67
semirib ketish, kam harakatlik kabi organizmga salbiy ta’sir etuvchi omillarni
bartaraf etish talablari keng ta’riflanadi.
Kurash sporti bilan shug‘ullanishda shaxsiy gigena talablari bo‘lgan sport
kiyimlari, sport jixozlarini toza va saranjom tutish, tanani parvarish qilish, og‘iz
bo‘shlig‘ini toza tutish, dam olish, yashash, mashg‘ulot
joylarini gigenik
talablariga javob berishlarini tashkil etish, kurash zallarini ichimlik suvi, issiq suv
va toza havo bilan taminlanishi, yoritilishini nazorat qilish masalalari ham nazariy
bilimlarda berib boriladi.
YOshlar bilan tashkil etiladigan kurash va jismoniy tarbiya tadbirlari maqsadi,
vazifalari hamda ularning shakllari, mashg‘ulotlarni tashkil etish uslublari ham
tahlil etiladi. Kurash turlari qonun
qoidalari, sport turlari va jismoniy mashqlarga
o‘rgatish texnikasi va taktikasi, umumiy va maxsus jismoniy fazilatlarni
rivojlantirish hamda sport turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etish, bolalarni
sport turlariga jalb etish hamda saralash va ular bilan mashg‘ulotlar tashkil etish
ham nazariy tayyorgarlik mashg‘ulotlarda o‘rgatiladi. Jismoniy mashqlar va kurash
bilan mustaqil shug‘ullanishda jarohatlanishni oldini olish, birinchi tibbiy yordam
ko‘rsatish qoidalari, organizmning funksiyalarini jismoniy tarbiya ta’sirida
rivojlanishi hamda jismoniy rivojlanishni tibbiy nazorat qilish shartlari bilish ham
kurashchilarning nazariy tayyorgarlik saviyasi bo‘lib hisoblanadi.
Nazariy tayyorgarlik kurashchini har tomonlama uyg‘un rivojlantirishi bilan
bir qatorda sport mashg‘ulotlari bilan ongli va muvaffaqiyatli shug‘ullanishni
tashkil etadi. Kurashchining nazariy tayyorgarligi asosan aqliy ma’lumot olish va
mustaqil mutolaaga xarakterli bo‘lgan shakllarda olib boriladi. Nazariy
tayyorgarlik bevosita kurash trenirovkalarida texnik, taktik, ma’naviy
iroda va
jismoniy tayyorgarliklar bilan birgalikda amaliy mashg‘ulotlarning bir ko‘rinishi
sifatida bo‘ladi. Nazariy tayyorgarlik kurash bilan shug‘ullanishning zamonaviy
uslublarini tahlil qilish imkonini beradi.
Kurashchilarning nazariy tayyorgarliklari mashg‘ulotlar, o‘quv yig‘inlari va
musobaqalar jarayonlarida olib borilishi bilan birga mustaqil tashkil etilishi ham
maqsadga muvofiq bo‘ladi. Kurashchilar jismoniy tarbiya va sport hamda kurash
68
turlariga oid nazariy bilimlarini muntazam rivojlantirib, ortirib borish talab etiladi.
Bunda kurashchilar ommaviy axborot vositalari bilan bir qatorda adabiyotlar,
darsliklar
va ilmiy, uslubiy va o‘quv qo‘llanmalarni mutolaa qilish bilan tashkil
etilishi mumkin. SHuningdek hozirgi kunda nazariy ma’lumotlarni o‘rganishda
internet materiallaridan foydalanish keng ommmaviylashib bormoqda. Internet
materiallarida dunyo bo‘yicha jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha qolaversa kurash
sporti turlari bo‘yicha so‘ngi ma’lumotlarga hamda qiziqarlish va foydalari
axborotlarga ega bo‘lish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: