www.ziyouz.com
кутубхонаси
28
yuzi ham qora bo’libdi. Shu holda uni ko’rdimu, «shunga roziman» deb ko’nglimdan o’tkazdim.
Shundan so’ng u bizga ixlos qo’ydi va doim biz bilan bo’lardi.
Xoja Ubaydulloh Hirotda ekan, ba’zan o’zi bilan bo’lar va, hatto, bir kuni Malik darvozasi soqchilari
sharob ichgan ko’rinadi, deb uni ayblamoqchi bo’ldilar. Shunda Xoja Ubaydullohni taniydiganlar oraga
tushib, uni qo’yib yubordilar. Xoja Ubaydullohning hikoya qilishicha, bir kuni Malik darvozasi oldida
(bundan ko’rinadiki, uning asosiy yo’li shu darvoza bilan bog’liq ekan) darvesh Ahmad Samarqandiyni
uchratdi. U, – men sizga borayotgan edim, – deydi. Qaytishda bir tor ko’chaga kirib, o’zining
ahvolidan gapiradi, ko’p yig’laydi va aytadi: men nochor ahvolga tushib, nima qilarimni bilmay
qolganimda, bir kishi Sen Xoja Ubaydulloh oldiga bor, u kishi Sening mushkullaringni oson qilgaylar,
deb maslahat berdi. Shuning uchun men sizga ixlos qilib, yordam so’rab keldim. Uning qiyin ahvolga
tushishining bayoni shunday: shayx Zayniddin Xavofiy darvesh Ahmad Samarqandiyga voizlik qilishga
ruxsat beribdi va odamlarni uning va’zlarini eshitishga da’vat etibdi. Bu holat necha marta
takrorlanibdi. Ammo nima sababdandir darvesh Ahmaddan ranjibdi hamda odamlarni uning va’ziga
bormaslikka tashviq qilibdi, hattoki uni kofirlikda ham ayblabdi. Natijada darvesh Ahmad va’zini
eshituvchilar soni yetti-sakkiz kishi bo’lib qolibdi. Xoja Ubaydulloh u voqeani eshitib, darvesh holiga
achinib, unga rahmi kelibdi va bir kuni falon masjidda, boshqa kuni ikkinchi masjidda, yanagi safar
namoz o’qiydigan boshqa masjidda va’z bo’lajagini xabar qiling, debdi. Shunday qilibdilar va juma
kuni belgilangan masjidda shunday ko’p odam yig’ilibdiki, hech qo’yaVering. Ayrimlar darvesh Ahmad
va’zini buzishga qaratilgan chora-tadbir ko’rgan bo’lsalarda, ammo odamlarning darvesh Ahmadni
eshitishga ishtiyoqi ko’payaveribdi. Shunda Hirotda «bir yosh o’g’lon shayx Zayniddinga qarshi ish
yuritib, darveshga ko’maklashibdi» degan ovoza tarqaldi. Natijada Xoja Ubaydullohning obro’si
Hirotda benihoyat oshibdi hamda uning Hirotdan ketish sabablaridan biri ham shu bo’libdi.
Xoja Ubaydulloh to’rt-Besh yil Hirotda mashhur mashoyixlar suhbatida bo’lsa-da, ammo u hali
asosiy maqsadiga – tariqat yo’lidagi ma’naviy pirni topishga erisha olmagan edi. Ana shu omil ham
uni shayx Bahovuddin Umardan ruxsat so’rab, Chag’oniyon tomon yo’l olishiga sabab bo’lgan edi.
Xoja Ubaydulloh Hirotdan Balxga kelib, mavlono Hisomaddin Balxiy bilan muloqotda bo’lib, uning
qistovi bilan tariqatning juda nozik masalalaridan xabardor bo’ladi, so’ng Chag’oniyonga o’tadi. Bu
haqda Xoja Ubaydulloh shunday hikoya qiladi:
«Chag’oniyonga keldimu kasal bo’lib qolishim sababli Xulg’utavda yashovchi mavlono Ya’qub
Charxiy mulozamatiga darrov bora olmadim. Shu orada turli kishilar bilan muloqotida bo’ldim, so’z
mavlono Ya’qub Charxiydan borganda ayrimlar ul kishi haqida yoqimsiz gaplar aytib, meni ikkilantirib
qo’ydi. O’zimcha o’yladimu shaxsning muloqotida bo’lish niyatida kelib, ko’rmasdan, ketish bo’lmaydi
Dedimda, mavlononing huzuriga bordim. Yaxshi kutib olib, so’radilar: Siz qayerdansiz? Aytdim: Shosh
viloyatidan. Yana so’radilar: shayx Umar Bog’istoniyga biror aloqangiz bormi? mening ul hazrat bilan
munosabatimni birdan aytish noqulay bo’lar degan xayolga borib, shunday javob berdim; bizning
otalarimiz ul shayx xonadonining muxlislaridirlar. Aytdilar: ulug’ Xoja Bahovuddin shayx Umar
Bog’istoniyni nihoyatda maqtar edilar... Ertasi yana borganimda meni jahl bilan kutib oldilar. Men
odamlarning kishi haqidagi so’zlari rost ekan-da degan xayolga bordim. Ammo bir muddat o’tgach,
juda bir xushmuomalalik bilan menga qo’llarini uzatdilar.
Men u kishining manglayida oq dog’ni ko’rib qolib qo’limni uzatmadim, mavlono mening holatimni
Sezib qo’llarini tortib oldilar va qiyofalarini shunday o’zgartirdilarki, men uni ko’rib, mavlononi quchib
olishga shaylandim. Shunda qo’llarini uzotib, aytdilar: mening qo’llarimni ushlagil, chunki Xoja
Bahovuddin deb edilarki, Ya’qub sening qo’ling bu mening qo’limdir, shunday bo’lgach, Xoja
Bahovuddinning qo’llarini olasiz. Men darhol mavlononing qo’llarini ushladim.
Xoja Ubaydullohning mavlono Ya’qub Charxiy suhbatlari haqidagi esdaliklardan shu narsa ham
ma’lum bo’ladiki, Xoja Bahovuddin Naqshbanddan boshlab uning Ya’qub Charxiy kabi shogirdlari ham
naqshbandiya tariqatida erkin fikrlilik o’zgalar fikri va ishlarini e’tirof etish, ularni inkor etmaslik,
ammo imonning Olloh taologa nisbatan e’tiqodning but va shubhasiz bo’lishligi lozimligi masalalariga
katta e’tibor bergan ekanlar. Shu jihatdan Xoja Ubaydullohning quyidagicha hikoya qilishi bejiz
Buyuk ma’naviy murshid
Do'stlaringiz bilan baham: |