Ta’tillarni berish vaqti va navbati
144-modda. Ta’tillarni berish vaqti va navbati.
Yillik ta’tillarni
berish navbati
kalendar yil boshlangunga qadar ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki
xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib tasdiqlanadigan jadvalga muvofiq
belgilanadi.
Ta’til berish vaqti haqida xodim ta’til boshlanishidan kamida o‘n
besh kun oldin
xabardor qilinishi kerak.
Quyidagi xodimlarga ta’til ularning xohishiga ko‘ra yozgi yoki ular uchun qulay
bo‘lgan boshqa vaqtda berilishi kerak:
o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan bitta yoki undan ortiq bolani (o‘n olti yoshga to‘lmagan
nogiron bolani) tarbiyalayotgan yolg‘iz ota, yolg‘iz onaga (beva
erkaklar, beva ayollar,
nikohdan ajrashganlar, yolg‘iz onalarga) va muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan
harbiy
xizmatchilarning xotinlariga;
I va II guruh nogironlariga;
1941 — 1945-yillardagi urush qatnashchilariga va imtiyozlari bo‘yicha
ularga
tenglashtirilgan shaxslarga;
o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarga;
ta’lim muassasalarida ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o‘qiyotganlarga (250-
modda);
jamoa shartnomasi, kelishuvida nazarda tutilgan boshqa hollarda.
Ishlayotgan erkaklarga yillik ta’til ularning xohishlariga
binoan xotinlarining
homiladorlik va tug‘ish ta’tili davrida beriladi.
Ta’tildan foydalanishning jadvalda belgilangan vaqti xodim bilan ish beruvchining
kelishuviga binoan o‘zgartirilishi mumkin.
Yillik asosiy taʼtil ikkinchi va undan keyingi ish
yillari uchun kalendar yil
boshlangunga qadar ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qoʻmitasi yoki xodimlarning
boshqa vakillik organi bilan kelishib tasdiqlanadigan taʼtillar jadvaliga muvofiq ish yilining
istalgan vaqtida beriladi. Xodim ish beruvchi bilan kelishib taʼtillar jadvalidagi vaqtni
oʻzgartirishi mumkin. Xodim taʼtil boshlanishidan kamida 15 kun
oldin xabardor qilinishi
kerak. Taʼtil ish yili tugagunga qadar berilishi lozim.
Yillik asosiy taʼtil - ish yili mobaynidagi ish uchun beriladigan, mehnat vazifalarini
bajarishdan ozod qiluvchi uzoq davom etadigan uzluksiz vaqt davri. Har bir xodim uchun ish
yili yakka tartibda - u mehnat shartnomasi boʻyicha ishlashni boshlagan kundan boshlab 12 oy
deb hisoblanadi. Xodimning yillik haq toʻlanadigan taʼtilga huquqi mehnat shartnomasi amal
qila boshlagan kundan boshlab paydo boʻladi.
Bunda taʼtilda boʻlish vaqti mehnat stajiga, shu jumladan keyingi yillik taʼtil berilishi
uchun mehnat stajiga kiritiladi. Masalan, 2013-yilda xodim 7-26-oktyabrda yillik mehnat
taʼtilida boʻldi. 2014-yilda unga fevralda taʼtil berildi. 2013-yil 7-26-oktyabr davri 2014-
yildagi taʼtil pulini hisob-kitob qilish chogʻida mehnat stajiga kiritiladi.
Qonun bilan xodimlarga 15 ish kunidan kam boʻlmagan
muddat bilan yillik asosiy
taʼtil berilishi belgilangan (MKning 134-moddasi). Bunda jamoa va (yoki) mehnat
shartnomalarida yillik asosiy taʼtilning koʻproq muddati nazarda tutilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: