K. Z. Homitov iqtisod fanlar doktori, dotsent


 Lizingning iqtisodiy mazmuni



Download 2,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/127
Sana12.07.2022
Hajmi2,14 Mb.
#783761
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   127
8.2. Lizingning iqtisodiy mazmuni 
Ma’lumki hozirgi iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida lizing 
munosabatlari O‘zbekiston moliya bozorining tez rivojlanib borayotgan 
sohalaridan biri hisoblanadi. Investitsiya faoliyatni moliyalashtirishda lizingning 
alohida o‘rni bo‘lib, lizingga bo‘lgan talabning ortib borishi mamlakat 
iqtisodiyotining o‘sishiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri va ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu 
maqsadda lizingning iqtisodiy mazmunini o‘rganish lizingni iqtisodiyotga ta’sir 
nechog‘lik muhim ekanligini ko‘rsatib beradi. 


160
“Lizing”
so‘zi inglizcha bo‘lib, “
Lease
” fe’lidan kelib chiqqan va, 
taxminan, “
mulkni ijaraga berish
” yoki “
mulkni ijaraga olish
” ma’nolari 
ifodasini bildiradi.
Bir qator maxsus adabiyotlarda ham shunga yaqin ta’rif beriladi, ularning 
mualliflari, lizing biznesiga xos ijara munosabatlarining uzoq muddatliligini 
ta’kidlaydilar. Biroq o‘z mohiyatiga ko‘ra, bu munosabatlarning kredit 
xususiyatiga ega bo‘lgan tabiatini ko‘pincha inkor etadilar. Ko‘pchilik mualliflar 
lizingning mohiyatini ochib beruvchi o‘ziga xos xususiyatlarni nazardan chetda 
qoldiradilar. Ma’lumki, lizing oddiy ijara emas, balki bu uning o‘ziga xos
kreditga yaqinlashtiruvchi xossasi mavjud. Ijaradan farqli o‘laroq unda, qoidaga 
ko‘ra, uchta va undan ortiq subyekt qatnashadi: 
uskunalarni yetkazib beruvchi, 
lizing (moliya) kompaniyalari va foydalanuvchilar.
Iqtisodchilar orasida, “lizing — ijara haqidagi oddiy kengaytirilgan bitim” 
yoki “ijara butun muddati mobaynida ijaraga oluvchining mulkka egalik huquqi 
saqlangan ijara shartnomasi” yoki “lizing ijara munosabatlarining alohida turi”
31
deb hisoblovchilar ham mavjud. 
Ba’zi mualliflar lizingni tadbirkorlik faoliyatini kreditlashning alohida va 
o‘ziga xos usuli deb hisoblaydilar, ikkinchilari, uni uzoq muddatli ijara yoki 
uning bir shakli deb biladilar, uchinchilari, lizingni ishlab chiqarish vositalarini 
yoki o‘zgalar mol-mulkidan foydalanish huquqini sotib olish va sotishning 
pardali usuli deb hisoblaydilar, to‘rtinchilari esa lizingni o‘zgalar hisobidan 
faoliyat yuritish deb, ya’ni ishongan kishining topshiruviga binoan o‘zgalar 
mulkidan foydalanish va uni boshqarish deb talqin qiladilar. Ayrim 
mutaxassislarning ta’kidlashicha, lizing – muayyan tovarga bo‘lgan mulkchilik 
huquqini uchinchi shaxs uchun sotib olib, uni qisqa, o‘rta yoki uzoq muddatli 
davrga ijaraga beradigan, ixtisoslashgan lizing kompaniyasi vositachiligida 
asosiy fondlarga kapital qo‘yilishini moliyalashtirishning o‘ziga xos shaklidir. 
Lizingning bu ta’rifida, birinchidan, lizing moliyalashtirishning o‘ziga xos 
shakli deb ta’kidlanadi. Ikkinchidan, vositachi uchinchi shaxs uchun mulkchilik 
huquqini qo‘lga kiritadi deb va uchinchidan, ijara munosabatlari mavjud, deb 
da’vo qilinadi. Bu ta’riflarda lizing qatnashchilarining funksiyalarini 
ko‘rsatishga harakat qilingan, ya’ni mulkni qo‘lga kiritishni moliyalashtirish
mulkchilik huquqiga ega bo‘lish, ijaraga topshirish ekanligi sodir etilishi 
urinishlari ko‘rsatiladi. Huquq nuqtayi nazaridan olganda, bu ta’riflar birmuncha 
darajada mantiqiy bo‘lsa ham, ammo uchinchi shaxs uchun ijaraga topshirish 
bilan birga mulkchilik huquqi hamisha ham qo‘lga kiritilavermaydi. Ijara 
munosabatlari vujudga kelishi va ijarachining mulkchilik huquqini qo‘lga 
31
Ричард Брейли, Стюарт Майерс. Принципы корпоративных финансов / Пер с англ. М.: Олимп — 
Бизнес, 1997.


161
kiritish vaqti har doim ham mos kelmaydi, faqat ijara munosabatlari, egalik 
qilish munosabatlari va lizing mol-mulkidan foydalanish munosabatlarigina vaqt 
jihatidan bir-biriga muvofiq kelishi mumkin. Mohiyati jihatidan qarz olish 
(kredit) munosabatlari ijara munosabatlaridan oldin sodir bo‘ladi. 
Boshqa manbalarda qayd etilishicha lizing – vaqtincha bo‘sh turgan yoki 
jalb etilgan mablag‘larni investitsiyaga yo‘naltirishga qaratilgan alohida turdagi 
tadbirkorlik faoliyatidan iborat bo‘lib, bunda moliyaviy ijara (lizing) 
shartnomasiga binoan bir shaxs shartnomada belgilangan mulkni muayyan 
sotuvchidan sotib olib, uni haq evaziga boshqa shaxsga tadbirkorlik 
maqsadlarida vaqtincha foydalanish uchun berib qo‘yish majburiyatini oladi.
32
Lizing mohiyati korxona yoki tadbirkorga ishlash va daromad topish uchun 
mol-mulkka egalik qilish shart emas, balki muayyan muddat davomida undan 
foydalanishning o‘zi kifoyadir. Bu, ayniqsa, asbob-uskunani mulk qilib sotib 
olish moliyaviy imkoniyatlar cheklangan korxonalar uchun muhimdir. Lizing 
mexanizmi bunday korxonalarga asbob-uskunadan muayyan muddat davomida 
maqbul miqdordagi lizing to‘lovlari evaziga foydalanish huquqini qo‘lga kiritish 
imkoniyatini beradi. Shuningdek, ushbu asbob-uskunadan foydalanish muddati 
tugagandan so‘ng uni korxonananing mulkiga o‘tkazish imkoniyati ham 
mavjud.
Afsuski, yuqorida keltirilgan barcha ta’riflarda lizing munosabatlarining u 
yoki bu jihatigina ta’kidlanadi, ammo ularning birontasida lizingning iqtisodiy 
mohiyatini asl ma’noda ifodalaydigan belgilar va funksiyalar ifodalab 
berilmaydi. Bizningcha, lizingning mohiyatiga chuqur kirib borib, uning to‘g‘ri 
ta’rifini berish uchun lizingning kelib chiqish tarixiga murojaat qilish, lizing 
munosabatlari kelib chiqishidagi moliyaviy-iqtisodiy muhitni hisobga olish, 
shuningdek, 
lizing 
paydo 
bo‘lgan 
va 
rivojlangan 
mamlakatlardagi 
makroiqtisodiy vaziyatni e’tiborga olish lozim. Bizningcha, lizingni ta’riflovchi 
mualliflarning bilim doirasi va professional maqomini ham e’tiborga olish zarur. 
Jumladan, huquqshunoslarning o‘z yondoshuvi bor, iqtisodchilar boshqacha 
yondoshishlari mumkin. Moliyachilar esa lizingni butunlay boshqacha 
ta’riflashlari mumkin. Bundan tashqari, lizingga lizing munosabatlarining turli 
qatnashchilari (lizing beruvchilar, lizing oluvchilar yoki moliyaviy vositachilar) 
tomonidan bo‘ladigan qarashlarni hisobga olish kerak. 
Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish vositasi bo‘lmish lizing raqobat 
natijasida paydo bo‘lgan va uning muayyan afzalliklari bo‘lgan. Tadbirkorlik 
faoliyati uchun investitsiya resurslarini qidirib topish yoki mulkni qo‘lga 
kiritish, unga egalik qilish va undan foydalanish huquqini olishning boshqa 
32
“Временное положение о лизинге”. Утверждено Постановлением Правительства РФ от 29 июня 1995 
года. № 633.


162
usullariga nisbatan lizingning u yoki bu afzalliklari turli huquqiy va iqtisodiy 
makonlarda turlicha namoyon bo‘ladi. Ya’ni lizing mol-mulkidan tadbirkorlik 
maqsadlarida foydalanish imkoniyatini olish vositasi sifatida lizingdan 
ko‘riladigan manfaatlar yoki zararlar, uning afzalliklari yoki kamchiliklari 
iqtisodiy, shu jumladan, huquqiy, moliya-kredit munosabatlarining darajasi bilan 
belgilanadi.
33
Xalqaro lizing bitimlari tuzilganida, bu bitimlarning kuch-quvvati 
xalqaro iqtisodiy va huquqiy munosabatlarning rivojlanish darajasi bilan, lizing 
munosabatlarida qatnashuvchi tegishli mamlakatlarning qonunchiligi bilan 
belgilanadi. Bizning nazarimizda, lizing bitimlari tuzilmog‘i uchun tadbirkor 
tomonidan mol-mulkni qo‘lga kiritish yoki unga egalik qilish va undan 
foydalanish huquqini olish variantlarini taqqoslash yo‘li bilan, investitsiyalashga 
oid tegishli qarorlar qabul qilinadi, ko‘char yoki ko‘chmas mulkni sotishga oid 
mustaqil qarorlar ham uning mulkdori (ishlab chiqaruvchisi, sotuvchisi, ijaraga 
beruvchisi) tomonidan qabul qilinadi. Moliyaviy kapital egasi ham, o‘z 
navbatida, resurslarni qo‘yish va diversifikatsiya qilish xususida o‘z qarorlarini 
qabul qiladi. Ayni vaqtda, har bir tomon o‘z qarorlarini chamalab ko‘radi, o‘zaro 
manfaatlar mos kelgan taqdirdagina va kelgusida manfaat ko‘rishiga ko‘zi 
yetgan holatda lizing bitimini tuzishga qaror qiladi. Xullas, lizing ko‘char va 
ko‘chmas mulkni qo‘lga kiritish, unga egalik qilish va undan foydalanish 
huquqini olishdagi an’anaviy usullarga nisbatan muqobil yoki asosiy kapitalga 
resurslarni moliyalashning muqobili ekanligi ravshan bo‘ladi.

Keyingi vaqtlarda xorijiy iqtisodiy adabiyotlarda lizing biznesning alohida 
turi deb talqin qilinmoqda. Ba’zi mualliflar lizing biznesi to‘g‘risida mulohaza 
yuritib, lizing munosabatlarining huquqiy mulkning mulkdori va foydala-
nuvchisi tushunchalarini bir-biridan farqlash to‘g‘risidagi klassik prinsiplarga 
ishora qiladilar. Ha, darhaqiqat, lizing munosabatlari mol-mulkning qismlarini 
ikki eng muhim vakolatga bo‘lish imkoniyatiga asoslanadi. Ularning birinchisi 
mol-mulkdan foydalanish, ya’ni undan daromad yoki boshqa manfaat olish 
maqsadida foydalanish bo‘lsa, ikkinchisi, shaxsning mulkchilik obyekti ustidan 
huquqiy hukmronligi tarzidagi mulkchilik huquqinining o‘zidir. Lizingni 
rivojlantirish va undan foydalanishning ko‘p asrlik tajribasiga ko‘ra, boylik 
pirovard natijada bevosita mulkka egalik qilishdan iborat emas, balki shu mol-
mulkdan samarali foydalanishdan iboratdir.
Ba’zi tarjima nashrlarida lizing ijarani moliyalashtirish deb hisoblanadi va 
lizing usulida moliyalashtirish bankning uskuna yoki mashinalarni sotib olib, 
ularni o‘z mijozlariga ijaraga berishini nazarda tutadi deb, ta’kidlanadi.
25
Haqiqatda esa bank mulkchilik huquqini sotib olmaydi, balki moliyalashtiradi, 
33
Газибеков Д.Г., Собиров О.Ш. Лизинг и его развитие в Узбекистане. Т.: Молия, 2001. 
25
Руиз Питер С. Банковский менеджмент / Пер. с анг. 2-е изд. М.: Дело Лтд, 1995.


163
to‘g‘rirog‘i ijarachining ijara munosabatlari vositasida va lizing shartnomalarida 
ko‘rsatilgan muddatlarda mol-mulkni qo‘lga kiritish niyatida bo‘lg‘usi huquqini 
moliyalashtiradi. Bunga qo‘shimcha ravishda shuni ham ta’kidlash kerakki, 
lizing texnologiyalar va uskunalar sotib olish uchun kredit berishning bir 
shaklidir. 

Download 2,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish