1-ma’ruza. Mavzu: Shaxsiy kompyuterlarning ta’minoti va uning turlari. Kompyuter avlodlari va ularning klassifikasiyasi. Sistema bloki komponentlari. Registrlar, Xotira va uning ishlash imkoniyatlari. Mavzu rejasi


IA-64 arxitekturali protsessorlar



Download 0,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/25
Sana13.07.2022
Hajmi0,51 Mb.
#793220
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
1ma\'ruzaKT

IA-64 arxitekturali protsessorlar 
1995 yili birinchi 32 razryadli kо‘p vazifali 80386 rusumli protsessor paydo bо‘lganidan 
sо‘ng IA-64 arxitekturasi protsessorlar texnologiyasi sohasida eng ahamiyatli yutuq bо‘lib qoldi. 
О‘sha davrda IA-64 arxitekturasi ilk bor Itanium protsessorida joriy etilishi va 2000 yilda ishlab 
chiqarila boshlanishi rejalashtirilgan edi. Ushbu protsessor о‘sha yillarda mavjud arxitekturalarda 
kuzatilgan cheklanishlarni yengib о‘tishi hamda bо‘lg‘usi ravnaqi uchun ish unumdorligining 
zaxirasini ta’minlashi kutilgan. Itanium negizida tayyorlanadigan serverlar va ish stansiyalari EPIC 
(Explicitly Parallel Instruction Computing) deb nom olgan yangi funksional imkoniyatlar kompleksi 
tufayli misli kо‘rilmagan ish unumdorligi, masshtablanishi bilan ajralib turishi rejalashtirilgan. 
Registrlar va ularning turlari 
Registrlar deb, raqamli axborotni qabul qilish, xotirada saqlash, uni uzatish va shu axborotni 
kodini o‘zgartiradigan qurilmaga aytiladi. Registr inglizcha so‘zdan olingan bo‘lib, yozuv jurnali 
(Jurnal registratsiy) degan ma’noni anglatadi. Registrda axborot 0 va 1 raqamlarining 
kombinatsiyasidan iborat sonlar ko‘rinishida saqlanadi. Registrlar triger deb ataluvchi mantiqiy 
elementlar to‘plamidan tashkil topgan va ularning soni mashina so‘zining razryadlar soniga teng 
bo‘ladi. Axborotdagi ikkilik kodning har bir razryadiga registrning bitta mos razryadi to‘g‘ri keladi. 
Registrlar axborotni xotirada saqlashdan tashqari ular quyidagi vazifalarni ham bajaradi.
1) Sonning kodini o‘zgartirish; 
2) Axborotni o‘ngga va chap istalgan razryadga surish; 
3) Ketma-ket kodlarni parallel kodlarga almashtirish va aksincha
4) Ayrim mantiqiy amallarni bajarish;
Registrlar axborotni yozish usuliga qarab ketma-ket va paralel registrlarga bo‘linadi. Registrda 
axborotni qabul qilish, siljitish va uzatish boshqaruvchi impulslar yordamida amalga oshiriladi. 
Boshqaruvchi impulsli signallar konyuktorlar orqali registrlarga tushadi.
Registrlar axborotni uzatish usuliga qarab 2 turga bo‘linadi: 

xotira (siljitmaydigan) registr; 

siljituvchi registr. 
Siljituvchi registrlarni ko‘ramiz.
Siljituvchi registr deb, boshqaruvchi taktli impuls ta’sirida ikkilik soni kodini bir yoki 
bir necha razryad o‘ngga yoki chapga siljitadigan registrga aytiladi. Razryad setkasidan chiqib ketgan 
son yo‘qoladi. Siljituvchi registrlar arifmetik va mantiqiy operatsiyalarni bajarish uchun ham 
qo‘llaniladi.
Qo‘shni razryadli triggerlar orasiga kechiktiruvchi elementlar ulanadi. Katta razryadli trigerni 
hisobchining kirishiga ulangan. Son registrga 2 usulda yozilishi mumkin.

Parallel kodlarda; 

Ketma – ket kodlarda.


 Ketma – ket kodlar bilan sonni yozishda katta razryadli trigerni hisobchining kirishiga soni 
kichik razryaddan boshlab ketma – ket kodli signal impulsi ko‘rinishida beriladi. Har bir razryad 
yozilgandan keyin siljituvchi impuls beriladi. Natijada yozilgan ikkilik son bir razryad o‘ngga siljiydi. 
Siljituvchi impuls hamma trigerlarni 0 holatga keltiradi. Bu holda trigerlarda yozilgan birlik signal 
impulsi shu trigerlarning chiqishidan kichik razryadli trigerga ma’lum vaqt kechikib boradi. 
Trigerlardagi o‘tkinchi protsesslar tugashi bilan registrdagi ikkilik son (kodli signal) kichik razryadga 
siljiydi. Registrda soni hamma razryadlar yozib bulingandan keyin “o‘qish” komandasi bilan 
chiqishdagi kon’yunktorlar orqali parallel kodli shinaga uzatiladi.
Parallel kod bilan soni yozishda signal kodi kodli shinaga beriladi. “Siljituvchi” 
komandasi bilan signal kodi bir razryad o‘ngga siljiydi. N razryad siljitish uchun n marta siljituvchi 
impuls berish kerak. Shunday qilib bitta registr yordamida soni parallel kodini ketma – ket kodiga 
aylantirish mumkin. Sonni chapga siljitish uchun kichik razryadli trigerni birlik chiqishini 
kechiktiruvchi element orqali katta razryadli trigerni hisobchining kirishiga ulash kerak. Ko‘pincha 
EHM larda zahira siljituvchi registrlar ham ko‘p qo‘llaniladi. Hozirgi paytda registrlar integral 
mikrosxema ko‘rinishda ishlab chiqarilmokda.
Trigerlar, xotira va arifmetik qurilmaning asosiy elementi hisoblanadi. U 2 ta turg‘un holatga 
ega bo‘lgan elektron qurilmadir. U ikki kaskadli simmetrik qarshilikli kuchaytirgichdan iborat bo‘lib 
kaskadlar orasida 100 % li musbat teskari bog‘lanishi amalga oshirilgan. Hisoblash texnikasida 
trigerlar xotira qurilmasi sifatida qo‘llaniladi.
Trigger kirishiga beriladigan boshqaruvchi signal ta’sirida u bir turg‘un holidan ikkinchi 
turg‘un holatga o‘tadi. Uning bitta turg‘un holati mantiqiy 1 deb, ikkinchisi 0 deb qabul qilinadi. 
Trigerni kirishiga beriladigan har bir signalga muvofik u o‘z holatini o‘zgartirishi uchun hisobli kirish 
rejimi qo‘llanildi. Buning uchun trigerni alohida kirishlari o‘zaro birlashtirib ulanadi.
Trigerlar amalda inersiyasiz bo‘lib 1 sekunda 106 marta qayta-qayta ulanib turishi mumkin. 
Trigerlar asosida EHM larni registrlari, hisoblagichlari va jamlagichlari yig‘iladi. Trigerlar integral 
mikrosxema asosida ish chiqilmokda. Trigerlar axborotni saqlash usuliga ko‘ra asinxron va sinxron 
trigerlarga bo‘linadi.
Asinxron trigerlarda axborot vaqtning istalgan momentida kirish signalining o‘zgarishi bilan 
o‘zgarishi mumkin.
Sinxron trigerlarda ularning chiqishlaridagi axborot vaqtning aniq momentida sinxron signal 
berilgandagina o‘zgaradi.

Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish