Fransiya, Germaniya va Italiyaning «yakdillik
va hamkorlik» ahdnomasi tuzildi. Bundan kuzatilgan asosiy maqsad Germaniyani urushdan keyin
tuzilgan shartnomalarda ko‘rsatilgan majburiyatlardan qutqarish, uning agressiyasiga bemalol yo‘l
berib qo‘yish, Germaniya bilan Italiyani SSSRga qarshi yo‘naltirishdan iborat edi.
1934 yil yanvarida Germaniya bilan Polsha o‘rtasida o‘zaro hujum qilishmaslik to‘g‘risida
shartnoma tuzildi. Gitlerchilar o‘z maqsadlarini amalga oshirishda Polsha reaksionerlaridan
foydalanib, keyin Polshaning o‘zini ham bosib olmoqchi edilar.
1935 yil yanvarida Versal shartnomasiga muvofiq, Saar oblastida plebissit o‘tkazildi.
Gitlerchilar o‘z foydalariga ko‘proq ovoz olishga erishdilar. Saar oblasti Germaniyaga qo‘shildi.
1935 yildan boshlab Germaniya harbiy-havo va harbiy-dengiz kuchlarini hamda quruqlikdagi
qurolli kuchlarini ko‘paytirishga astoydil kirishdi. Umumiy harbiy majburiyat joriy qilindi.
Germaniya bosh shtabi tiklandi.
1935 yil 18 iyunda Angliya bilan Germaniya o‘rtasida dengiz bitimi tuzildi. Bitimda
Germaniya harbiy dengiz flotini Angliya suv usti harbiy-dengiz flotining 35%i hajmida va suv osti
harbiy-dengiz flotining 45%i hajmida qurish, keyinchalik Germaniyaning suv osti flotini Angliya suv
osti flotiga to‘la tenglashtirish huquqi ko‘zda tutildi. Bu bitim amalda Versal sulh shartnomasiga
qaram-qarshi o‘laroq Germaniyaning harbiy-dengiz qurollanishiga to‘la imkon berdi.
Uzoq Sharqda va Yevropada urush o‘choqlarining vujudga kelishi xalqaro vaziyatni
o‘zgartirib va keskinlashtirib yubordi. Germaniya va Yaponiya jahonga hukmron bo‘lishni da’vo
qilib chiqdilar. Angliya va Fransiya esa mudofaa holatiga tushib qoldilar. Shu tariqa, bir tomondan,
Germaniya, ikkinchi tomondan, Angliya, Fransiya va AQSH o‘rtasida dengiz va mustamlaka
masalalarida, Yaponiya, AQSH va Angliya o‘rtasida Uzoq Sharq va Tinch okeanda ziddiyatlar
kuchayib ketdi. 1932 yil iyulida uzoq muzokaralardan keyin SSSR bilan Polsha o‘rtasida, 1932 yil
noyabrida esa SSSR bilan Fransiya o‘rtasida o‘zaro hujum qilishmaslik shartnomalari tuzildi. SSSR
bilan Latviya, Estoniya va Finlyadiya o‘rtasida ham shunday shartnomalar imzolandi.
Jenevada chaqirilgan xalqaro qurolsizlanish konferensiyasida (1932 yil fevral-1934 yil may)
Fransiya o‘z xalqaro pozitsiyasini mustahkamlash maqsadida Millatlar ittifoqi huzurida xalqaro
armiya tuzishni, Germaniya xavfiga nisbatan Angliya va AQShdan garantiya olishni, AQSH va
boshqa raqiblar kuchini zaiflashtirishni ko‘zlab qurolli kuchlarning 1G‘3 qismini qisqartirishni taklif
qildi.
Angliya tomonidan kiritilgan takliflarning birida Germaniya qo‘shinlari sonini 100 ming
kishidan 200 ming kishiga yetkazish, Fransiya armiyasini esa 500 ming kishidan 200 ming kishiga
keltirib, Yevropa qit’asida Germaniya bilan Fransiya qo‘shinlari sonini tenglashtirish, SSSR
qo‘shinlari sonini 500 ming kishidan oshirmaslik zarurligi ko‘rsatildi.
Germaniya delegatsiyasi boshqa mamlakatlarning qurolli kuchlarini german qurolli kuchlari
darajasigacha qisqartirishni yoki german qurolli kuchlarini boshqa yirik mamlakatlarning qurolli
kuchlari darajasiga yetkazishni taklif qildi. Germaniya taklifi qabul qilinmagach, uning delegatsiyasi


80
konferensiya ishini barbod qilishga urindi va 1933 yil kuzida konferensiyadan chiqib ketdi.
Konferensiya qatnashchilari mushkul ahvolga tushib qoldi.
Yevropada Germaniya va Osiyoda Yaponiya jahonga hukmron bo‘lishni da’vo qilib
chiqayotganligini hamda SSSRning kuch-quvvati va xalqaro roli oshib borayotganligi tufayli 1934
yil 15 sentabrda Millatlar ittifoqining 34 ta a’zosi Sovet Ittifoqiga Millatlar ittifoqiga a’zo bo‘lib
kirishni taklif qildi va SSSR 1934 yil 18 sentabrda Millatlar ittifoqiga a’zo bo‘lib kirdi. 1933 yil 16
noyabrda SSSR bilan AQSH o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risida bitim tuzildi.
1933 yili SSSR bilan Ispaniya o‘rtasida, 1934 yili SSSR bilan Chexoslovakiya, Ruminiya,
Vengriya, Bolgariya, Albaniya o‘rtasida, 1935 yili SSSR bilan Belgiya, Lyuksemburg va Kolumbiya
o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatildi.
Fransiya hukumati jamoatchilikning qat’iy talablari natijasida, hamda mamlakatda o‘z
mavqeini mustahkamlash va xalqaro miqyosda Fransiya pozitsiyasini kuchaytirish maqsadida 1935
yil 2 mayda Parijda Sovet Ittifoqi bilan o‘zaro yordam to‘g‘risida shartnoma tuzdi. 16 mayda SSSR
bilan Chexoslovakiya o‘rtasida ham shunday shartnoma imzolandi. Ayni mahalda Fransiya bilan
Chexoslovakiya o‘rtasida ham shu kabi shartnoma tuzildi. Chexoslovakiya hukumatining talabi
bilan Sovet-Chexoslovakiya shartnomasida agressiya yuz berganda Fransiya yordam ko‘rsatgan
taqdirdagina o‘zaro yordam berish haqida modda kiritildi.

Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish