Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarni og‘zaki hikoya qilish, mustaqil
fikrlash, ongli va ifodali o‘qish ko‘nikmalarini rivojlantirish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: suhbat, savol-javob, “Begona so‘z” mashqi.
Dars jihozlari: ko‘rgazmali va tarqatma material, multimedia ilovalari.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism. Salomlashish. O‘quvchilarni darsga tayyorlash.
II. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
Uyga berilgan vazifa: “Ola buzoq” sherini yoddan so‘rash.
O‘tilgan mavzu savol va topshiriqlar orqali mustahkamlanadi.
1. Ola buzoqning ko‘rinishi nimalarga o‘xshatilgan.
2. She’r asosida ola buzoqni tasvirlab bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |