195
saralash bosqichi jarayoni deyarli o‘tkazilmagan. ROZTMning boshlang‘ich tayyorlov guruhi ko‘r-
ko‘rona shakllantirilgan va buning oqibatida ijobiy natijaga erishilmagan;
b) boshlang‘ich tayyorlov va undan keyingi guruhlarda mashg‘ulotlar to‘g‘ri tashkil
etilmagan va mashg‘ulot yuklamalarini taqsimlashda ham kamchiliklar mavjud.
v) “Umid nihollari” va “Barkamol avlod” sport musobaqalarida natijalar yuqori bo‘lmasada,
lekin sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritib kelgan. Terma jamoa a’zosi bo‘lgan yoshlarni kollej va
akademik litseydan keyingi faoliyatini tahlil etish orqali natija ko‘rsatuvchi sportchi yoshlar kollej
va akademik litseydan keyin oliy o‘quv yurtlariga ma’lum sabablarga ko‘ra o‘qishga kira
olmaganini ko‘rishimiz mumkin. O‘z-o‘zidan ma’lumki, natija beruvchi sportchilar OTMga kira
olmaganidan keyin institut va universitet terma jamoasini boshidan shakllantirishga to‘g‘ri keladi.
g) Toshkent shahri terma jamoasining “Universiada” musobaqalariga saralash paytida
yuqori natija ko‘rsatuvchi sportchi talabalarning kamligi o‘zaro raqobatning pastligiga sabab
bo‘ladi. Hududda kuchli raqobat yo‘qligi uchun murabbiylar “boriga baraka” qabilida ish tutadi va
musobaqaning final bosqichida muvaffaqiyat qozona olmaydi.
XULOSA
Xulosani tavsiyaviy ahamiyatliligini e’tiborga olib ta’kidlash lozimki, yuqorida qayd etilgan
muammoni yuzaga keltirgan sabablarni bartaraf etish uchun quyidagi ishlarni amalga oshirmoq
lozim:
Birinchidan, OTM larga malakali va tajribali murabbiylarni jalb etish va mavjudlarini
malakasini oshirish lozim. Malakali murabbiylar sportning takomillashuv guruhlariga talabalarni
qat’iy tartibda saralab olsagina sport natijalarini yaxshilashga erishish mumkin;
Ikkinchidan, malakali murabbiy qo‘l ostidagi talabalarga zamonaviy mashg‘ulot uslublarini
qo‘llashi, har bir mashg‘ulotga mas’uliyat va ijodkorlik bilan yondashishi muhim;
Uchinchidan, ko‘p yillik tayyorlov tizimining har bir bosqichida muntazam shug‘ullanib
kelgan sportchilardan natija kutish mumkin. Shu bilan birga mashg‘ulotlar uzluksizligi va izchilligi
ta’minlanishi lozim;
To‘rtinchidan, gandbol sport turi bilan shug‘ullanuvchi o‘quvchi yoshlarni maktab,
kollejlardagi o‘qishi va o‘zlashtirishini ota-onalar bilan hamkorlikda murabbiy ham nazoratga olishi
kerak. Buning oqibatida sport natijalari bilan birga ularning bilimi ham oshib boradi.
Beshinchidan, gandbol sport turini ommaviyligini oshirish maqsadida joylarda,
mahallalarda, gazeta-jurnallarda va OAVda targ‘ibot tashviqot ishlarini olib borish ahamiyatli. Bu
orqali o‘quvchi yoshlarni sportga keng jalb etishga erishiladi. Sport inshootlari va majmualar
shug‘ullanuvchilar bilan to‘lib tursa o‘z-o‘zidan raqobat yuzaga keladi. Kelajakda shu sport turi
bilan shug‘ullanuvchilarni eng saralarini tanlab olish imkoni paydo bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: