26-modda. Harbiy xizmatdan bo‘shatish 1. Harbiy xizmatchilar harbiy xizmatdan:
a) basharti, harbiy xizmatchilar zaxirada bo‘lish yoshining chegarasiga etmagan bo‘lsalar,
salomatliklariga ko‘ra urush yoki tinchlik vaqtida harbiy xizmatni o‘tashga yaroqli bo‘lsalar —
zaxiraga;
b) basharti, harbiy xizmatchilar zaxirada bo‘lish yoshining chegarasiga etgan bo‘lsalar yoki
harbiy-vrachlar komissiyasi tomonidan salomatligiga ko‘ra harbiy xizmatni o‘tashga yaroqsiz deb
topilsalar — harbiylar ro‘yxatidan chiqarilgan holda iste’foga;
v) basharti, harbiy xizmatchilar belgilangan yosh chegarasiga etishlariga besh yil va undan
kam muhlat qolsa-yu, uzoq yil xizmat qilganlik uchun pensiya olish huquqiga ega bo‘lsalar —
yoshga ko‘ra;
g) harbiy-vrachlar komissiyasining harbiy xizmatga yaroqsizlikka doir qaroriga asosan
salomatligining yomonlashganligi tufayli;
d) shtatlarning qisqartirilishi, xizmatda foydalanish imkoni bo‘lmagan taqdirda tashkiliy
tadbirlar munosabati bilan;
e) xizmatga nomuvofiqligi tufayli;
j) mahkum etilganligi munosabati bilan bo‘shatiladilar.
V BOB. ZAXIRADAGI XIZMAT 27-modda. Zaxiradagilar ro‘yxatiga olish. Zaxira toifalari 1. Harbiy xizmatdan bo‘shatilgan, shuningdek muddatli harbiy xizmatga chaqirishdan ozod
etilgan fuqarolar (salomatligining yomonlashganligi tufayli harbiy hisobidan chiqarilganlardan
tashqari) zaxiradagilar ro‘yxatiga olinadilar.
2. Zaxira birinchi va ikkinchi toifalarga bo‘linadi.
Harbiy xizmatda kamida 18 oy xizmat qilib, shu davr ichida harbiy ixtisoslar ro‘yxatiga
kiradigan mutaxassislikni egallagan harbiy xizmatga majburlar birinchi toifadagi zaxiraga kiradilar.
12 oydan kam harbiy xizmat qilgan yoki harbiy xizmatga chaqirilmagan harbiy xizmatchilar
ikkinchi toifadagi zaxiraga kiradilar.
Ikkinchi toifadagi zaxiraga kiradigan harbiy xizmatga majburlar o‘quv mashqlari yig‘inida
harbiy ixtisoslar ro‘yxatiga kiradigan mutaxassislikni yoki tegishli fuqarolik kasbini egallaganlari
taqdirda birinchi toifa zaxiraga o‘tkaziladilar.
Harbiylar ro‘yxatiga olingan xotin-qizlar ikkinchi toifadagi zaxirada bo‘ladilar.
3. Zaxiraga o‘tkazilgan shaxslar vaqti-vaqti bilan tibbiy ko‘rikdan o‘tishga yuborilishlari
mumkin. Bunda harbiy xizmatni o‘tamagan holda salomatligiga ko‘ra zaxiraga o‘tkazilgan harbiy
xizmatchilar 27 yoshga to‘lgunga qadar harbiy xizmatga yaroqli deb topilsalar, chaqiruvchilarning
ro‘yxatiga qayta kiritilib, ular umumiy asoslarda muddatli harbiy xizmatga chaqirilishlari lozim.