K. Z. Homitov iqtisod fanlar doktori, dotsent


 Korxonalar investitsiya faoliyatini moliyalashtirish manbalari



Download 2,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/127
Sana12.07.2022
Hajmi2,14 Mb.
#783761
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   127
5.2. Korxonalar investitsiya faoliyatini moliyalashtirish manbalari 
Iqtisodiy tarkibning qayta qurilishi faol investitsiya siyosatini o‘tkazish 
bilan 
chambarchas 
bog‘liqdir. 
Investitsiya 
bazasini 
rivojlantirish 
va 
chuqurlashtirish islohotlar strategiyasining muhim shartidir. Iqtisodiyot 
tuzilishining belgilangan yo‘nalishlari eksport imkoniyatining kengaytirilishiga, 


81
baquvvat investitsiya siyosatini o‘tkazish yo‘li bilangina erishish mumkin. 
Buning uchun o‘z sarmoyalarimizni ham, tashqi kreditlarni ham bevosita 
investitsiyalar va ularning barcha manbalarini ham ishga solish zarur. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida investitsion loyihalarni moliyalashtirish 
investorlar tomonidan tashkil etilgan har xil manbalar, shu jumladan, moliyaviy 
resurslarni jalb qilish yo‘li bilan, kreditlar evaziga qonunchilikda belgilangan 
holda qimmatli qog‘ozlar va zayomlar chiqarish hisobiga amalga oshiriladi. 
Korxona investitsiya faoliyatini moliyalashtirish turli shakl va usullarda 
olib boriladi. Hozirgi vaqtda investitsiyalarni moliyalashtirish manbalarini 
shakllantirish, investitsiya faoliyatining bosh muammolaridan biri hisoblanadi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxona investitsiya faoliyatini moliyalashtirish 
quyidagi manbalar hisobiga amalga oshirilmoqda: 
1)
investorning o‘z moliyaviy resurslari va ichki xo‘jalik rezervlari (foyda, 
amortizatsiya ajratmalari, maxsus zaxira fondlari); 
2)
investorning qarz mablag‘lari (bank krediti, byudjet krediti, obligatsiya 
bo‘yicha qarzlar); 
3)
jalb qilingan moliyaviy resurslar (aksiyalarni sotish, mehnat jamoasining 
pay va boshqa ko‘rinishdagi badallari, yuridik va jismoniy shaxslarning pay va 
boshqa badallari); 
4)
byudjetdan investitsion assignatsiyalari (mahalliy, davlat va byudjetdan 
tashqari fondlar mablag‘lari). 
5)
chet el investitsiyalari (chet el kreditlari, to‘g‘ridan to‘g‘ri chet el 
investitsiyasi, qo‘shma korxonalar ko‘rinishida); 
6)
lizing va seleng (investitsion loyihalarni moliyalashtirishning bir turi 
bo‘lib, asbob-uskuna, transport vositalari, bino va inshootlarni ijariga yoki
intellektual mulkdan foydalanish huquqini berish). 
1) Korxona investitsiya faoliyatini moliyalashtirishning eng ishonchli 
manbasi o‘z mablag‘lari hisoblanadi.
Har qanday tijorat tashkiloti doimo 
investitsiyalarni o‘z hisobidan moliyalashtirishga intiladi. Bu holatda 
moliyalashtirish manbalarini qayerdan olish kerak degan muammo vujudga 
kelmaydi va uning bankrotlik xavf-xatari (riski) kamayadi. Bundan tashqari 
ijobiy tomonlari ham mavjud. Xususan, o‘z-o‘zini moliyalashtirish korxonaning 
rivojlanganligi va uning yaxshi moliyaviy holatini bildiradi hamda yana 
raqobatchilardan ma’lum bir ustunlikka ega bo‘ladi, boshqa korxonalarda 
bunday imkoniyat bo‘lmasligi mumkin. Har qanday tijorat tashkilotining asosiy 
o‘z-o‘zini moliyalashtirish manbayi bu, asosan, sof foyda va amortizatsiya 
ajratmasidir. 
a) Foyda – korxonalarning investitsiya faoliyatini moliyalashtirishning 
manbayi sifatida. 


82
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonaning asosiy maqsadi, bu maksimal 
foyda olish bo‘lib, u korxona faoliyatining asosiy moliyaviy natijasidir.
Korxonaning balans foydasi (FB) quyidagi formula orqali hisoblanadi: 
( )

Download 2,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish