dastlabki holat: ikki yoki uch o‘yinchi
maydon chizig‘i bo‘ylab bir-biridan narida turadi, oraliq –
1,5
m
, murabbiy to‘p bilan maydon markazida darvozadan
12-13
m
masofada joylashadi. Murabbiy uch o‘yinchining
biriga to‘p uzatadi, hujumchi esa o‘zining to‘pini murabbiyga uzatib va yana unga uzatilgan to‘pni
ilib olib darvozaga to‘p otishni bajaradi;
dastlabki holat: darvoza maydoni chizig‘ida to‘rtta to‘p (basketbol yoki to‘ldirma)
qo‘yiladi, to‘plar yonida himoyachilar, o‘rta yarim hujumchi o‘rnida ikki hujumchi, ular orasida
to‘p bilan murabbiy joylashadi. Hujumchilar bir-biriga to‘p uzatishni bajargan holda erda yotgan
to‘plarning birini nishonga olib to‘p otadi, o‘rta yarim himoyachi to‘p bilan bo‘lgan o‘yinchiga
chiqadi, markaziy ximoyachilar bu vaqtda oldinga chiqqan ximoyachi o‘rni tomon siljishadi. Yarim
o‘rta himoyachi oldinga chiqqandan so‘ng yaqin yotgan to‘p tomon diagonal holatda orqaga
qaytadi. Murabbiy mashqning yuqori saviyada tez bajarilishini ta’minlash uchun mashqqa yangi
to‘pni kiritadi;
7-vazifa:
to‘p bilan birinchi qator o‘yinchilari darvozaning chap tomonida 12
m
masofada,
ikkinchi qator o‘yinchilari o‘ng tomon joylashadi. Ikkinchi qator o‘yinchisi 6
m
chiziq bo‘ylab
harakat qilib, uzatilgan to‘pni ilib oladi va tayanch holatda 90º o‘girilgan holatda to‘pni darvozaga
otadi va o‘ng tomondagi kolonnaga o‘tib ketadi;
xuddi shuning o‘zi, faqat harakatsiz himoyachidan foyda-lanib;
xuddi shuning o‘zi, faqat to‘p otishni bajaruvchi, to‘siq qo‘yuvchi himoyachi qo‘llari
bilan yonidan to‘pni o‘tkazishga harakat qiladi.
8-vazifa:
Uch hujuchmi 9
m
erkin to‘p tashlash chizig‘ida yugurib, yon tomonga qadamma-
qadam harakat qilib, bir-biriga to‘p uzatib, tayanib otish xarakatini bajaradi. 6
m
chizig‘ida
joylashgan uch ximoyachi qarshisida to‘p bilan bo‘lgan o‘yinchiga chiqish harakatini bajaradi;
xuddi shuning o‘zi, faqat agar ximoyachilar chiqish xarakatini bajarishga ulgira
olmasa, xujumchi to‘pni darvozaga yo‘naltiradi.
9-vazifa:
himoyachi qarshiligisiz to‘pni darvozaga tayangan holatda otish;
himoyachi qarshiligisiz to‘pni darvozaga sakrab otish;
himoyachi qarshiligisiz to‘pni darvozaga yiqilib otish;
tayangan holatda sakrab, yiqilib darvozaga to‘p otishda o‘yinchilar ampluasini
(o‘ynash joyini) hisobga olish zarur.
10-vazifa:
dastlabki holat: ikki o‘yinchi – biri chap burchak himoyachisi va ikkinchisi o‘ng
burchak hujumchisi holatida joylashgan. Yarim o‘rta hujumchi erkin to‘p tashlash chizig‘i bo‘ylab
184
sherigidan to‘p olib aldamchi xarakatdan so‘ng ximoyachidan o‘tib to‘pni darvozaga otadi.
Himoyachi faol harakat qilib hujumchi harakatini to‘xta-tishga intiladi;
xuddi shuning o‘zi, faqat xujumchi avval aldamchi xarakat yordamida himoyachi
nazoratidan qutilib, so‘ng erkin to‘p tashlash chizig‘i bo‘ylab xarakat qiladi va sheriklaridan to‘p
olib darvozaga to‘p otishni bajaradi;
o‘rta yarim hujumchi yuqorida berilgan mashqdagi dastlabki holatda joylashadi. Ikki
himoyachi erkin to‘p tashlash chizig‘ida yarim o‘rta himoyachi holatida joylashadi. Hujumchi
maksimal tezlikda erkin to‘p tashlash chizig‘i bo‘ylab harakat qiladi va sherigidan to‘p olib ikki
himoyachi qarshiligini bartaraf etib, darvozaga to‘p otishni bajaradi.
11-vazifa:
ikki himoyachi darvoza qarshisida o‘rtada biri oldinda, ikkinchisi orqada 6 va 10
m
masofada joylashadi. To‘p bilan bo‘lgan hujumchi birinchi himoyachini aldab o‘tib va ikkinchi
ximoyachi tomonidan yuqorida qo‘lda qo‘yilgan to‘siqni bartaraf etib, darvozaga to‘p otishni
bajaradi;
dastlabki holat: ikki himoyachi darvoza maydoni chizig‘ining markazida, uchinchi
himoyachi darvozadan 10
m
uzoqlikdagi holatda joylashadi. Hujumchi to‘p bilan birinchi
himoyachini aldab o‘tadi, shundan so‘ng markazdagi ikki himoyachining qarshiligini bartaraf etib,
darvozaga to‘p otishni bajaradi.
185
1-rasim
Mavzu: Chap va o‘ng oyoqlarda depsinib sakrab to‘p otish. Yugurib kelib to‘p otgan qo‘l tomonga
yikilib darvozaga to‘p otish.
Do'stlaringiz bilan baham: |