kadr
ichi montaji bu – davomiyligi jihatidan uzun bo‘lgan, ya’ni
o‘zida ko‘pgina voqealarni qamrab olgan va uzoq davom
etadigan bitta kadrdir
33
. Umuman olganda kadr ichi montajiga
32
Соколов A.Г.
Монтаж кино и телефильмов
, M.2000 г. 137-b
33
Ken Dancyger. The Technique of Film and Video Editing: History, Theory, and Practice.2007. 49-b.
149
aniq va tugal berilgan izoh yoki ta’rif yo‘q. Lekin, bizning bergan
ta’rifimiz ham to‘g‘ri.
Kadr ichi montajidan ovozsiz kino davridayoq, kino endigina
ihtiro qilingan paytdayoq faol foydalanila boshlangan. Aka-uka
Lyumerlarning “Stansiyaga poezdning kirib kelishi” va boshqa
kadrlari kadr ichi montajiga yaqqol misol bo‘la oladi.
Bugungi kunda esa kino san’ati va televidenieda undan faol
foydalaniladi. Kadr ichi montaji usullaridan foydalanib baddiy va
hujjatli filmlar, teleseriallar, videofilmlar, musiqiy kliplar va
reklamalar yaratilmoqda.
Mavzu tushunarli bo‘lishi uchun kichik bir ko‘rinishni kadr
ichi montaji yuzasidan taxlil qilib ko‘ramiz.
Qiz o‘z tengdoshi bo‘lgan bir yigitni yoqtiradi. Qizning ota-
onasi esa bunga tamomila qarshi. Ularning o‘z rejalari, orzu-
xavaslari bor.
Qizning ota-onasi farzandlariga boy va obruli xonadondan
bo‘lgan kuyovni munosib ko‘radilar. Ularning fikricha, sevgi
bilan qorin to‘ydirib bo‘lmaydi va og‘zidan ona suti ketmagan
mishqi “Romeo” oila boqishdek jiddiy vazifaga hali tayyor emas.
Qiz esa, ota-onasining bunaqa fikrlashlaridan norozi. U
faqat sevgi bor bo‘lgan joyda baht ham bo‘ladi deb hisoblaydi,
lekin buni ota-onasiga jiddiy turib uqtira olmaydi, andisha qiladi.
E’tibor bering: bir vaziyatni shunchaki taxlil qilish uchun
qancha izoh yozishga to‘g‘ri keldi. Lekin, bunisi holva! Bizni
oldinda uzoq va mashaqqatli izohlar bo‘roni kutib turibdi.
86-rasm.
150
Voqea qizning xonasida kechki payt ro‘y beradi. Qiz onasi
bilan bo‘lib o‘tgan nohush tortishuvdan keyin o‘z xonasida,
deraza oldida turib ko‘kda katta barkashday bo‘lib ko‘rinib turgan
Oyga termulib yig‘lab turibdi. Shu payt kutilmaganda oshiq yigit
paydo bo‘ladi. U epchillik bilan bir sakrab qizning xonasiga
derazadan kirib oladi. Qiz bu vaziyatda biroz o‘zini yo‘qotib
qo‘yadi. Ota-onasi ko‘rib qolsa, yoki qo‘shnilardan biri ko‘rsa
nima degan gap bo‘ladi, ahir. Yigit qizni bu adolatsiz dunyoda o‘z
sevgilari uchun kurashishga, bu yerlardan qochib ketishga
undaydi. Qiz yigitni ko‘chadagi biror odam ko‘rib qolishidan
xavfsirab xonaning o‘rtarog‘iga tortadi. Ular oyoq dupurlari
eshitirlmasligi uchun qizning kravatiga o‘tirib olishdi va qochib
ketish haqida baxslashishni davom ettiradilar.
Kutilmaganda xonaga qizning onasi kirib keladi. U yigitni
ko‘rib bir muddat karaxt bo‘lib qoladi. Yigit esa tashqariga
sakramoqchi bo‘lib deraza oldiga boradi.
Onaning ketidan ota ham kirib keladi. U ham yigitni ko‘radi.
Jaxl otiga minadi.
Qiz esa nima qilishini bilmay dovdirab qolgan, aslida hech
qanday yomon ish qilmaganini tushuntirish ilinjida bir onasiga,
bir otasiga mo‘ltiraydi.
Yigit ham bu vaziyatda biror narsani tushuntirishga urinish
besamar ekanligini anglab biror so‘z aytmasdan deraza tomon
yaqinlashadi.
Qiz otasiga yuzlanadi.
Yigit esa derazadan pastga sakraydi.
Bu kadrni bitta kadrda va bitta harakatsiz nuqtadan tasvirga
olish kerak.
Odatdagidek, mizantsena chizmasini chizib olamiz. Lekin
avval har bir kadrni ekranda qanday aks etishini aniq tasavvur
qilib olishimiz va mizantsenani chizishda ham ana shularni
hisobga olishimiz zarur.
Ekranda bu voqea qanday aks etishini tasavvur qilib
ko‘raylik. Shu ondayoq bir qator savollar yuzaga keladi: deraza
qayerda joylashgan, eshik qayerda, kravat qayerda joylashgan,
asosiysi esa, kamerani qayerga joylashtirish keragu, unga qanaqa
ob’ektiv o‘rnatgan ma’qul?
151
Avvaliga xona burchagini, deraza va eshikni joylashgan
joyini chizib olamiz. Kravatni ham xonaning o‘rtarog‘iga
chizamiz
Do'stlaringiz bilan baham: |