Taniberdiyev Akmal Abdug’anievich
YENGIL ATLETIKA
VA UNI O’QITISH
METODIKASI
(uloqtirish turlari)
O’QUV QO’LLANMA
2
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI
YENGIL ATLETIKA VA UNI O’QITISH
METODIKASI
(uloqtirish turlari)
O’quv qo’llanma 5112000 – Jismoniy madaniyat fakultetlari murabbiy -
o’qituvchilari va talabalariga mo`ljallangan.
Muallif:
Taniberdiyev Akmal Abdug’anievich
Taqrizchilar:
Saribayev Shuxrat Turdibekovich - p.f.n., dotsent
Egamberdiyev Asilbek Qozihaydarovich - sport ustasi, “Do’stlik” ordeni sohibi
3
KIRISH
Yosh avlodni jismonan sog’lom, aqlan yetuk bo’lib o’sishida jismoniy tarbiya
va sportning ahamiyati kattadir. Respublikamizda jismoniy tarbiya va sportni
rivojlantirishga bo’lgan e’tibor davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan. Bu borada
qabul qilingan qonunlar jismoniy tarbiya va sport ishlarini rivojlantirishga keng
yo’l ochib bermoqda. Xususan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.M.Mirziyoyevning tashabbusi hamda davlatimiz rahnamoligida jismoniy
tarbiya va sportga katta e’tibor qaratilib kelinmoqda. Jumladan, 2017 yil 3 iyun,
Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi PQ-3031-son, 2018 yil 5 martdagi “Jismoniy tarbiya va sport
sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi PF-5368-sonli farmon va qarorlarida yurtimiz aholisini sog‘ligini
mustahkamlash jismoniy tayyorgarligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini
shakllantirishga oid masalalarga e’tibor qaratilgan.
Jismoniy tarbiya orqali talabalarni sog‘ligini mustahkamlash, jismoniy
tayyorgarlik darajasini oshirish vatan himoyasiga va mehnatga bo‘lgan layoqatini
kamol toptirishda yengil atletika sport turining o‘rni kattadir. Yengil atletika sport
turi insonlarni har tomonlama jismoniy rivojlanishida asosiy sport turlaridan
hisoblanadi. Talabalarni etuk, sog‘lom bo‘lib tarbiya topishida yengil atletikaning
yurish, yugurish, sakrash, uloqtirish va ko‘pkurash turlari orqali ularni jismoniy
sifatlarini rivojlanishida muhim ahamiyatga egadir.
Jismoniy tarbiya va sportga ixtisoslashgan ta’lim muassasalarida
o‘tkaziladigan yengil atletika darslarida talabalarni tezkorlik, kuch, chidamlilik
sifatlarini rivojlanganlik darajasini oshirish darslardan olayotgan yuklamalarni
organizmga bo‘lgan ta’sirini o‘rganish, yengil atletika darslarini samaradorligini
ta’minlash tahlil jarayoniga yangi pedogogik texnologiyalarni ishlab chiqish
vazifalari bugungi kunning dolzarb muommolaridan biridir.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi “Ta’lim to’g’risidagi” O’zbekiston
Respublikasi qonuning qoidalariga muvofiq holda yangi o’quv rejalari,
4
dasturlarining zamonaviy didaktik ta’minotini ishlab chiqish Oliy o’quv yurtlari
faoliyatida milliy tajribalarning tahlili va jahon miqyosidagi yutuqlar asosida yangi
darsliklarni o’quv adabiyotlarini yaratish vazifalari ko’rstib o’tilgan.
Iqtidorli bolalar va o’quvchi yoshlarni qo’llab-quvvatlash bo’yicha davlat
siyosati sobitqadamlik bilan olib borilmoqda. Sport sohasida iste’dodli o’smir va
qizlarni izlab topish, ularga ko’maklashish, ularning qobiliyati va iste’dodini
o’stirish bo’yicha ishlarni tashkil etish, qobiliyatli yoshlarni chet ellardagi yirik
musobaqalarga tayyorlash va xalqaro toifadagi sport ustalariga munosib zahiralarni
tayyorashdan iborat bo’ladi.
Shunday ekan yengil atletika mashqlari nafaqat jismoniy tarbiya va
sportda, balki, ta’lim sohalarining barcha tarmoqlarida har bir soha xodimlarining
kundalik hayot tarziga aylanib bormoqda. Yengil atletika orqali aholini sog’ligini
mustahkamlashda yurish, yugurish mashqlarining inson salomatligidagi o’rni juda
kattadir. Maktabgacha ta’lim, umumta’lim maktablari, akademik-litseylar, kasb
hunar kollejlari, oliy o’quv yurtlarining ta’lim jarayonlariga kiritilganligi o’qitish
va o’rgatish metodikasini yildan-yilga takomillashtirib borishni taqozo etmoqda.
Bu esa nafaqat ta’lim sohasini takomillashtirish balki, o’qitish va o’rgatish
amaliyoti darslarini samarali tashkil qilishda ham muhum ahamiyat kasb etadi.
Ushbu yaratilgan o’quv qo’llanma Oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlarining
5112000 Jismoniy madaniyat bakalavr ta’lim yo’nalishi faoliyat yuritayotgan
o’qituvchi, murabbiy va talabalari uchun mo’ljallangan bo’lib.
Yengil atletika va
uni o’qitish metodikasi fan dasturi asosida tayyorlangan bo’lib o’quv qo’llanmada
uloqtirish turlarining texnikasi asoslari, nayza uloqtirish, disk uloqtirish, yadro
itqitish, bosqon uloqtirish texnikasi haqida ma’lumotlar keltirilgan.
Mualliflar o’quv qo’llanmani tayyorlashda foydalangan adabiyotlarning
mualliflariga o’z minnatdorlchiligini bildiradi. Ishonamizki ushbu o’quv qo’llanma
ta’lim muassasalarining professor – o’qituvchilari va murabbiylarining kasbiy
tayyorgarligini oshirishga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |