A. A. Omonov, Т. М. Qoraliyev kredit va banklar


 Pulning metallik nazariyasi



Download 10 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/210
Sana13.07.2022
Hajmi10 Mb.
#786835
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   210
Bog'liq
Omonov A.A, Qoraliyev T.M. Pul, kredit va banklar (2)

7.2. Pulning metallik nazariyasi
Pulning metallik nazariyasi XVI - XVII asrlarda dastlab 
kapitalning boylik sifatida jamg‘arish, 
kapitalistik tuzumning 
shakllanishi va rivojlanishi sharoitida vujudga keldi. Agar, kapitalizm 
natural - feodal tuzum sharoitida rivojlanib uning asosini bozor 
munosabatlari tashkil etishini e’tiborga olsak, pulning metallilik 
nazariyasi kishilik jamiyatining natural - feodal tuzumi davriga borib 
taqaladi.
Ma’lumki, pul birligining sotib olish qobiliyati metall asosida 
aniqlanadi, metall tangalar o‘zida pulning haqiqiy qiymatini aks ettirib, 
ulardan tanga (moneta)lar zarb etilgan. Shu bois ham metall pul 
nazariyasini qoilab - quvvatlovchi iqtisodiy nazariyachilar vakillari 
qog‘oz pul nazariyasini inkor etadilar. Metall pul nazariyasi vakillari 
ushbu ta’limotni yoqlab chiqqanlarida asosan nodir metallami, ya’ni 
kumush va oltin tangalami nazarda tutadilar. Ulaming ta’limotida 
kumush va oltin tangalar real qiymatni aks ettiruvchi haqiqiy pul boiib, 
ular o‘z qiymatianni yo‘qotmaydilar. Shu bilan birga, kumush va oltin 
pullar ayirboshlash munosabatlarida real qiymatlari asosida ishtirok etib, 
iqtisodiyotda inflatsiya muammosini keltirib chiqarmaydi, deya 
ta’kidlaydilar.
134


Dastlab 
pulning 
metallik 
nazariyasi 
angliya 
iqtisodiy 
nazariyachilarining ta’limotlarida paydo bo‘lgan. Metall pul nazariyasi 
tamfdorlari sifatida TJ.Stafford (1554 - 1642) T.Men (1571 - 1641), 
D.Nors (1641 - 1691)lami ta’kidlash mumkin. Ulaming pul nazariyasi 
asosida metall pullar ijtimoiy ishlab chiqarish munosabatlari sharoitida 
tabiiy ravishda vujudga keladigan jarayon sifatida emas, balki metall 
pullami vujudga kelishini kishilik jamiyatining ma’lum davrida 
shiakllangan, rivojlangan va chuqurlashib borayotgan ayirboshlash 
natijasi sifatida qarashgan.
Metall pul nazariyasining taniqli asoschilari sifatida Fransua Kene 
va Adam Smitlar ekanligini ta’kidlash maqsadga muvofiq. Klassik 
maktabining fiziokratlar yo‘nalishining asoschisi Fransua Kene o‘zining 
ishlab 
chiqarish 
va 
takror 
ishlab 
chiqarish 
munosabatlariga 
bag‘ishlangan asarida metall pul nazariyasiga yetarlicha e’tibor qaratadi. 
Xususan, u takror ishlab chiqarish qo‘shimcha xarajat (investitsiya)lar 
hisobiga uzluksiz yangilanib turadi. Qo'shimcha xarajatlar metall 
ko‘rimshida pullar hisobiga amalga oshirilib, metall pullar ishlab 
chiqaruvchi va iste’molchi o'rtasida vujudga keladigan iqtisodiy 
munosabatlami amalga oshirishda ayirboshlash vositasi sifatida ishtirok 
etadi, iste’mol qiymatiga ega bo‘lgan tovarlar ayirboshlash jarayonida 
bir marta ishtirok etganidan so‘ng ushbu jaryonni tark etadi va iste’mol 
qilinadi. Biroq, pullar esa ayirboshlash jarayonida takror va takror 
ishtirok etadi, aynan shu jarayonda pullaming metalll tangalardan iborat 
boiishi, birinchidan ular o‘zining dastlabki xossasini yo‘qotmaydi, 
ikkinchidan ularda pulning haqiqiy qiymati o‘z aksini topgan ta’limot 
asosida metall pul nazariyasini yoqlab chiqadi.
Klassik maktabning asoschisi, taniqli ingliz iqtisodchisi Adam 
Smit bozorda ishlab chiqaruvchi va iste’molchi o‘rtasida vujudga 
keladigan munosabatlar «ko‘rinmas qo‘l» qoidalari va «tabiiy tartiblash» 
tizimi yordamida amalga oshiriladi, aynan shu munosabatlarda metall 
tangalar ushbu jarayonni amalga oshirishda muhim moliyaviy mexanizm 
sifatida ishtirok etadilar, degan ta’limotni ilgari suradi. Ulaming nazdida 
«ko‘rinmas qo‘l» talab va taklif bo‘lib, ishlab chiqaruvchi o‘zi yaratgan 
moddiy ne’matlari bilan bozordagi taklifni shakllantiradi, iste’molchi 
esa ma’lum darajadagi ehtiyojini qondirish uchun qilgan harakati 
natijasida talabni vujudga keltiradi. Aynan mana shu jarayonda 
tomonlaming manfaatlari bozorga taklif etilayotgan moddiy ne’matlar 
massasi va ulami sotib olish uchun zarur bo‘lgan pul massasi o‘rtasidagi
135


bog‘liqlik natijasida o‘zining yechimini topadi. Agar iste’mol uchun 
taklif etilayotgan tovar massasi pul massasiga nisbatan ko‘p bo‘lsa 
ulaming bahosi pasayadi va iste’molchining tanlov imkoniyatlari ort^di 
va aksincha. 
,
Adam Smitt va boshqa metall pul nazariyasi tarafdorlari aynan 
mana shu jarayonda muomalada metall tangalaming ishtirok etishi 
ishlab chiqaruvchilar tomonidan yaratilgan moddiy ne’matlaming 
haqiqiy qiymatini xolisona baholashda q o l kelishi asosida metall pul 
nazariyasini ilgari suradilar, chunki to io v vositasi sifatida metall 
tangalar amal qilgan sharoitda bozorga taklif etilayotgan moddiy 
ne’matlar hajmi pul hajmidan kam bo‘lganda, metall tangalaming 
ortiqcha qismi pul sohibi tomonidan moddiy boylik sifatida 
jamg‘armaga yo‘naltiriladi, ya’ni metall tangalar (asosan oltin, kumush 
tangalar nazarda tutilayapti) kam miqdorda taklif etilayotgan tovar va 
moddiy ne’matlar qiymati (bahosi)ni sun’iy ravishda ortib ketishiga yo‘l 
qo‘ymaydi. Buning asosiy sababi metall pullar haqiqiy qiymatga ega 
boiib, kelgusidaham ular o‘zining qiymatini yo‘qotmasligi pul sohibiga 
katta ishonch baglshlaydi va avtomatik ravishda bozordagi talab va 
taklifga qarab ma’lum davrda to io v vositasi sifatida, ma’lum davrda esa 
moddiy boylik sifatida namoyon boiadi.
Bizning nazarimizda, metall pul nazariyasi tarafdorlarining asosiy 
yutuqlari ham shunda boiib, muomalada metall pullar to io v vositasi 
vazifasini bajargan paytda iqtisodiyotda inflatsiya muammosi vujudga 
kelmagan, shu bilan birga, davlat tomonidan pul - kredit siyosatini 
amalga oshirish va tartibga solish kabi masalalariga ehtiyoj tugllmagan.
Shu bilan birga, pulning metallilik nazariyasi tarafdorlarining 
ayrim kamchiliklari mavjud boiib, ulaming asosiylari quyidagilarda 
ko‘rinadi.
Birinchidan, pulning metallik nazariyasi tarafdorlari pulning 
barcha funksiyalarini bajaruvchi haqiqiy pullami keyinchaiik ulaming 
o‘rinbosarlari hisoblangan qog‘oz pullar bilan almashtirilishini inkor 
etdilar. Ular haqiqiy qiymatga ega boigan metall pullami qog‘oz 
pullarga almashtirish mumkinligini va uning tabiatini tasavvur qila 
olmadilar. Biroq, o‘sha davrlarda ham qog‘oz pullar Xitoyda juda keng 
miqvosda to io v vositasini bajarar edi.
Ikkinchidan, metall pul nazariyachilari pullami tovar ayirboshlash 
munosabatlari ta’sirida vujudga kelganligini, shuningdek, pulning tarixiy
- iqtisodiy kategoriya ekanligini tushunib yetmadilar.
136


Uchinchidan, metallik pul nazariyachilari ta’limotida boylikning 
asosini savdo tashkil etadi, boylikning asosini oltin va boshqa 
qimmatbaho metallami jamg‘arishda degan noto‘g ‘ri tasavvur mavjud 
edi. Bu jamiyatda har qanday boylikning asosida oltin yoki qimmatbaho 
metallar emas, balki boylik kishilaming moddiy va ma’naviy jihatdan 
yetukligi hamda har qanday boylikning asosida mehnat yotishini inkor 
etishdi.
XVIII 
asr va XIX asming birinchi yarmida metallik pul nazariyasi 
bozor iqtisodiyoti ishtirokchilari talablarini to‘liq qondirmay qoldi, bu 
ushbu nazariyaning o‘z o ‘rini yo ‘qotishiga olib keldi. Biroq bu jarayon 
juda uzoq muddat davomida qiyinchiliklar bilan yuz berdi, chunki 
metallik pul nazariyasini yoqlab nemis (K. Knis, 1821 - 1898 yy.), 
ikkinchi jahon urushidan keyin amerkalik (M.Xalpem), fransuz (SH. 
Rist, A. Tulemon, J. RyuefF, M. Debre), angliyalik (R.Xarrod) 
iqtisodchilar shular jumlasidandir.
Jamiyatda ijtimoiy - iqtisodiy jarayonlaming tobora rivojlanib 
borishi, shu bilan birga, kishilaming ehtiyoji ortib borishi natijasida 
ayirboshlash munosabatlari hajmining o‘sishi, 
ishlab chiqarish 
hajmining keskin sur’atlar bilan ko‘payishi muomalada foydalanib 
kelingan metall tangalar bilan parallel ravishda qog‘oz pullar ham toiov 
vositasi sifatida amal qila boshladi, evolyutsion tarzda ma’lum ijtimoiy -
iqtisodiy o‘zgarishlar oqibatida metall (kumush va oltin) pullar o‘z 
o‘mini qog‘oz pullarga bo‘shatib berdi. Bu pulning nominalist 
nazariyasining vujudga kelishiga zamin yaratdi.

Download 10 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish