“Kim tez topadi?” o‘yini. O‘quvchilar birinchi harfi va harflar soniga qarab qovun tur-
larini topishlari lozim bo‘ladi. Tez va to‘g‘ri topgan o‘quvchi
g‘olib bo‘ladi.
(asati, umrboqi, doniyor, ko‘kalapish, bo‘rikalla, obinovvot)
Darslik bilan ishlash. “Egasini top” mashqi.Bu mashqni qatorlararo yoki guruhlar-
aro o‘tkazish mumkin. Bir o‘quvchi hikoyadan biror qahramon-
ning gapini o‘qib beradi. Ikkinchi o‘quvchi esa bu gap kimga tegishli
ekanini topishi lozim.
37
Masalan:
– Qovun sayliga keldik. Qani, mehmon qilinglar! (Rais) – O‘zingiz tanlang, rais bobo! (Bola) – Meniki shirin. (Ali polvon) – Tushingizni suvga ayting. (Rais) – Katta bo‘lay. Sizning o‘rningizni olaman! (Bola)