O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti magistratura bo‘limi qo‘lyozma huquqida udk: 336. 71


I BOB. TIJORAT BANKLARIDA KONVERSION VALYUTA



Download 491,13 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/27
Sana13.07.2022
Hajmi491,13 Kb.
#785057
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
Сувонов А. Тижорат банкларида конверсион валюта операциялар ҳисоби ва аудитини такомиллаштириш

I BOB. TIJORAT BANKLARIDA KONVERSION VALYUTA 
OPERATSIYALARI HISOBINING IQTISODIY ASOSLARI 
1.1.
 
Konversion valyuta operatsiyalari tushunchasi va uning 
iqtisodiy mohiyati 
Har qanday davlatning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida xalqaro iqtisodiy aloqalar 
muhim rol o‘ynaydi. Hatto eng rivojlangan yirik davlatlar ham xalqaro aloqalarsiz 
ishlab chiqarishda kerakli samaralarga erisha olmaydi. Xalqaro iqtisodiy aloqalar 
nafaqat davlatlarning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishiga, balki xalqaro tinchlikning 
mustahkamlanishiga ham har taraflama yordam beradi. 
Bugungi kunda xalqaro savdo aloqalari rivojlanib borar ekan, davlatlar 
o‘rtasida xalqaro hisob-kitoblarni amalga oshirish shartnomadagi kelishuvga 
asosan, o‘z milliy pul birligi yoki boshqa davlat pul birligida amalga oshiriladi. 
Ayni shu jarayonda banklar xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning valyuta boyliklarini 
o‘tkazish va qabul qilib olish bilan bir qatorda, konversion valyuta operatsiyalarini 
amalga oshiradilar. 
Shu o‘rinda konversion valyuta operatsiyalari tushunchasiga ta’rif berib 
o‘tsak. Valyuta (italyancha valuta, lotincha valere – qadrlanmoq, qiymat) deganda, 
avvalo, muayyan mamlakat pul birligi va uning turi, ikkinchidan, chet 
davlatlarning xalqaro muomalada qo‘llanuvchi pullari, ularning pul birligida 
ifodalangan va xalqaro hisob-kitoblarda foydalaniladigan kredit va to‘lov hujjatlari 
(veksellar, cheklar, banknotlar va boshqalar) tushuniladi. “Konversiya” so‘zi esa, 
lotincha “conversio” so‘zidan olingan bo‘lib, jiddiy o‘zgartirish, sharoitlar 
o‘zgarishi, almashtirish ma’nolarini anglatadi.
Demak, konversion valyuta operatsiyalari -
 
valyuta bozori ishtirokchilarning 
ma’lum bir mamlakat pul birligini boshqa mamlakat pul birligiga belgilangan 
muddatda, kelishilgan kurs bo‘yicha 
ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish 
jarayoni hisoblanadi. 
XX asrning 30 yillariga qadar konvertatsiya deganda, odatda belgilangan 
kurs bo‘yicha valyutani oltinga erkin ayirboshlash huquqi tushunilgan. Hozirgi 
vaqtda, valyutaga egalik qilayotgan har qanday shaxs uni bozordagi - qat’iy 


11 
belgilangan yoki suzib yuruvchi kurs bo‘yicha xalqaro zaxira valyutalaridan biri 
(AQSH dollari, Evro va x.k.)ga konvertatsiya qilish huquqi tushuniladi.
Hozirda milliy valyutaning konvertatsiya qilinishi mamlakat iqtisodiyotining 
ochiqligi va iqtisodiy erkinlik ramzlaridan biri bo‘lib, u eksport-import 
operatsiyalarini rivojlantirishga turtki beradi, xorijiy investitsiyalar oqimini 
kuchaytirishga xizmat qiladi. Shu munosabat bilan, mamlakatimiz o‘z 
mustaqilligiga erishishi bilan milliy valyutaning konvertatsiya masalasiga alohida 
e’tibor qaratdi. Jumladan, 1993 yil 7-mayda
“Valyutani tartibga solish 
to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi va valyuta operatsiyalari sohasidagi barcha 
munosabatlar mazkur qonun asosida tartibga solindi. Mazkur qonun 2003 yil 11-
dekabrda yangi tahrirda qabul qilindi. 
Ushbu qonun valyuta
boyliklariga bo‘lgan mulk huquqi va boshqa 
huquqlarning o‘zga shaxsga o‘tishi hamda ularni to‘lov vositasi sifatida ishlatishga 
bog‘liq muomalalarni, bu qimmatliklarni vatanimizga olib kirish va jo‘natishni 
yoki undan olib chiqish va jo‘natishni, xalqaro pul jo‘natmalarini amalga 
oshirishni, rezidentlar va norezidentlar o‘rtasidagi milliy valyuta bo‘yicha sa’y-
harakatlarni, bir so‘z bilan aytganda, 
O‘zbekiston Respublikasi hududida valyuta 
operatsiyalarini amalga oshirish sohasidagi barcha munosabatlarni tartibga solib 
turadi.
Jumladan, konversion valyuta operatsiyalarini amalga oshirishning ob’ekt va 
sub’ektlariga alohida to‘xtalib o‘tilgan. Konversion valyuta operatsiyalari ob’ekti 
bo‘lib, unga chet el valyutasi, u asosidagi qimmatli qog‘ozlar, to‘lov hujjatlari, 
jamg‘arma boyliklari, olmos, marvarid, yoqut singari tabiiy yoki qayta ishlangan 
shakldagi qimmatbaho toshlar, shuningdek, oltin, kumush, platina, platina 
guruhiga kiruvchi palladiy, iridiy, osmiy, rodiy, ruteniy va boshqa noyob metallar 
kiradi. 
Respublikamiz fuqarolari, diyorimizda doimiy yashash joyiga ega 
ajnabiylar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, shu yerda ro‘yxatdan o‘tgan yuridik 
shaxslar, mamlakatimizning daxlsizlik huquqi va diplomatik imtiyozlardan 
foydalanadigan chet eldagi diplomatiya hamda boshqa vakolatxonalari, 


12 
shuningdek, mahalliy tashkilotlarimizning xorijdagi, xo‘jalik yoki boshqa tijoriy 
faoliyat 
bilan 
shug‘ullanmaydigan 
vakolatxonalari 
konversion 
valyuta 
operatsiyalarining sub’ektlari hisoblanadi.

Download 491,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish