20. O’quvchi va talabalarning ishchanlik qobiliyati?
O’quvchi va
talabalarning ishchanlik qobiliyati deganda ma’lum bir aqliy yoki
jismoniy ishni uzoq muddat davomida oz kuch sarflab, sifatini talab
darajasida bajarish tushuniladi.
. Aqliy ishchanlik qobiliyati 5 ta davrdan iborat:
1. Ishga kirishish davri. Darsda bir necha daqiqa davom etib, o’quvchi
o’quv va ish jarayonlariga moslasha boradi.
2. Optimal ishchanlik davri. Aqliy mehnatni bajarishning stabillashgan
davridir. Bunda diqqat dominantligi vujudga keladi.
3. To’liq, kompensatsiya davri. Oldingi davrdan farq qilib, toliqishning
dastlabki belgilari paydo bo’la boshlaydi, ammo ularni odamning
iroda
kuchi
kompensatsiyalashtirib
,yuzaga
chiqarmay
turadi.4.
Beqaror kompensatsiya davri. Toliqishning ortib borishi ish
faoliyatining pasayishi bilan xarakterlanadi, ammo odam iroda kuchi
bilan ma’lum vaqtgacha aqliy mehnatni talab darajasida davom
ettirishi mumkin.5. Mehnat faoliyatining progressiv pasayish
davri..Aqliy mehnat faoliyatini yuqori darajada saqlay olish mumkinmi
degan savolga rus olimi N.Ye Vedenskiyning ta’kidlashicha, aqliy
mehnatning
yuqori
mahsuldorligini
ta’minlovchi
sharoitlar
quyidagilardan iborat:
- har qanday mehnatni bajarishga asta-sekin kirishish;
-ish bajarishning optimal ritmini va tartibini tanlash va unga rioya
qilish;
-ishni izchillikda va ketma-ket bajarishga odatlanish;
-mehnat va dam olishni to’g’ri
tashkil qilish
, bir ish turini ikkinchisi
bilan almashtirib olib borish.
-muntazam ravishda jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish tufayli
aqliy mehnat malakalarini avtomatlashtirish va takomillashtirish
hamda avtomatik malaka hosil qilish.
21. O’quvchilarda charchash va uni oldinini olish chora
tadbirlari?
Charchash-Miya hujayralarining shu bilan birga butun organizmning
ishchanlik qobiliyatini pasayishi tushuniladi. Bu fiziologik jarayon
bo'lib, tormozlanishning oxirgi pog'onasi hisoblanadi. Bu tashqi muhit
bilan miya po'stlog’idagi asab hujayralari o'rtasidagi aloqaning
vaqtincha
uzilishidir.
I.P.Pavlov
charchashda
tormozlanish
jarayonining ahamiyatiga to'xtalib o'tar ekan: «Charchash
tormozlanish jarayonining avtomatik ichki qo’zg’atuvchilaridan
biridir», - deb yozgan edi. Charchashning eng asosiy belgisi aqliy
mehnat natijasining kamayishidir. Ish faoliyatining odatdagi
susayishini aqliy charchashdan farq qilish lozim. Aqliy charchash orta
borgan sari bolaning bajarayotgan ishida unum bo‘lmaydi.
Charchashning oldini olish choralari 1)o'qituvchi yangi materialni
o'quvchining optimal ish qobiliyatida bo'lgan vaqtida tushuntirishi;
2)darsning birinchi yarmida, dars berishning faol usullarini qo'llab,
o’quvchi diqqatini uzoq vaqt bitta predmetda ushlab turmasdan
tushuntiriladi. 3)dars berish
usulini o'zgartirib turish uni yuqori
saviyada olib borish; 4)sinf xonalarini tanaffus paytida
shamollatish; 5)o'quvchi faoliyatini turli vazifalarga jalb qilish,
televizordan, dasturlashtirilgan ovoz yozish apparatlaridan
foydalanishning o'zi asosiy gigiyena qoidalariga qat'iy rioya
qilishni talab qiladi; 6)dars materialini tushuntirishda ko'rgazma
qurollardan (rasmlar namoyshi qilish,tajribalarko‘rsatish)
didaktik o'quv vositalardan
Do'stlaringiz bilan baham: |