“Kim topag‘on” o‘yini. Guruhlar o‘rtasida qush va parrandalar
haqida topishmoqlar aytish musobaqasi o‘tkaziladi.
Bir qo‘shnim bor avval boshdan,
Soqoli uning qizil go‘shtdan.
Sahar turib shovqin solar,
Xabari yo‘q hech bir ishdan.
(Xo‘roz)
Oq sandiq,
Og‘zi yo‘q sandiq. (Tuxum)
Chiy tagida chinni kosa.
(Qush uyasi)
,
Boyning o‘g‘li ko‘kka qarab yig‘laydi.
(Boyo‘g‘li)
Yuqoridan keladi zebogina tovushi bor,
Oyog‘ida paxmoqqina kovushi bor.
(Kaklik)
Kasbi doim taqir-tuqur,
Qayda ilon ko‘rsa cho‘qir.
(Laylak)
Do'stlaringiz bilan baham: |