Taniberdiyev Akmal Abdug’anievich yengil atletika va uni o’qitish metodikasi



Download 2,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/56
Sana13.07.2022
Hajmi2,28 Mb.
#785304
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   56
Bog'liq
disk uloqtierish

Oxirgi kuchlanish fazasi – 
uchinchi burilishning oxirgi o’ng oyoqni yerga 
qo’yishdan boshlanadi. 
Bu payt bosqon uloqtiruvchi gavdasining o’ng tomonida, yelka bo’g’imi 
balandligida yoki undan yuqoriroqda bo’ladi; gavda chapga engashadi. 
Oldingi burilishlardagidek, uloqtiruvchi yelka kamarini tos bilan bir tekislikka 
kelguncha chapga buradi. Bosh esa uloqtirish davomida birinchi marta orqaga 


120 
egiladi, qo’llar yozilgan bo’ladi. 
Bosqon quyi nuqtaga intilib, tizza balandligiga yetganda bosqonning tortilishi 
va gavda og’irligi ikkala oyoqqa teng taqsimlanadi.
Oxirgi harakatning quyi nuqtasida bosqon gavdaning o’rta chizig’idan o’ngda 
bo’lishi kerak.
Bosqon quyi nuqtadan tortilayotgan paytda uloqtiruvchi chapga burilib, 
orqaga egiladi. Bu harakat bilan u bosqonga maksimal tezlik beradi. 
Orqaga egilayotganda tosni oldinga siljitmaslik kerak. 
Uloqtiruvchi oyoqlarini to’g’rilashga intiladi va shu bilan birga gavdasini ham 
yuqoriroq ko’tarishga harakat qiladi. Lekin faqat chap oyoq to’la to’g’rilanadi, 
o’ng oyoq esa sal bukilgan holda, uchi bilan chapga buriladi. 
Bolg’aning tortilishini asosan chap oyoq tutib turadi va uloqtirishning oxirida 
bu oyoq tagining oldingi qismi yerga tayanadi. Harakat oxirida uloqtiruvchining 
gavdasi tizzadan sal bukilib turgan o’ng oyoq ustiga o’tadi, bosh esa oxirgacha 
orqaga egiladi (33-rasm). 
33-rasm. Bosqonni qo’ldan chiqrish 


121 
Bosqon yelka bo’g’ini balandligiga etganda uloqtirib yuboriladi. Bosqonning 
tortilishi va harakat tezligi maksimal darajaga yetadi. 
Bosqon qo’ldan qo’yib yuborilgan zahoti uning uloqtiruvchiga ta’sir etgan 
tortish kuchi yo’qoladi, shu sababli gavdaning aylanish tezligi oshadi, chunki endi 
u bolg’aning qarshiligiga uchramaydi. Muvozanatni saqlash va doiradan chiqib 
ketmaslik uchun uloqtiruvchi o’ng oyog’ining uchida aylanishni davom ettira turib, 
uni to’g’rilaydi, chap oyoqni yerdan uzib, o’ng oyoq orqasiga chapdan orqaga 
o’tkazadi. O’ng oyoqni esa tizza bo’g’imidan bukadi. 

Download 2,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish