98
ya’ni ishonchli krediti berilishi, qo‘shimcha ma’lumotlar va hisob-kitoblarsiz
kredit berilishi hamda boshqa imtiyozlar taqdim etilishi mumkin.
Agar korxona 2-sinfga kiritilsa, xo‘jalik
yurituvchi subyekt manfiy
qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ega bo‘lsa, beqaror (barqaror emas) deb hisoblash
lozim, bunday korxonalar bilan kredit shartnomalari tuzilganida uning faoliyati
va kreditning qaytarilishi ustidan nazoratning qo‘shimcha choralari ko‘zda
tutilishi kerak. Xususan, garov huquqi qattiqlashtirilishi, foiz stavkalari
oshirilishi, kafolatlar berilishi hamda kreditdan foydalanish miqdorlari va
muddatlari cheklanishi kerak.
Agar korxona 3-sinfga kiritilsa, bu korxonalarga faqat favqulodda hollarda
yuqori tashkilot kafolatlari yoki oshirilgan foiz stavkasini undirish bilan mol-
mulk garovga qo‘yilgandagina kreditlanadi.
Kreditga layoqatlilikni mustahkamlash yo‘llari deganda,
bu iloji boricha
asosiy va qo‘shimcha ko‘rsatkichlarning yuqori bo‘lishini ta’minlash. Demakki,
har bir ko‘rsatkich bo‘yicha yuqorilikka erishishdir. Buning uchun korxona
barqaror ishlab chiqarish jarayonini birinchi galda tashkil etishi lozim. Pul
mablag‘larining ortishi korxonaning birlamchi to‘lovlarni oshirish uchun kerak.
O‘z aylanma mablag‘lari bilan ta’minlanish koeffitsiyenti bo‘yicha esa
yuqori natijalarga erishish uchun o‘z mablag‘lari manbayining ortishini
ta’minlash kerak. Chunki aylanmada ishlatiladigan mablag‘larda o‘z
aylanma
mablag‘lari ulushi qancha ko‘p bo‘lsa, uning kreditga layoqatliligi ortadi. Uzoq
muddatli aktivlar ortishi salbiy ta’sir etsada, ularning ortish sur’atini o‘z
aylanma mablag‘lari mavjud summasining ortish sur’atidan pastroq bo‘lishini
ta’minlash
zarur.
Yana
korxonada
o‘z
aylanma
mablag‘larining
immobilizatsiyasiga yo‘l qo‘ymaslik zarur. Chunki ular immobilizatsiyasiga yo‘l
qo‘yilsa, ularning balans bo‘yicha hisoblangan qiymatidan haqiqatda aylanmada
qatnashayotgan aylanma mablag‘lari kam chiqadi. Buning natijasida esa
aylanma mablag‘lari aylanish koeffitsiyenti pasayadi, oqibatda o‘z aylanma
mablag‘lari yetishmovchiligi yuzaga keladi. Kreditga layoqatlilik tahlilida
aylanma mablag‘lari immobilizatsiyasini ham hisobga olish kerak. Kreditga
layoqatlilikni mustahkamlash yo‘llaridan yana foyda va rentabellik ko‘rsat-
kichlarini oshirish hisoblanadi. Korxona sof foydasi o‘tgan yilga nisbatan
hisobot yilida ortishini ta’minlash lozim, buning uchun esa unga salbiy ta’sir
etuvchi omillar kamayishi va ijobiy ta’sir etuvchi omillar ko‘payishini
ta’minlash kerak.
Mijozlarning kreditga layoqatligini baholash tizimini takomillashtirish
lozim. Hozirgi vaqtda amaliyotda qo‘llanilayotgan korxonalarning kreditga
layoqatliligi asosiy ko‘rsatkichlari davr talabiga javob bermay qolmoqda.
99
Har
bir
bankda
mijozning
kreditga
layoqatliligini
baholashda
qo‘llaniladigan yagona ko‘rsatkichlar tizimi ishlab chiqarilishi lozim.
Hozirgi kunda mijozning moliyaviy ahvolini
tahlil qilish uchun
qo‘llaniladigan ko‘rsatkichlar ko‘p sonli va xilma-xil bo‘lib, ularning juda ko‘pi
bir-birini takrorlash xarakteriga ega. Ayrim kompyuter dasturlari o‘n va undan
ortiq ko‘rsatkichlarni hisoblaydi. Ko‘rsatkichlarni bu qadar ko‘pligi tahlilni
qiyinlashtiradi.
Bank amaliyoti shuni ko‘rsatadiki, tarmoqlar o‘rtasidagi jiddiy farqlar
koeffitsyentlarining barcha tarmoq korxonalari uchun yagona ahamiyati
xususida gapirish imkonini bermaydi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, ayrim xorijiy
davlatlarda kreditning sifatini tasniflashda tarmoq ma’lumotlariga asoslaniladi.
Korxonaning moliyaviy ahvoli, ko‘p
jihatdan, tarmoqdagi ahvol bilan
belgilanadi. Va bunda, tarmoq riski degan tushuncha kiritiladi. Bu tushunchaga
muvofiq, moliyaviy holat faoliyatdagi o‘zgarishlarning darajasiga bevosita
bog‘liqdir.
Shuning uchun ham korxonaning moliyaviy ahvoli, baholanayotganda,
avvalo, korxona faoliyati bo‘yicha hisoblangan koeffitsentlarni o‘rtacha tarmoq
koeffitsentlari bilan taqqoslash zarur.
Xulosa
1.
Korxonalarning ishlab chiqarish jarayonida asosiy kapitalning shakli
sifatida asosiy fondlar – uzoq vaqt davomida natural - iste’molli shaklda ishlab
chiqarish jarayonida foydalanilayotgan moddiy boyliklar yig‘indisi hisoblanadi.
Iqtisodiy mo‘ljallanganligiga ko‘ra asosiy fondlar quyidagilarga bo‘linadi:
asosiy ishlab chiqarish fondlari;
noishlab chiqarish asosiy fondlari.
Asosiy fondlarning
tarkibiy tuzilmasi tarmoq, texnologik, ishlab chiqarish
va xizmat qilish muddati jihatidan bo‘lishi mumkin. Tarmoq tuzilmasi alohida
olingan tarmoqdagi asosiy ishlab chiqarish fondlari qiymatining butun
iqtisodiyot bo‘yicha shu fondlar qiymatidagi salmog‘ini xarakterlaydi.
2.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida korxonalarning investitsion
faoliyatini moliyalashtirish manbalarini qidirib
topish muhim ahamiyat kasb
etadi. Korxonalarning investitsion faoliyatini moliyalashtirish manbalarini ikki
guruhga ajratamiz:
markazlashtirilgan manbalar;
markazlashtirilmagan manbalar.
3.
Kapital qurilish
-
xalq xo‘jaligining alohida bir tarmog‘i bo‘lib, uning
tayyor mahsuloti asosiy fondlar hisoblanadi. Jamiyatning moddiy-texnik
bazasini yaratishing asosiy yo‘nalishlari - yangi korxonalarni qurish,
yaratish
100
bilan birgalikda ishlab turgan korxonalarni rekonstruktsiya qilish va texnik
jihatdan qayta qurollantirish chora-tadbirlariga bevosita bog‘liq.
Kapital qo‘yilma –
yangi korxonalarni barpo etish, mavjud ishlab chiqarish va
noishlab chiqarish obyektlarini texnik jihatdan qayta qurollantirish bilan bog‘liq
bo‘lgan moliyaviy, iqtisodiy, moddiy va mehnat xarajatlari yig‘indisiga aytiladi.
4.
Korxonaning kreditga layoqatliligi – korxonaning o‘z qarzlarini to‘la va
vaqtida to‘lay olish qobilyatidir. Korxonaning kreditga layoqatliligi qoplash,
likvidlilik, muxtoriylik koeffitsiyentlar kabi ko‘rsatkichlarni aniqlash orqali
baholanadi.
1>1>2>
Do'stlaringiz bilan baham: