82
xorijdagi diplomatik vakolatxonalarini, shuningdek, xorijiy mamlakatlarning O‘zbekistondagi
diplomatik vakolatxonalarini axborot materiallari (bosma mahsulotlar, foto-, audio-,
videomateriallar va h.k.)bilan ta’minlash; davlat organlari va tashkilotlarining vakolatiga
kiruvchi normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari hamda ularning tasdiqlangan matnlarini
belgilangan tartibda o‘z rasmiy veb-saytlarida joylashtirish;
Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyatiga aloqador matnli, foto-audio- va
videomateriallardan iborat ma’lumotlar bazasini shakllantirish va yangilab borish.
Ana shu xizmatlar tomonidan ijtimoiy jarayonlar haqida ishonchli axborot berish maqsadida
matbuot anjumanlari, brifinglar, mediaturlar tashkil etilmoqda, hayotimizdagi muammo va
hodisalarga tezkor munosabat bildirilmoqda, ularning veb-saytlar, ijtimoiy tarmoqlar, mobil
messenjerlardagi sahifalari yangilab borilmoqda.
Oxirgi yillarda mamlakatimizda katta auditoriyaga ega boʻlgan qariyb 290 ta xususiy va
idoraviy Internet nashrlari tashkil etildi. Ular boshqa materiallar qatorida eng muhim rasmiy
axborotlar, normativ-huquqiy hujjatlarni oʻzbek, rus va ingliz tillarida tarqatmoqda.
Eng asosiysi, ommaviy axborot vositalari mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli
oʻzgarish va yangilanish jarayonlarini har tomonlama tahlil qilib, joylardagi ijtimoiy
muammolar, xato va kamchiliklarga davlat idoralari va jamoatchilik eʼtiborini qaratayotganini
alohida qayd etish lozim.
Albatta, bugun biz hamma sohada, jumladan, ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish
borasida ham izlanishdamiz. Binobarin, bu yoʻlda yutuqlar bilan birga, kamchilik va nuqsonlar
boʻlishi ham tabiiydir.
Bu haqda gapirganda, milliy media maydonimizda zamonning oʻtkir talab va mezonlari, eng
muhim tendensiyalarini ochib berish, tanqidiy tahlil, odamlar kutayotgan mavzu va
muammolarni dadillik bilan oʻrtaga tashlash hali ham yetakchi oʻrin egallamayotganini aytishga
toʻgʻri keladi. Afsuski, aksariyat axborot vositalarida ijtimoiy salmogʻi yengil boʻlgan, hisobot
va balandparvozlik ruhidagi materiallar hanuz ustunlik qilmoqda.
Yana bir muhim masala – ayrim jurnalist va blogerlarimizda bilim va professional malaka, bahs
madaniyati yetishmasligi jamoatchilikni tashvishlantirmoqda.
Bu boradagi eng asosiy vazifa – ana shunday kamchiliklarni chuqur oʻrganib, ularni bartaraf
etish, mavjud miqdor koʻrsatkichlarini sifat koʻrsatkichlariga aylantirish, ommaviy axborot
vositalarining samaradorligini oshirishdan iborat.
Biz bugun huquqiy demokratik davlat qurayotgan ekanmiz, jurnalistikaning butun dunyoda
eʼtirof etilgan, oʻzgarmas talab va mezonlariga amal qilishimiz zarur. Bu mezonlarning eng
asosiysi – xolislik va haqqoniylikdir. Binobarin, matbuot maydoniga kirgan inson – u jurnalist
boʻladimi, bloger boʻladimi, bundan qatʼi nazar – ana shu qoidalarga amal qilishi shart.
Biz boʻlgʻusi jurnalistlarimiz chuqur bilim va kasb mahoratini, ona tilimiz bilan birga chet
tillarni, faol fuqarolik pozitsiyasini, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, notiqlik
malakasini puxta egallashlariga alohida eʼtibor qaratishimiz zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: