Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘G‘risida


-modda. Davlat idoralari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va



Download 473,79 Kb.
Pdf ko'rish
bet21/25
Sana13.07.2022
Hajmi473,79 Kb.
#790709
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
644-XII-сон 03.07.1992. Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida

37-modda. Davlat idoralari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va
harbiy xizmatga majburlarning harbiy ro‘yxat qoidalariga rioya etish borasidagi vazifalari
1. Shaxsiy-boshlang‘ich ro‘yxat yuritish vazifasi yuklatilgan hokimliklar, korxonalar,
muassasalar, tashkilotlar va o‘quv yurtlarining rahbarlari mudofaa ishlari idoralarining talabiga
binoan harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarni chaqirilayotganliklardan voqif etishlari
hamda ularning chaqiruv bo‘yicha o‘z vaqtida hozir bo‘lishlarini ta’minlashlari shart.
2. Ichki ishlar idoralari:
harbiy ro‘yxatga doir hujjatlarda mudofaa ishlari idoralarining harbiy ro‘yxatga olinganlik yoki
undan chiqarilganlik to‘g‘risidagi belgilari bo‘lgan taqdirdagina harbiy xizmatga majburlar va
chaqiriluvchilarni turar joylarida ro‘yxatga olishlari yoki ro‘yxatdan chiqarishlari;
chaqirish yoshiga etmaganlarni harbiy ro‘yxatga olishda, fuqarolarning harbiy xizmatga
(yig‘inlarga) chaqiruvini o‘tkazishda, harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar harbiy ro‘yxat
qoidalariga rioya etishlari ustidan nazorat qilishda va harbiy ro‘yxatning belgilangan qoidalarini
buzuvchi harbiy xizmatga majburlar hamda chaqiriluvchilarni aniqlashda mudofaa ishlari
idoralariga yordam ko‘rsatishlari va ko‘maklashishlari;
umumiy harbiy majburiyatni, shuningdek muqobil xizmatni o‘tashdan bo‘yin tovlagan
shaxslarni qidirib topish, ushlash va mudofaa ishlari idoralariga yetkazib kelishni tashkil etishlari
shart.
3. Fuqarolik holati hujjatlarini qayd etish idoralari harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar
o‘z familiyasi, ismi, otasining ismini o‘zgartirganligi to‘g‘risida, fuqarolik holatini qayd hujjatlariga
ularning tug‘ilgan kuni va joyiga o‘zgartirishlar kiritilganligi haqida, shuningdek, harbiy xizmatga


majbur yoki chaqiriluvchilarning vafoti qayd etilgan hollar to‘g‘risida yetti kunlik muddat ichida
nohiya (shahar) mudofaa ishlari bo‘limlariga ma’lum qilishlari shart.
4. Surishtiruv va dastlabki tergov idoralari surishtiruv va dastlabki tergov olib borilayotgan
ishga daxldor bo‘lgan chaqiriluvchilar to‘g‘risida, sudlar esa sud qarab chiqayotgan jinoiy ishga
daxldor bo‘lgan chaqiriluvchilar to‘g‘risida, shuningdek harbiy xizmatga majburlar va
chaqiriluvchilarga daxldor bo‘lgan qonuniy kuchga kirgan hukmlar to‘g‘risida nohiya (shahar)
mudofaa ishlari bo‘limlariga yetti kunlik muddat ichida ma’lum qilishlari shart.
Ozodlikdan mahrum etilgan (shu jumladan shartli mahkum etilgan) harbiy xizmatga
majburlarning harbiy biletlari va chaqiriluvchilarning guvohnomalari sudlar tomonidan tegishli
mudofaa ishlari bo‘limlariga yuboriladi.
5. Vrachlardan iborat mehnat ekspert komissiyalari qaysi guruh nogironi ekanligidan qat’i
nazar, nogiron deb topilgan barcha harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar to‘g‘risida tegishli
nohiya (shahar) mudofaa ishlari bo‘limlariga yetti kunlik muddat ichida ma’lum qilishlari shart.
Chaqiruv o‘tkazilayotgan vaqtda davolash muassasalari davolash uchun qabul qilingan
chaqiruv yoshidagi barcha fuqarolarni uch kunlik muddat ichida tegishli nohiya (shahar) mudofaa
ishlari bo‘limlariga ma’lum qilishlari shart.
6. Uy-joylardan foydalanish idoralarining rahbarlari va uy egalari tegishli mudofaa ishlari
bo‘limi va harbiy ro‘yxatni yuritish vazifasi yuklatilgan hokimlikning talabiga binoan harbiy xizmatga
majburlar va chaqiriluvchilarga doir uy daftarlari, turar joyda ro‘yxatdan o‘tkazishga doir varaqalar,
harbiylar ro‘yxatiga doir va boshqa hujjatlarni taqdim etishlari, shuningdek harbiy xizmatga
majburlar va chaqiriluvchilarni mudofaa ishlari bo‘limlariga chaqiriltirilganliklaridan voqif etishlari
shart.
7. Oilaviy sharoitlari, sihat-salomatliklari, turar joylari, ma’lumotlari, ish joylari va lavozimlari
o‘zgargani taqdirda harbiy xizmatga majburlar hamda chaqiriluvchilar o‘zlari harbiy ro‘yxatda
turgan joydagi idoraga yetti kunlik muddat ichida ma’lum qilishlari shart.

Download 473,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish