Nazorat savollari.
1.Targ`ibot – tashviqot ishida OAVning o`rni nimada?
2.Ommaviy axborot vositalari deganda nimani tushunasiz?
3.Madaniy-marifiy soha targ`ibotchilari qanday faoliyat olib borishadi?
4.Ommaviy auditoriya va u bilan qanday ishlash mumkin?
Mavzu: Targ’ibot-tashviqot ishlarini rivojlanishida fan, ta`lim, ijtimoiy-siyosiy jarayonlar
va axborot texnologiyalarining o`rni
Reja:
1.
Targ’ibot-tashviqot ishlarini rivojlanishida fan, ta`lim, ijtimoiy-siyosiy jarayonlar va
axborot texnologiyalarining o`rni.
2.
Fan va ta`limga oid qaror, farmon, qonunlarning targ`iboti.
3.
Ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga oid targ`ibot-tashviqot ishlari.
83
Tayanch
iboralar.
Targ’ibot-tashviqot ishlarini rivojlanishida fan, ta`lim, ijtimoiy-siyosiy jarayonlar va
axborot texnologiyalarining o`rni, Fan va ta`limga oid qaror, farmon, qonunlarning targ`ibot-
tashviqot ishlari, ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga oid targ`ibot-tashviqot ishlari.
Fan yoki ilm-fan
ilmiy metod
bilan toʻplangan bilimlarning tartibli tizimidir. Fan —
dunyo xaqidagi bilimlar sistemasi, ijtimoiy ong shakllaridan biri. U yangi bilimlarni egallash
bilan bogʻliq faoliyatni ham, bu faoliyatning mahsuli — olamning ilmiy. manzarasi asosini
tashkil etuvchi bilimlarni ham oʻz ichiga oladi; inson bilimlarining ayrim sohalarini ifodalaydi.
Fanning bevosita maqsadi oʻzining urganish predmeti hisoblangan voqelikning qonunlarini kashf
etish asosida shu voqelikning jarayon va hodisalarini taʼriflash, tushuntirish, oldindan aytib
berishdir.
Fanning ilk kurtaklari kishilik jamiyatining paydo boʻlishi bilan boglik holda maydonga
kelgan. Dastlabki bilimlar amaliy xarakterga ega boʻlgan. Tafakkur sistemasining kurtaklari
mifologiya sifatida qad. Sharq va Yunonistonda paydo boʻla boshlagan. Mifologiya fanga oʻtish
boʻsagʻasida maʼlum bosqich vazifasini bajargan. Rivojlanish davom etishi bilan mifologiya
oʻrnini naturfalsafa egalladi. Avestoda mifologiya va fan unsurlari bor edi. Zenon, Demokrit,
Aristotel va boshqa kadimgi zamon mutafakkirlari tabiat, jamiyat va tafakkurni goho birgalikda,
goho ayrimayrim ravishda bayon etishga urina boshladilar. Dunyoni bir butun, deb ifodalovchi
tushunchalar, isbotlash usuli paydo boʻldi. Ellinizm davrida Yevklid, Arximed, Ptolemey
tomonidan geom., mexanika, astronomiya sohasida dastlabki nazariy sistemalar yaratildi. Oʻrta
asrda Sharq olimlari Fanga ulkan hissa qoʻshdilar. Ular qad. fan yutuqlarini, ilmiy asarlarni
saklash, tarjima qilish va ularni tarqatish masalasiga katta eʼtibor berdilar. Ayni vaqtda F.ni
yangi yutuklar bilan boyitdilar, yangi kashfiyotlar qildilar. Oʻrta Osiyoning buyuk olimlari
ilmfanning yangi tarmoqlarini yaratdilar va yangi qonunqoidalarni kashf etdilar. Muhammad
alXorazmiy tenglamalar haqidagi F. sifatida algebra va toʻngʻich algoritmparni yaratdi,
astronomiya sohasidagi bilimlarni algoritmik usulda ifodalab berdi. Axmad al Fargʻoniy
astronomiyaga sistema tarzini berdi, matematik geogr. va geodeziyaga oid stereografik
proyeksiyalar nazariyasini yaratdi. Hamid Xoʻjandiy (10-asr) kub tenglamalar nazariyasini
chuqurlashtirdi. Mahmud Koshgʻariy oʻz davrining qomusi boʻlgan "Devonu lugʻotit turk"ni
yozdi. Abu Rayhon Beruniy geodeziya, mineralogiya, farmakognoziyani yaratdi. Abu Ali Ibn
Sino tabobatning ilmiy zaminini qoʻydi (11-asr) Ulugʻbek, Gʻiyosiddin Koshiy, Ali Kushchi
sonlar nazariyasiga muhim hissa qoʻshdilar va kuzatish astronomiyasini yuqori pogʻonaga
koʻtardilar (15-asr). Yevropada Uygʻonish davri arafasida, 12-asr boshlaridan alXorazmiy, Ibn
Sino, alKindiy, Ibn Rushd va boshqalarning asarlari lotin tiliga tarjima qilina boshladi. Leonardo
da Vinchi, R.Bekon, T.Gobbs, N.Kopernik, J. Bruno, G.Galiley, I.Kepler, R.Dekart kabi olimlar
tabiat haqidagi F.larni rivojlantirdilar. Astrologiya oʻrnini astronomiya, alkimyo oʻrnini kimyo
egalladi.
Yangi davr deb ataluvchi zamonda Fanning ijtimoiy roli yanada oshdi. U madaniyatning
muhim tarmogʻi va texnikaning nazariy asosiga aylana boshladi. 16—17-asrlarda klassik
fizikaning poydevori qurildi. Fanning nazariya darajasiga koʻtarilganligi tafakkurning induktiv
va deduktiv rivojlanishiga yoʻl ochib berdi. Mavjud ilmiy faktlar I.Nyuton tomonidan
dinamikaning asosiy qonuni sifatida taʼriflandi. Bu umumlashtirilgan qonundan 16—19-asrlarda
xususiy qonuniyatlar kashf etildi. Lagranj, Eyler, Gauss va boshqa ijodi mexanikani moddiy
nuqtalar sistemasi tarzida shakllanishiga olib keldi. Mexanika Fanishu darajada mantiqiy
rivojlandiki, har xil soha olimlari unga havas qila boshladilar va uning isbotlangan
qonuniyatlaridan boshqa sohalarda ham foydalanish harakatiga tushdilar.
Sanoatda tub oʻzgarishlar yuz berishi (18-asr oxiri) tufayli Fanning taraqqiyotida yangi
bosqich boshlandi. 19-asrda fizikada yangi F.lar (termodinamika, klassik elektrodinamika) paydo
boʻldi, biol.da evolyutsion taʼlimot va hujayra nazariyasi vujudga keldi, energiyaning saklanish
va oʻzgarish qonuni shakllandi, astronomiya va mat.da yangi konsepsiyalar rivojlandi
(J.Maksvell, M. Faradey, J. Lamark, Ch.Darvin, T.Shvann, M.Shleyden va boshqalar). Geom.
84
sohasida inqilobiy taʼlimot yaratildi: asrlar davomida hukm surib kelgan Yevklid geometriyasi
yagona emasligi, balki noyevklid geom.lar ham borligi N.Lobachevskiy tomonidan bayon etildi
va keyinchalik isbotlandi. DM.Mendeleyevning davriy sistemasi xar xil kimyoviy elementlar
orasidagi ichki boglanishni ifodaladi. Mat. va fizikada 20-asrda ham katta yutuklar qoʻlga
kiritildi, texnika F.larida radiotexnika, elektronika kabi sohalar paydo boʻldi. F. va texnikaning
yanada rivojlanishiga taʼsiri borgan sari ortib borayotgan kibernetika vujudga keldi. Fizika va
kimyo
fanlaridagi
muvaffaqiyatlar
hujayralardagi
biologik
jarayonlarni
yanada
chuqurroqoʻrganishga imkon berdi, bu hol qishloq xoʻjaligi va tibbiyot F.larining rivojlanishiga
olib keldi. Fanning ishlab chiqarish bilan yaqin hamkorligi yuz berib, uning ijtimoiy xayot bilan
aloqalari mustahkamlana boshladi. Hozirgi F.lar fantexnika inkilobinnng muhim tarkibiy qismi
hisoblanadi.
Fan tizimi umuman kuyidagi katta guruhlarga boʻlinadi: tabiiy fanlar, gumanitar fanlar,
texnika fanlari va ijtimoiy fanlar. Bu guruhlarning har qaysisidan juda koʻp mustaqil fan sohalari
ajraladi. Mustaqil fanlar bir-biriga bogʻliq sohalarda ilmiy izlanishning yirik va istiqbolli
muammolarini yechishga toʻgʻri keladi, bu hol hrz. paytda fanlararo va kompleks tadqiqotlarni
keng avj oldirishni taqozo etadi. Tabiatni muhofaza qilish muammosi bunga yaqqol misol boʻla
oladi. Bu muammo texnika fanlari, Yer toʻgrisidagi fanlar, biologiya, matematika, tibbiyot,
iqtisodiyot va boshqalar bilan qoʻshilib ketgan. Bu xildagi ilmiy va ilmiytexnik muammolarni
hal qilish uchun xoz. fanlarda tadqiqotlarni dasturiymaqsadli tashkil etish metodi keng
qoʻllaniladi. Ilmiy tadqiqotlarni 2 ga: fundamental va amaliy tadqiqotlarga ajratish qabul
qilingan. Tabiat, jamiyat, tafakkurga xos qonunlarni bilib olish fundamental tadqiqotlarning , bu
tadqiqotlar natijalarini bilim orttirish va ijtimoiyamaliy muammolarni hal qilish uchun qoʻllash
amaliy tadqiqotlarning vazifasidir. Fundamental tadqiqotlar, odatda, amaliy tadqiqotlardan
oldinda boradi va ular uchun nazariy asos yaratadi. Fundamental va amaliy tadqiqotlar
oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlikni mustahkamlash, ilmiy yutuqlar natijalarini amaliyotga tezroq joriy
etish hozirgi davr fani uchun muhim vazifalardan biridir.
Hozirgi davrda fan jamiyat taraqqiyotini olgʻa siljituvchi kuch va vosita boʻlib
qolayotganligini kuzatish mumkin. Xalq va millat dunyoqarashini shakllantirish, taʼlimtarbiya,
axloq normalarini vujudga keltirish, maʼnaviy barkamol insonni tarbiyalashda fan alohida oʻrin
tutmoqda. Mustaqillik sharoiti O`zbekistonda Fanning rivojiga katta ijobiy taʼsir koʻrsatdi.
Avvalo, fanimiz strukturasi keskin oʻzgardi: maʼnaviy fanlar hisoblanuvchi tasavvuf ilmi
tiklandi, hadis bilimlariga yoʻl ochildi, binobarin, ziyolilarimiz, talabalarning ruhiy dunyosi
ancha boyidi, yangi oliy oʻquv yurtlari, un-tlar tashkil qilindi; ilm ahli chet eldagi olimlar bilan
mustah.kam ijodiy aloqalar oʻrnatdi. Buning natijasida tabiat va texnikatexnologiya haqidagi
F.larimiz xam jahon andozasi darajasiga koʻtarila boshladi. Olimlarimiz ilmfanning dolzarb
sohalarida tadqiqotlar olib borishga kirishdilar. Tabiiy va ijtimoiy jarayonlarni matematik
modellash, informatika va hisoblash texnikasi qamda ehtimollar nazariyasi sohasidagi, geologik
jarayonlarning qonuniyatlarni, molekulyargenetik, genhujayra sohasidagi, tibbiyot, qishloq
xoʻjaligi, paxta seleksiyachiligidagi, moddalarning kompleks fizikaviykimyoviy xossalarini
oʻrganish bilan bogʻliq, energiyaning noanʼanaviy turlarini yaratish — Quyosh energiyasini
kompleks va samarali suratda boshqa turdagi energiyaga aylantirish borasidagi tadqiqotlar ana
shular jumlasidandir.
Taʼlim
—
bilim
berish, malaka va koʻnikmalar hosil qilish jarayoni,
kishini
hayotga va
mehnatga tayyorlashning asosiy vositasi. Taʼlim jarayonida maʼlumot olinadi va tarbiya amalga
oshiriladi. Taʼlim tor maʼnoda oʻqitish tushunchasini anglatadi. Lekin u faqat turli tipdagi oʻquv
yurtlarida oʻqitish jarayonini emas, oila, ishlab chiqarish. va boshqa sohalarda maʼlumot berish
jarayonini ham bildiradi.
Taʼlimning mazmuni va mohiyati jamiyatning moddiy va madaniy taraqqiyoti darajasi
bilan belgilanadi. Ijtimoiy munosabatlar, umumiy maʼlumotga boʻlgan ehtiyoj, kishilarning
kasbiy tayyorgarligiga, taʼlim haqidagi pedagogik gʻoyalarga qarab kishilik jamiyati
taraqqiyotining turli bosqichlarida Taʼlimning mohiyati, metodi, tashkiliy shakllari oʻzgarib
borgan. Taʼlim mohiyat-eʼtibori bilan dars berish jarayonini, yaʼni pedagog (oʻqituvchi)
85
faoliyatini, umuman oʻquvchining bilish, oʻrganish faoliyatiga rahbarlik qilishni hamda uqish
jarayonini, yaʼni oʻquvchi faoliyatini bildiradi. Taʼlim jarayoni taʼlim beruvchi — oʻqituvchi va
taʼlim olayotgan oʻquvchilar faoliyatining yigʻindisidan iborat. Taʼlim va tarbiya jarayonida
shaxsning sifatlari, dunyoqarashi, qobiliyati oʻsadi. Taʼlim avlodlar oʻrtasidagi maʼnaviy
vorislikni taʼminlaydi: kishilarning ijtimoiytarixiy tajribalari yosh avlodga Taʼlim orqali oʻtadi.
Taʼlim haqida turli nazariyalar mavjud. Baʼzi nazariyalar Taʼlimni jamiyatning ijtimoiyiqtisodiy
tuzilishiga bogʻliq boʻlmagan hodisa sifatida baholasalar, baʼzisi Taʼlimning sinfiy xarakterga
ega ekanligini, u jamiyatning har bir aʼzosida muayyan siyosiy, falsafiy, axloqiy, huquqiy
qarashlarni shakllantirish maqsadi sari karatilganligini taʼkidlaydi.
Taʼlimning maqsadi obʼyektiv hayot talablariga muvofiq holda oʻzgarib borgani kabi,
taʼlimning xarakteri, yoʻnalishi ham uning maqsadiga muvofiq oʻzgarib boradi. Taʼlim dialektik
tarzda taraqqiy etib boradigan ichki ziddiyatlar jarayonidir. Taʼlim bilish qobiliyatlari,
qistuygʻular, idrok, shaxsni tarkib toptiruvchi kuchli omildir. Taʼlim jamiyat qurilishining
muhim muammolarini hal qilish — jamiyatning moddiy-texnika bazasini yaratish, ijtimoiy
munosabatlarni tarkib toptirish, yangi kishini tarbiyalashga yordam beradi.
Taʼlim oʻquvchining bilish qobiliyatini oʻstiruvchi asosiy omildir. Oʻquvchilar qobiliyatini
oʻstirishga qaratilgan tizimlar muayyan didaktik qoidalar tarzida namoyon boʻladi. Didaktik
tamoyillarda taʼlimning mazmuni va jarayonlariga qoʻyilgan talablar belgilanadi. Taʼlimning
maqsadi va vazifalari ijtimoiy tuzum, shuningdek muayyan oʻquv yurtlari funksiyasiga muvofiq
tarixan oʻzgarib boradi. OʻzRning 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan „Taʼlim toʻgʻrisida“gi
qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi Taʼlim tizimining barcha yoʻnalishlarini
takomillashtirish va rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar ochib berdi. 1996-yildan boshlab
lotin imlosiga asoslangan yangi oʻzbek alifbosi joriy etildi va shu yildan boshlab yangi yozuv
asosida dasturlar, qoʻllanmalar va darsliklar yaratishga kirishildi, oʻqituvchilar lotin imlosi
asosidagi yangi
oʻzbek alifbosi
boʻyicha qayta tayyorlash kurslaridan oʻtkazildi. Xalq taʼlimi
boʻlimlari qoshida bolalarni maktab taʼlimiga tayyorgarligini belgilaydigan „Tashhis markazlari“
tashkil etildi. Oʻquvchilarning bilim va koʻnikmalarini reyting asosida nazorat qilish, maktab
bitiruvchilarini yakuniy attestatsiyasini kompyuter yordamida test orqali amalga oshirish, Taʼlim
amaliyotini diagnostik taxdil etish, Taʼlim muassasalarida marketing tizimidan foydalanish kabi
qator pedagogik yangiliklar joriy etildi.
Taʼlim mazmuni uning maqsadiga muvofiq, ijtimoiy shartsharoit, fan va texnika, sanʼat
holati va shu kabini hisobga olgan holda belgilanadi. Kasbhunar kollejlari, oʻrta maxsus va oliy
oʻquv yurtlaridagi Taʼlimning mazmuniga umumiy maʼlumotdan tashqari muayyan kasb va
mutaxassislik uchun zarur boʻlgan maxsus bilim, malaka va koʻnikmalar ham kiradi. Taʼlim
mazmuni oʻquv reja va dasturlari, darslik va boshqalarda yoritiladi. Taʼlimda qoʻyilgan
maqsadga erishish uchun turli metod, vosita, tashkiliy tizim va shakllar (maʼruza, suqbat,
tajribalar oʻtkazish, koʻrgazmali qurollarni qoʻllash, kuzatish, mashq va shu kabi)dan
foydalaniladi. Oʻquv jarayonida texnik vositalar (kino, televideniye, radio, kompyuter, EHM va
boshqalar)ni keng qoʻllash taʼlim metodini ishlab chiqishga katta taʼsir koʻrsatadi.
Taʼlimni tashkil etishning umumiy taʼlim, alohida (individual) taʼlim, tashkiliy taʼlim,
sinfdars taʼlimi, kurs tizimi taʼlimi va boshqa turlari mavjud. Hozirgi sharoitda ijtimoiy talablar,
oʻquvchilarning imkoniyati va ehtiyojlariga muvofiq taʼlim tobora takomillashtirilib, yangi
metod va shakllari ishlab chiqilmoqda. Xususan, taʼlimning keng umumiy maʼlumot asosida
kasbiy ixtisoslashishning ahamiyati tobora oshmoqda, ommaviy kommunikatsiya vositalari —
radio
,
televideniye
,
film
,
kompyuter
, vaqtli
matbuotdan
, shuningdek, oʻz ustida ishlashning turli
shakllaridan foydalanilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |