K. Z. Homitov iqtisod fanlar doktori, dotsent


Yechish: Aylanma mablag‘lar aylanuvchanlik koeffitsiyenti quyidagicha hisoblanadi:  Javob: 0,85



Download 2,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/127
Sana12.07.2022
Hajmi2,14 Mb.
#783761
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   127
Yechish:
Aylanma mablag‘lar aylanuvchanlik koeffitsiyenti quyidagicha
hisoblanadi: 
Javob: 0,85. 
Tijorat banklari xo‘jalik yurituvchi subyektlar bilan kredit munosabatlarini 
mustaqil ravishda o‘rnatadilar. Xo‘jalik yurutuvchi subyektlar tijorat 
banklaridan kredit olish uchun kredit buyurtmasini beradilar. Shu kredit 
buyurtmasiga asosan tijorat banklari qarz oluvchining moliyaviy ahvolini tahlil 
qiladilar. Bu jarayon quyidagi bosqichlardan iborat: 

kredit olish uchun berilgan kredit buyurtmasini ko‘rib chiqish va 
bo‘lajak qarz oluvchi bilan suhbatlashish; 

qarz oluvchining kredit qobiliyatini va qarz berish bilan bog‘liq 
xatarlarni baholash; 

kredit narxini belgilash; 

kredit shartnomasini tayyorlash va uni tuzish. 
Mijozlarning kreditga layoqatliligi bo‘yicha sinflarga bo‘lish va 
korxonalar reytingini aniqlash. 
Tijorat banklari ichki kredit siyosati asosida chiqarilgan yo‘riqnoma 
bo‘yicha korxonalarni kreditga layoqatliligi asosiy ko‘rsatkichi bo‘lib: qoplash 
koeffitsiyenti, likvidlik koeffitsiyenti va o‘z aylanma mablag‘lari bilan 
ta’minlanish koeffitsiyentlari hisoblanadi (5.5.1- jadval). 
5.5.1-jadval 
Korxonalarning kreditga layoqatlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha sinflarga 
bo‘linishi
T/r 
Nomi 
1-sinf 
2-sinf 
3-sinf 

Qoplash koef. (Q.k) 
Q.k


10,5
Likvidlik koef.(L.k) 
L.k

1,5 
1< L.k <1,5 
0.5
Muxtoriylik koef.(M.k) M.k

60% 
30%< M.k<60% 15%>M.k<30% 
Agar korxona 1-sinfga kiritilsa, unda umumiy asoslarda kreditlanadi. 
Ularga nisbatan kredit berishning imtiyozli tartibi ham nazarda tutilishi mumkin, 


98
ya’ni ishonchli krediti berilishi, qo‘shimcha ma’lumotlar va hisob-kitoblarsiz 
kredit berilishi hamda boshqa imtiyozlar taqdim etilishi mumkin. 
Agar korxona 2-sinfga kiritilsa, xo‘jalik yurituvchi subyekt manfiy 
qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ega bo‘lsa, beqaror (barqaror emas) deb hisoblash 
lozim, bunday korxonalar bilan kredit shartnomalari tuzilganida uning faoliyati 
va kreditning qaytarilishi ustidan nazoratning qo‘shimcha choralari ko‘zda 
tutilishi kerak. Xususan, garov huquqi qattiqlashtirilishi, foiz stavkalari 
oshirilishi, kafolatlar berilishi hamda kreditdan foydalanish miqdorlari va 
muddatlari cheklanishi kerak. 
Agar korxona 3-sinfga kiritilsa, bu korxonalarga faqat favqulodda hollarda 
yuqori tashkilot kafolatlari yoki oshirilgan foiz stavkasini undirish bilan mol-
mulk garovga qo‘yilgandagina kreditlanadi. 
Kreditga layoqatlilikni mustahkamlash yo‘llari deganda, bu iloji boricha 
asosiy va qo‘shimcha ko‘rsatkichlarning yuqori bo‘lishini ta’minlash. Demakki, 
har bir ko‘rsatkich bo‘yicha yuqorilikka erishishdir. Buning uchun korxona 
barqaror ishlab chiqarish jarayonini birinchi galda tashkil etishi lozim. Pul 
mablag‘larining ortishi korxonaning birlamchi to‘lovlarni oshirish uchun kerak.
O‘z aylanma mablag‘lari bilan ta’minlanish koeffitsiyenti bo‘yicha esa 
yuqori natijalarga erishish uchun o‘z mablag‘lari manbayining ortishini 
ta’minlash kerak. Chunki aylanmada ishlatiladigan mablag‘larda o‘z aylanma 
mablag‘lari ulushi qancha ko‘p bo‘lsa, uning kreditga layoqatliligi ortadi. Uzoq 
muddatli aktivlar ortishi salbiy ta’sir etsada, ularning ortish sur’atini o‘z 
aylanma mablag‘lari mavjud summasining ortish sur’atidan pastroq bo‘lishini 
ta’minlash 
zarur. 
Yana 
korxonada 
o‘z 
aylanma 
mablag‘larining 
immobilizatsiyasiga yo‘l qo‘ymaslik zarur. Chunki ular immobilizatsiyasiga yo‘l 
qo‘yilsa, ularning balans bo‘yicha hisoblangan qiymatidan haqiqatda aylanmada 
qatnashayotgan aylanma mablag‘lari kam chiqadi. Buning natijasida esa 
aylanma mablag‘lari aylanish koeffitsiyenti pasayadi, oqibatda o‘z aylanma 
mablag‘lari yetishmovchiligi yuzaga keladi. Kreditga layoqatlilik tahlilida 
aylanma mablag‘lari immobilizatsiyasini ham hisobga olish kerak. Kreditga 
layoqatlilikni mustahkamlash yo‘llaridan yana foyda va rentabellik ko‘rsat-
kichlarini oshirish hisoblanadi. Korxona sof foydasi o‘tgan yilga nisbatan 
hisobot yilida ortishini ta’minlash lozim, buning uchun esa unga salbiy ta’sir 
etuvchi omillar kamayishi va ijobiy ta’sir etuvchi omillar ko‘payishini 
ta’minlash kerak. 
Mijozlarning kreditga layoqatligini baholash tizimini takomillashtirish 
lozim. Hozirgi vaqtda amaliyotda qo‘llanilayotgan korxonalarning kreditga 
layoqatliligi asosiy ko‘rsatkichlari davr talabiga javob bermay qolmoqda. 


99
Har 
bir 
bankda 
mijozning 
kreditga 
layoqatliligini 
baholashda 
qo‘llaniladigan yagona ko‘rsatkichlar tizimi ishlab chiqarilishi lozim. 
Hozirgi kunda mijozning moliyaviy ahvolini tahlil qilish uchun 
qo‘llaniladigan ko‘rsatkichlar ko‘p sonli va xilma-xil bo‘lib, ularning juda ko‘pi 
bir-birini takrorlash xarakteriga ega. Ayrim kompyuter dasturlari o‘n va undan 
ortiq ko‘rsatkichlarni hisoblaydi. Ko‘rsatkichlarni bu qadar ko‘pligi tahlilni 
qiyinlashtiradi. 
Bank amaliyoti shuni ko‘rsatadiki, tarmoqlar o‘rtasidagi jiddiy farqlar 
koeffitsyentlarining barcha tarmoq korxonalari uchun yagona ahamiyati 
xususida gapirish imkonini bermaydi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, ayrim xorijiy 
davlatlarda kreditning sifatini tasniflashda tarmoq ma’lumotlariga asoslaniladi. 
Korxonaning moliyaviy ahvoli, ko‘p jihatdan, tarmoqdagi ahvol bilan 
belgilanadi. Va bunda, tarmoq riski degan tushuncha kiritiladi. Bu tushunchaga 
muvofiq, moliyaviy holat faoliyatdagi o‘zgarishlarning darajasiga bevosita 
bog‘liqdir. 
Shuning uchun ham korxonaning moliyaviy ahvoli, baholanayotganda, 
avvalo, korxona faoliyati bo‘yicha hisoblangan koeffitsentlarni o‘rtacha tarmoq 
koeffitsentlari bilan taqqoslash zarur. 
Xulosa 
1.
Korxonalarning ishlab chiqarish jarayonida asosiy kapitalning shakli 
sifatida asosiy fondlar – uzoq vaqt davomida natural - iste’molli shaklda ishlab 
chiqarish jarayonida foydalanilayotgan moddiy boyliklar yig‘indisi hisoblanadi.
Iqtisodiy mo‘ljallanganligiga ko‘ra asosiy fondlar quyidagilarga bo‘linadi: 

asosiy ishlab chiqarish fondlari; 

noishlab chiqarish asosiy fondlari. 
Asosiy fondlarning tarkibiy tuzilmasi tarmoq, texnologik, ishlab chiqarish 
va xizmat qilish muddati jihatidan bo‘lishi mumkin. Tarmoq tuzilmasi alohida 
olingan tarmoqdagi asosiy ishlab chiqarish fondlari qiymatining butun 
iqtisodiyot bo‘yicha shu fondlar qiymatidagi salmog‘ini xarakterlaydi. 
2.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida korxonalarning investitsion 
faoliyatini moliyalashtirish manbalarini qidirib topish muhim ahamiyat kasb 
etadi. Korxonalarning investitsion faoliyatini moliyalashtirish manbalarini ikki 
guruhga ajratamiz: 

markazlashtirilgan manbalar; 

markazlashtirilmagan manbalar. 
3.
Kapital qurilish
-
xalq xo‘jaligining alohida bir tarmog‘i bo‘lib, uning 
tayyor mahsuloti asosiy fondlar hisoblanadi. Jamiyatning moddiy-texnik 
bazasini yaratishing asosiy yo‘nalishlari - yangi korxonalarni qurish, yaratish 


100
bilan birgalikda ishlab turgan korxonalarni rekonstruktsiya qilish va texnik 
jihatdan qayta qurollantirish chora-tadbirlariga bevosita bog‘liq. 
Kapital qo‘yilma – 
yangi korxonalarni barpo etish, mavjud ishlab chiqarish va 
noishlab chiqarish obyektlarini texnik jihatdan qayta qurollantirish bilan bog‘liq 
bo‘lgan moliyaviy, iqtisodiy, moddiy va mehnat xarajatlari yig‘indisiga aytiladi.
4.
Korxonaning kreditga layoqatliligi – korxonaning o‘z qarzlarini to‘la va 
vaqtida to‘lay olish qobilyatidir. Korxonaning kreditga layoqatliligi qoplash, 
likvidlilik, muxtoriylik koeffitsiyentlar kabi ko‘rsatkichlarni aniqlash orqali 
baholanadi. 

Download 2,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish