K. Z. Homitov iqtisod fanlar doktori, dotsent



Download 2,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/127
Sana12.07.2022
Hajmi2,14 Mb.
#783761
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   127
Masalalar 
1.
Investitsiya loyihasi uchun 180,0 mln so‘m miqdorida investitsiyalash 
ko‘zda tutilmoqda va loyihani amalga oshirish jarayonida olinadigan pul 
tushumlari miqdori yillar bo‘yicha quyidagicha: birinchi yilda – 40,0 mln so‘m, 
ikkinchi yilda – 42,5 mln so‘m, uchinchi yilda – 47,5 mln so‘m, to‘rtinchi yilda 
– 55,0 mln so‘m va beshinchi yilda 65,0 mln so‘mni tashkil etadi. Bunda 
qoplanish muddati necha yilga teng ekanligini aniqlang? 
Yechish: 
Bunda uch yillik pul tushumlari yig‘indisi boshlang‘ich 
investitsiyalar miqdoridan kichik, ya’ni 130,0 mln so‘mni tashkil etadi. To‘rt yil 
bo‘yicha katta (185,0 mln so‘m) ekanligini hisobga olsak, investitsiyalarning 
aniq qoplanish muddati investitsiya loyihasining to‘rtinchi yilgi faoliyatiga 
bog‘liqligini ko‘ramiz. Uch yillik olingan daromadlarning (130,0 mln so‘m) 
boshlang‘ich investitsiyalardan (180,0 mln so‘m) farqi 50,0 mln so‘mni tashkil 


77
etishini hisobga olsak (180,0 – 130,0), ushbu qoldiq summaning to‘rtinchi yilda 
olingan daromadlarga nisbati uning qoplanish muddatini ko‘rsatadi, ya’ni 
50,0/55,0=0,909 koeffitsiyentni, yil hisobida esa 11 oy 2 kunni tashkil etishini 
hosil qilamiz. Demak investitsiya miqdorining qoplanish muddati umumiy 
hisobda 3 yil 11 oy 2 kunni tashkil etadi. Shunday qilib, investitsiya loyihasining 
qoplash muddati, ya’ni loyihani amalga oshirishdan olinadigan tushumlar 
qilingan xarajatlarning qoplash vaqti hisoblanadi. 
2.
Faraz qilaylik, investitsiya loyihasi uchun 140 mln so‘m xarajat qilingan, 
loyihani amalga oshirish jarayonida olinadigan sof foyda miqdori yillar bo‘yicha 
quyidagicha: birinchi yil – 24,0 mln so‘m, ikkinchi yil – 12,0 mln so‘m, 
uchinchi yil – 16,0 mln so‘m, to‘rtinchi yil – 18,0 mln so‘m va beshinchi yil – 
20,0 mln so‘m tashkil qilsa, u holda foydaning oddiy me’yori (ROI) qanday 
hisoblanadi? 
3.
Biror–bir investitsiya loyihasi uchun 150,0 million so‘m investitsiya 
qilish talab etiladi va undan kutiladigan natija yillar bo‘yicha 20,0; 40,0; 60,0 va 
80,0 mln. so‘mni tashkil etdi. O‘zgarmas sharoitda doimiy diskont stavkasi – 
13%. Investitsiyaning sof joriy qiymatini toping. 
4.
Korxona mehmonxona qurilishi uchun 60,0 mln.so‘m investitsiya qildi 
(mablag‘ sarfladi). Mehmonxonani foydalanishdan keladigan yillik pul 
tushumlari 30,0; 40,0; 60,0 va 80,0 mln so‘mni tashkil etadi. Doimiy diskont 
stavkasi 9%. U holda investitsiyaning diskontlangan qoplash muddatini 
hisoblang.
 
5.
Agar siz bankdagi maxsus hisob raqamingizga har yili yilning yakunida 
12,0 mln so‘mdan depozit bo‘yicha yillik 18% stavkasida 5 yil davomida pul 
joylashtirsangiz, besh yildan so‘ng siz qanday summaga ega bo‘lasiz?
 
6.
Siz avtomobil parkidan yuk avtomobillarini sotib olish uchun 18,0 mln 
so‘m mablag‘ investitsiyalashga qaror qildingiz. Loyihaning hayotiylik davri 
avtomobillarning ishlatilish davridan kelib chiqqan holda 6 yilga teng. Yuk 
mashinalaridan foydalanish natijasida kutilayotgan yillik tushumlar 3,1 mln 
so‘mga teng bo‘lsa, u holda investitsiyalarning rentabellik darajasi qanday 
miqdorni tashkil etadi?
 
7.
Faraz qilaylik, yangi ishlab chiqarishni tashkil etish uchun 180,0 mln 
so‘m investitsiya qilish talab etiladi va undan kutiladigan natija yillar bo‘yicha 
35,0; 50,0; 65,0 va 55,0 mln so‘mni tashkil etadi. Bunda diskontlash stavkasini 
quyidagi ikki hol bilan belgilab olamiz: 
1.
O‘zgarmas sharoitda doimiy diskont stavkasi – k = 12%. 
2.
O‘zgaruvchan sharoitda yillar bo‘yicha diskont stavkasi: 10%; 12%; 
14%. 
Sof joriy qiymatni toping. 


78
8.
Diskont stavkasi 14 % bo‘lganda, quyida berilgan 3 ta loyihadan eng 
samaralisini tanlang. Bunda sof joriy qiymat (NPV), investitsiyalar rentabelligi 
(PI) va foyda ichki me’yori (IRR)ni hisoblash orqali taqqoslang: 

Download 2,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish