Dars metodlari: suhbat, tushuntirish, “Kim tez topadi?”, “Tanlab
so‘zla”, “Egasini top” mashqlari.
Dars jihozlari: qovun turlari tasvirlangan rasmlar, multimedia ilovalari.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism. Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash.
II. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
“Tanlab so‘zla” mashqi. O‘quvchilar “Qovun sayli” hi koya-
sining 1-qismini “Tanlab so‘zla” mashqi yordamida so‘z-
laydilar. Bunda o‘quvchilar juftliklarda bir-birlariga navbat
bilan hikoyaning o‘zlari xohlagan qismini so‘zlab beradilar. Shundan
so‘ng o‘qituvchi ulardan juftiga qo‘ygan bahoni so‘raydi. Ular qo‘ygan
baholarini qisqacha izohi bilan aytadilar.
O‘quvchilar bilan savol-javob o‘tkaziladi.
– Bolaning tog‘asi har safar qayerga taklif qilardi?
– Qovun poliziga kimlar borishdi?
– Chaylada nimalar dumalab yotardi?
– Ertalab choy ichgach, tog‘asi bolalarga qanday topshiriq berdi?
Do'stlaringiz bilan baham: |