Lug‘at ishi:
xarjlash – sarf qilish ont ichmoq – qasam ichmoq, va’da bermoq
dalil – isbotlash uchun qo‘llaniladi marhamat – rahm, shafqat
razm solmoq
–
biror narsaga tikilib, e’tibor bilan qaramoq
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
Darslik bilan ishlash. O‘quvchilarga “Hiylagarning jazosi” matni
qismlarga bo‘lib o‘qitiladi. O‘quvchilar uch guruhga bo‘linadilar.
1-guruh – hiylagar va soddadilning uchrashuvi haqida;
2-guruh – soddadilning “gunohi” haqida;
3-guruh – qozining hiylagar makrini bilishi va fosh qilishi haqida
topib o‘qiydilar. Shu o‘qiganlari asosida uchtadan savol tuzadilar va
boshqa guruhlarga beradilar. Guruhlar berilgan savolga javob bera ol-
masa, savol bergan guruh rag‘batlantiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |