Dars metodlari: savol-javob, “Savollar hujumi”, “Kim zukko?”
o‘yinlari.
Dars jihozlari: rasmlar, tarqatma materiallar, multimedia ilovalari.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism.
Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash.
II. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
“Ochko‘z boy” ertagini o‘quvchilar o‘qib, so‘zlab beradilar.
“Savollar hujumi” o‘yini.
1. Chol nima bilan ro‘zg‘or tebratar ekan?
2. Chol qayerga o‘tin tergani boribdi?
3. U nimaning ucholmay yotganini ko‘ribdi?
4. Chol o‘rdakni nima qilibdi?
5. Kampir choldan nima deb ranjibdi?
6. Kunlarning birida nima uchib kelibdi?
Do'stlaringiz bilan baham: |