Namangan davlat universiteti madaniyatshunoslik



Download 2,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/142
Sana12.07.2022
Hajmi2,08 Mb.
#783891
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   142
Bog'liq
Мажмуа таргибот 3-курс

Savol va topshiriqlar 
1.Targ`ibot – tashviqot ishida psixologiyaning o`rni nimada? 
2.Targ `ibot – tashviqot ishida sotsiologik yondashuv deganda nimani tushunasiz? 
3.Targ`ibot – tashviqot ishida diqqat va uning turlari. 
4.Xotira va uning turlari
5.Targ`ibot – tashviqot ishiga pedagogik yondashuv deganda nimani tushunasiz? 
6.Targ`ibot – tashviqot ishining mantiqiy asoslari nima?
7.Targ`ibot – tashviqot ishida qanday o`rin tutadi? 


65 
10-mavzu:Targ`ibotchi-tashviqotchining kasbiy va tashkilotchilik mahorati. 
Reja: 
1.
Targ`ibot-tashviqot faoliyati. 
2.
Targ`ibotchining kasbiy va tashkilotchilik mahorati. 
3.
Targ`ibotchilik - tashviqotchilik faoliyatining ijtimoiy ahamiyati.
4.
Targ`ibotchining professional mahorati va malakasi.
 
5.
Kasbiy-pedagogik madaniyat turlari.
 
6.
Targ`ibotchi-tashviqotchining
 
pedagogik texnikasi.
 
7.
Jamoatchilik fikri - tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishning eng muhim usuli
 
Targ’ibot-tashviqot faoliyati murakkab va ko`p qirrali ijtimoiy xodisa sifatida jamiyat 
taraqqiyotida muhim o`rin tutadi.
Targ`ibot-tashviqot faoliyati har qanday jamiyatning mafkuraviy quroli sifatida uning 
hayotida muhim rol o`ynaydi. Targ`ibot – tashviqot faoliyatisiz har qanday jamiyat, davlat bir 
kun ham yashay olmaydi. Shunday ekan, ayni paytda “targ`ibot-tashviqot” tushunchalarini 
mazmun va mohiyatini to`la anglab olish muhim ahamiyatga ega.
Targ`ibot-tashviqot bir-biri bilan yaqindan bog`liq bo`lib, muayyan guruxlar manfaatini 
ifodalaydi.
Targ`ibot tarqatiladigan siyosiy, ilmiy, falsafiy, badiiy va boshqa qarashlar hamda 
g`oyalarni ijtimoiy ongda joriy etish, ommaviy faoliyatni faollashtirish maqsadida ularni yoyish, 
tarqatishiga aytiladi. 
Targ`ibot qilish g`oyalar, qarashlar, nazariyalarni og`zaki, yozma, matbuot, radio, 
televideniye yoki boshqa vositalar yordamida yoyish demakdir.
Tashviqot tushunchasi ham keng xalq ommasiga siyosiy ta`sir ko`rsatish, uni biror-bir 
ishga safarbar etish maqsadida aholi o`rtasida og`zaki yoki yozma ravishda olib boriladigan 
ommaviy-siyosiy ish, faoliyatdir.
Tashviqot deganda, biz ommani hayajonga solish, uni o`z orqamizdan ergashtirish uchun 
ularning hissiyotiga ta`sir etish san`atini tushunamiz.
Tag`ibot ijtimoiy faoliyatning alohida turini anglatadiki, ma`lum qarashlar, tasavvurlar va 
emotsional holatlarni vujudga keltirish, ular orqali esa, kishilarning xulq-atvoriga ta`sir etish 
maqsadida bilimlar, g`oyalar, badiiy boyliklar va boshqa omillarni safarbar qiladi. 
Targ`ibotning asosiy vazifasi yangi ma`naviy boyliklarni yaratishdan iborat bo`lmasdan, 
balki ularni yoyish, joriy qilishdan iboratdir.
Targ`ibotchilik garchi u ko`pincha ijtimoiy ahamiyatga ega bo`lsada, lekin baribir u 
kasbdir.
U har qanday boshqa kasblar singari targibotchi professional mahorat va malakaga ega 
bo`lishni taqozo etadi. Har bir kasbda shunday muayyan talablar mavjudki ular targibotchining 
o`sha kasbga yaroqliligi yoki yarorsizligini belgilab beradi. 
Xo`sh, kishining u yoki bu kasbga yaroqliligi nimalarga bog`liq?
Bu yerda uch guruxga bo`lingan omillarni keltirish mumkin.
Birinchi gurux omillar kishini istak-mayllari bilan bog`liqdir: bunda mazkur kasbning 
kishiga yoqishi yoki yoqmasligi hisobga olinadi.
Ikkinchi omil kishining malakasi bilan bog`liqdir.
Uchinchi omil aynan shaxsning idividual hususiyatlariga bog`liq bo`ladi.
Targ`ibotchining tashkilotchilik mahorati bu biror faoliyatni (topshiriq, ish va boshqa) 
tashkil etish xislati va o`z tashkilotchiligini namoyish qilish jarayonidir. 
Tashkilotchilik mahorati jamoani uyushtirishi, tinglovchilarni muhim vazifalarni xal 
etishda ruhlantirishni, o’z ishini to’g’ri tashkil etiganligini nazarda tutadi. O’z ishini to’g’ri 
rejalashtira olish va uni nazorat qila bilish nazarda tutiladi.
Targ`ibotchining tashkilotchilik qobiliyatlari quyidagilarni o’z ichiga oladi:


66 
- Kommunikativ xususiyatlarni, ya'ni kishilar bilan tezda til topishishni ular bilan aloqa 
bog‘lashni, bir-birlarini tezda tushunishni, jamoaning xar bir a'zosining imkoniyatlarini, uning 
ijtimoiy topshiriqni bajarishga layoqatini to’g‘ri aniqlay olishini;
- Vujudga kelgan vaziyatni tez va to’g‘ri baxolashni, muayyan xolatda to’g‘ri yo’l topib, 
uni zudlik bilan ishga sola bilishni;
- Ishga ijodiy yondoshishni, tadbirkorlikni yangi, samaraliroq ish shakllari va usullarini 
tezda topib, ijtimoiy-madaniy ish amaliyotiga joriy qila bilishni;
- Ishni amalda tashkil etishni, maqsadga intilgan xolda tez xarakat qilishni, topshirilgan 
ishning ijrosini nazorat qilish va tekshira olishni.
Tashkilotchilik qobiliyatlarini shakllantirshda o’z-o’zini tarbiyalash usullari orqali 
targ`ibotchi o’zida ishchanlikni, boshlangan ishni oxiriga yetkaza bilishni egallab olishi mumkin. 
O’z-o’zini tarbiyalash boshqa ko’p ijobiy sifatlarni o’stirishga, salbiy sifatlardan qutulishga 
yordam beradi.
Targ`ibotchi doimo kishilar bilan aloqada bo’ladi. Targ`ibotchi tashviqot jarayonida 
tinglovchilarning yoki o’zi bilan birga ishlaydigan hamkasblarining «diqqat markazida» turadi. 
Shuning uchun ham u xar bir ishda ibrat bo’lishga intilishi, odamlarni o’z shaxsiy namunasi, 
yuksak odobi, xulqi bilan ishontirishi va tarbiyalashi kerak.
Ibratli sifatlarga ega bo’lgan targ`ibotchi jamoa orasida obro’ qozonadi.
Obro`ning o’zi nima?
Obro`-kuch, hokimiyat, ta'sir ma'nolarini bildirib, ular majbur etishga emas, balki shaxs 
yoki jamoaning axloqiy qadr-qimmatini jamoatchilik tomonidan ixtiyoriy tan olishga asoslangan 
bo’ladi. Obro’ning darajasi madaniyat xodimi bilimlarining o’tkirligi, vijdonnan ishlashi, 
ijtimoiy-siyosiy faolligi, axloqiy qiyofasi bilan belgilanadi.
Targ`ibotchi faoliyatini ta'sirchinligini oshiradigan omillardan yana biri bu 
targ`ibotchining pedagogik odobidir.
Targ`ibotchi tashviqot jarayonida quyidagi usullardan keng foydalanadi:
Tarbiyaviy usullar quyidagi turlarga bo’linadi:
- Ishontirish usuli,
- Namuna ko’rsatish,
- Taqdirlash,
- Tandiq qilish usulilari.
Ma'rifiy usullar quyidagi turlarga bo’linadi:
- bayon etish,
- o’rganish
- namoyish qilishdir.
Targ`ibotchilik - tashviqotchilik faoliyati davomida «professional» xususiyatlar faqat 
namoyon bo`lib qolmasdan, shu bilan birga ular shakllanib ham boradi.
Xo`sh, targ`ibotchi faoliyatining o`ziga xos xususiyati va u qanaqa asosiy qismlardan 
tashkil topadi?
Targ`ibotchilik va tashviqotchilik faoliyati o`zining gnostik ya`ni ilmiy tarzda o`rganish 
asoslariga egadir.
Bu o`rinda ma`ruza o`qiy olish yoki biron tadbir tashkil etishning o`zi kamlik qiladi. 
Yana ma`ruzaga tayyorgarlik ko`ra bilish yoki agar u tayyor bo`lsa, unga yangi axborotlarni 
ustalik bilan kirita bilish zarur bo`lsa, ma`ruza mazmunini boshqa tegishli yo`nalishga sola bilish 
ham kerak.
Bundan tashqari auditoriyalarda mo`ljani aniq olishi, ya’ni aniq maqsadni ko`zlab 
so`zlash, tashkil etish qobiliyati targ`ibotchining professional mahoratiga bog`liq.
Aslini olganda sotsial kommunikatsiyon yondashuv, ya’ni boshqalardan fikr olishi, o`z 
fikrni o`zgalarga tushuntira olish qobiliyati ham shunga bog`liqdir.
Targ`ibotchi uchun birinchidan, axborotlar bilan tinglovchilarni to`la qamrab olish bilan 
bog`liq bo`lgan malakalar nihoyatda muhim ahamiyatga egadir.


67 
Ikkinchidan, mavjud axborotlarni qandaydir bir butun holga keltira olish mahorati ham, 
boshqacha qilib aytganda "mantiqiy" malakalar mavjud axborotlar bilan boyitib borish ham 
shunga taalluqlidir. Garchi bularning hammasi - mazmunga oid o`zgarishlar deb atash to`g`riroq 
bo`lsada, odatda uni "mantiqiy" malakalar deb yuritadilar.
Har bir targ`ibotchi o`z faoliyatida (axborotni) idrok qilish mahoratini shakillantirgan bo`lish 
kerak.
Bunga birinchidan diqqatga xos bo`lgan: umumiy kuzatuvchanlik o`tkirlik (ko`ruvchanlik), 
barqarorlik, kenglik xususiyatlari to`g`risida alohida to`xtalib o`tish joiz. 
O`tkirlik va diqqatning ko`chuvchanligi - bu diqqatni izchil ravishda turli ob`yektlarga qarata 
bilish qobiliyatidir. Bunda o`tkirlik hamisha bir tinglovchidan ikkinchisiga, auditoriyaning bir 
qismidan ikkinchi qismiga ko`chib turishi mumkin. Bunda ma`ruzachining diqqati mavzuning 
mazmuniga, uning komozittsiyasiga va boshqa shu singarilarga ko`chishi buning aksi bo`lishi 
hammadan ko`ra muhimroq.
Diqqatning barqarorligi deganda targ`ibotchining boshqa ishlariga chalg`imasligi, uning diqqati 
o`zi uchun muhim bo`lgan sohaga hamisha qaratilganligini tushunamiz.
Diqqatning kengligi deganda bir vaqtning o`zida juda ko`p belgilari bo`lgan ko`pincha 
ob`yektlarni bir vaqtning o`zida diqqatdan qochirmay o`tkirlik bilan ko`ra olish qobiliyatini 
tushunamiz.
Tajribali, malakali targ`ibotchi "ko`zi yumuq holda ham" auditoriyani ko`rib turishi, hamisha uni 
kuzatib turishi zarur. Hatto boshqa ob`yektlarga hayol ketganda ham o`zini hushyor tutushi, 
auditoriyani o`z diqqat - e`tiboridan qochirmasligi kerak.
Ko`pincha targ`ibotchining tinglovchi bilan aloqa bog`lashi xaqida gap ketganda kishi qanday 
qilib muloqotga kirishadi va u mana shu aloqalarni qanday qilib mustahkamlaydi, degan fikr 
nazarda tutiladi.
Amalda esa targ`ibotchi tinglovchilar bilan aloqa o`natish mobaynida ular bilan hamjihat, 
bo`lib ketish jarayonlariga oid quyidagi asosiy funktsiyalarni ajratib ko`rsatish mumkin:
- tinglovchilarni suxbatga chorlab ular bilan muloqotga kirishishning ta`minlanishi. 
-kirishimlilik darajasining egallanishi, aloqa xarakterining (rasmiy aloqadan norasmiy aloqaga 
o`tish) o`zgartirilishi,
- aloqada o`z yetakchiligining ta`minlanishi (ya`ni aloqani o`z qo`lida saqlab turish imkoniyati) 
boshqalar.
Targ`ibotchi quyidagi shaxsiy fazilatlarga ega bo'lishi kerak:
- Keng dunyoqarash, bilim uchun tashnalik, yangilik, ijodiy yondashuv.
- Vaziyatni tushunish hissi.
- Qat'iylik, o'ziga ishonch va biznesga sodiqlik.
- Ixtirochilik, tashabbuskorlik va g'oyalarni ishlab chiqarish qobiliyati.
— O'zgarishga tayyorlik, ochiqlik, moslashuvchanlik.
- Hamkorlik, muloqot va muvaffaqiyat tuyg'usi.
- Muvozanat va stressga chidamlilik, ta'sir qilish qobiliyati.
- Natijani oldindan bilish qobiliyati.
- O'z-o'zini rivojlantirish.
- Xavfni bilish sezish qobiliyati.
- Faoliyat va qabul qilingan qarorlar uchun javobgarlik.
- Muhim narsani ko'rish, ta'kidlash qobiliyati.
Targ`ibotchi temperamentning ayrim xususiyatlarini ajratib ko`rsatiladi hamda mazkur 
xususiyatlar qay darajada ifoda etilganligiga qarab baholanadilar.
REAKTIVLIK: turli xil odamlar ta`siri jihatidan bir xil bo`lgan voqealardan turlicha darajada 
tasirlanadilar (xafa qiladigan so`z aytganda bir xil odam parvo qilmaydi, boshqa bir kishi oppoq 
oqarib, janjallashib ketadi, uchunchi bir kishi xuddi o`shanday xafa qiladigan so`z bilan javob 
qaytaradi, to`rtinchi bir kishi undan ham battar so`zlar bilan haqorat qilib, agressivlik ko`rsatadi).
FAOLLIK: odam 
qanchalik 
o`z maqsadi sari intilishi va bu yo`lda qat`iyat ko`rsatishi, 
uni bu yo`ldan "qaytarish" shunchalik qiyin bo`ladi.


68 
REAKTSIYA SUR`ATI: tezlik, topqirlik, darhol eslab qolish va shunga o`xshash.
NAFISLIK YOKI 
MAYINLIK: bunda odam sharoitning o`zgarishiga qarab qanchalik tez 
moslashishi yoki aksincha qanchalik sustligi, faoliyatsizligi, qanchalik moyilligi hisobga olinadi.
DIQQATNING TA`SIRCHANLIGI: uning"sezuvchailigi“ qay darjada ekanligi bilan 
belgilanadi. Mana shu sanab o`tilgan temperament xususiyatlarini juda osonlik bilan targ`ibotchi 
-ma`ruzasida, faoliyatiga ham tatbiq etish mumkin. Bir-biriga qarama-qarshi temperamentda 
bo`lgan ikki notiqning tipik qiyofasini chizib ko`rsatishga xarakat qilamiz.
Mana, ulardan biri: U auditoriyaga qo`rqmasdan kiradi. Har qanday vaqtda va har qanaqa 
auditoriyada bir hilda aniqlik bilan gapiradi.
Ikkinchisi: ma`ruza oldidan hayajonlangan bezovta. Har doim ham vazmin emas, ba`zan gapi 
noaniq bo`ladi.

Targ‘ibot-tashviqot jarayonini o‘z vaqtida va belgilangan mavzuda o‘tkazilishi. 

Uzluksizlik (axborotni sodda shaklda doimiy singdirib borish ). 

Keng qamrovlilik (jamiyat barcha a'zolariga fikrlar xilma-xilligi asosida targ‘ibot qilish) 

Bosqichma-bosqichlilik (oila-bog‘cha-maktab-kollej, litsey, texnikum, oliy o‘quv yurtlari 
asosida). 

Ketma-ketlik (har bir bosqich uchun insonga xizmat qiladigan qadriyatlar asosida)

Faollik (ko‘proq interaktiv usullardan foydalanish). 

Ish bilan so‘z birligi (nazariya va amaliyot birligi). 

Shaxsiy ibrat (targ‘ibot qiluvchining o‘zi shaxsiy hayotda ibrat bo‘lishi). 

Hayotiylik (yutuqlar bilan birga kamchiliklarni ham ko`rsatish). 

Ilg‘or targ‘ibot-tashviqot texnologiyalaridan foydalanish.

Me'yoriylik (balandparvoz, rasmiyatchilik, takrorlanishlarga yo`l qo`ymaslik)ka e'tibor 
berish.

Download 2,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish