A. A. Omonov, Т. М. Qoraliyev kredit va banklar


Nominal pul nazariyasi tarafdorlarining zaifligi nimada?



Download 10 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/210
Sana13.07.2022
Hajmi10 Mb.
#786835
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   210
Bog'liq
Omonov A.A, Qoraliyev T.M. Pul, kredit va banklar (2)

6. Nominal pul nazariyasi tarafdorlarining zaifligi nimada?
A. Oltinni haqiqiy qiymat sifatida e’tirof etishida.
B. Pulning qiymatini davlat belgilashini e’tirof etishida.
V. Kumushni to‘lov vositasi sifatida e’tirof etmaydi.
G. Qog‘oz pullar qiymati talab va taklif asosida belgilashini e’tirof 
etishida.
7. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida pulning sotib olish qobiliyati:
A. Talab va taklif asosida belgilanadi.
B. Tovar va mahsulotlar hajmi asosida belgilanadi.
V. Davlatning tegishli qarorlari asosida belgialandi.
G. Markaziy bankning qarori asosida belgilanadi.
8. Pulning miqdoriy nazariyasi haqidagi ta ’limotni qachon va kim
tomonidan ilgari surilgan?
A. XV - XVI asrlarda, Dj.Mil tomonidan.
B. XVI - XVII asrlarda, D.Yum tomonidan.
V. XVII - XVIII asrlarda, J.Boden tomonidan.
G. XVIII - XIX asrlarda, SH.Monteske tomonidan.
9. Miqdoriy pul nazariyasining «tranzaksion varianti» ta'limoti
asoschilari kimlar?
A.
M.Fridman, K.Brunner va A.Meltserlar.
B. A Marshall va L.Valras.
V. A.Smit, G.Kassel vaB.Xansen.
G. J.Boden, D.Yum va Dj.Mil
10. 
Miqdoriy pul nazariyasida «kassa qoldig'i» haqidagi t a ’limot­
ni ilgari surgan nazariyachi ?
A.
A.Pigu.
B. D.Yum.
V. Dj.Mil.
G. J.Boden.
147


8 - bob. AYRIM XORIJIY DAVLATLAR PUL TIZIMI
8.1. AQSH pul tizimi
Amerika qitasida pul muomalasi XVIII asrlarda asosan xorijiy 
valutalarda, ya’ni Angliya funt sterlingi va Ispaniya kumush dollari bilan 
amalga oshirilgan.
AQSH dollari Kongress qarori bilan 1785-yilda milliy valuta 
sifatida e’lon qilingan. 1792 yilda bimetallizm tizimi joriy etilib. dollar 
oltin va kumushdan zarb etilgan. Banknotlar xususiy banklar tomonidan 
muomalaga kiritilgan. 1859-yilda AQSHda 1000 dan ortiq xususiy 
banklaming 5400 turdagi banknotlari to io v vositasi vazifasini bajargan.
AQSHda XVIII - XIX asrlarda pul emissiyasini markazlashtirish 
va tartibga solishga ikki marta (1791va 1816-yy.) urinib ko‘rildi, biroq 
ushbu harakatlar muvafaqqiyatsizlikka uchradi. AQSHda 1863-yilda 
milliy (davlat) banklari tashkil etilib, ularga emissiya huquqi berildi. 
Shtat banklari 10 foizlik soliqqa tortish evaziga emissiya qilish 
huquqidan bosqichma - bosqich bekor qilindi. Shu bilan birga, 1873- 
yildan boshlab kumushni erkin zarb etish bekor qilindi.
1900-yilda rasmiy ravishda oltin standarti joriy etilib, dollaming 
oltin qiymati 1,504632 gr etib belgilandi.
Federal hukumat qonunchiligiga asosan 1913-yilda AQSH Federal 
zaxira tizimi (FZT) tashkil etildi. Uning a’zolari o‘z kapitalining 6 
foizini pay sifatida FZTga o‘tkazishlari, shuningdek, muddatli 
depozitlarining umumiy summasini 3 foizi, talab qilib olinguncha 
saqlanadigan depozitlaming 7 foizdan 13 foizgachasini zaxira sifatida 
ushlab turishlari belgilab qo‘yildi.
FZT mamlakat Markaziy banki sifatida muomalaga banknotlami 
chiqarish bo‘yicha monopol huquqqa ega boidi, dastlab uning 
banknotlari tijorat va bank veksellari bilan, 1917-yildan boshlab oltin 
bilan ta’minlanishi belgilab qo‘yildi. Natijada 1920-yilga kelib, uning 
muomalaga chiqargan biletlari mamlakatdagi mavjud pul biletlari 
hajmidan bir necha barobar ortib ketdi.
148


FZT tomonidan qilingan emissiya hajmining ortib ketishi 
natijasida 1932-yilda qabul qilingan Blass - Stigalla qonuniga asosan 
davlatning qimmatli qog'oziari banknotlaming ta’minoti sifatida qabul 
qilindi.
AQSH G‘arbiy Yevropa mamlakatlaridan farqli olaroq, birinchi 
jahon urushi davrida banknotlami oltinga almashtirish tartibini bekor 
qilmadi, lekin muomalada oltin tangalar miqdori keskin kamayib ketdi.
AQSHda yuz bergan 1929 - 1933-yildagi Buyuk inqirozga qadar 
muomaladagi oltin tangalar xususiy shaxslar va banklar tomonidan olib 
qo‘yila boshladi. 1929 - 1933-yildagi Buyuk inqiroz 1933-yil aprelda 
AQSHda oltin standartini bekor qilishga majbur etdi.
1934-yil 31-yanvardagi qonunga ko‘ra dollaming 40,8 foizi oltin 
bilan ta’minlanishi belgilanib qo‘yildi, shuningdek, bir dollaming 
oltindagi qiymati 1,50463 grammdan 0,888671 grammga tushirildi, 
AQSH g‘aznasi bir unsiya oltinni sotib olish bahosini 20,67 dollardan 35 
dollargacha ko‘tardi. AQSHning yuridik va jismoniy shaxslarga oltinni 
tanga shaklida saqlashni taqiqlab qo‘yildi.
1934-yilda FZT tasarrufidagi oltin zaxirasi bir unsiyasi 26,67 
dollar bahosida davlat g'aznasiga topshirildi. FZT uning o‘miga federal 
g‘aznasi tomonidan banknotlami ta’minlanganligiga xizmat qiluvchi 
oltin sertifikatlami oldi. AQSH hukumati 2,8 mlrd. dollar oltin zaxirasi 
hisobidan 2 mlrd.ga teng bo‘lgan barqarorlashtiruvchi valuta fondini 
tashkil etdi.
1960-yillaming oxiri 1970-yillaming boshida AQSHning valuta 
pozitsiyasi sezilarli darajada yomonlashdi. Mamlakat oltin zaxirasi ikki 
martadan ziyodroqqa kamaydi. 1949-yilda 24,6 mlrd. dollar 1987-yiI 
sentabrda 11,1 mlrd. dollami tashkil etdi.
1960-yillarda mamlakat oltin zaxirasi muomaladagi jami 
banknotlaming 25 foizi atrofida tashkil etdi, buning natijasida dollaming 
oltin bilan ta’minlanishi bekor qilindi.
1971-yilda oltining bir unsiyasi 38 dollami, 1973-yil fevralda 
42,22 dollami tashkil etdi. 1975-yilda AQSH o‘z fuqarolariga oltin 
tanga va slitkalami sotib olishga ruxsat berdi, 1970-yilda oltinning 
bahosini pasaytirish maqsadida oltin auksioni o‘tkazildi. Natijada, 
Yamayka kelishuviga asosan oltining rasmiy bahosi bekor qilindi va uni 
valuta pariteti sifatida foydalanishni taqiqladi. Dollaming kursi talab va 
taklif asosida o‘matiladigan bo‘ldi, buning natijasida oltinning bozor 
bahosi birdan oshib ketdi.
149


AQSHning zamonaviy pul muomalasi juda rivojlangan boiib, 
AQSH davlat g‘aznasi, FZT va ayrim shtat banklari pullami muomalaga 
emissiya qilish bilan shug‘ullanadi. Davlat g‘aznachiligi mayda 
banknotalami (1-10 dollarlik qiymatdan), kumush dollar va tangalami 
muomalaga chiqardi.
Muomaladagi asosiy pullaming ulushi FZT tomonidan chiqarilgan 
boiib, kredit tizimini takomillashuvi barobarida naqd pul bilan hisob- 
kitob tizimi qisqarib bormoqda.

Download 10 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish