ma’rifat ila taraqqiyot zamoni talablariga hozirjavob bo‘lishga
in tilg a n . Bu fik rn i A. Q o d iriy n in g hik o y ach ilig i ham
tasd iq lay d i. A dib hikoy.achiligida zam onaviy m avzular,
yangilikni qo‘llab-quvvatlash, hayotdagi eskilik illatlarini fosh
etish asosiy o ‘rinni egallaydi. Yozuvchi o ‘zining «K alvak
M ahzum ning xotira daftaridan», « T oshpo'lat tajang nima
deydi», «Shirvon xola nima deydi», «Tinch ish» kabi hajviy
hikoyalarida yangi hayotning
mohiyatiga tushunmay garang
b o ‘lgan ru h o n iy lar, tajang lash gan ch ap an ilar, bekorchi-
dangasalar ustidan achchiq kuladi.
Abdulla Qodiriy hikoyalari yangi adabiyot o'lchovlariga
mosligi, g‘oyaviy mazmunning aniqligi, obrazlarning jonli va
tabiiyligi,
badiiy pishiqligi, kulgining asosliligi, xalq og‘zaki
ijodidan unumli foydalanilganligi bilan diqqatga sazovordir. Bu
xususiyatlar uning «Obid ketmon» (1934) qissasiga ham xos.
«Obid ketmon» — siyosiy tadbirga atab yozilgan birinchi
yirik nasriy asar. Unda o ‘zbek dehqonlarining jamoa xo‘jalikka
uyushish jarayoni «Chetan» kolxozining tuzilishi va o ‘sa borishi
misolida ochib berilgan. Asarda o‘sha davrdagi qiyinchiliklar,
yakka xo‘jalik hayotiga odatlanib qolgan dehqonlarning jamoa
xo‘jaligiga a ’zo b o ‘lib kirish jarayoni, dunyoqarash,
tuzum
o ‘zgarishi natijasidagi ikkilanishlar real aks ettirilgan.
Abdulla Qodiriy qissada davr hayotini, obrazlar faoliyatini
aslidagiday qilib aks ettirishga k a tta e ’tib o r bergan. Shu
m aqsadda yakka xo‘jalikni qoralash yoki jam oa xo‘jaligini
ortiqcha maqtab, uni ideallashtirishdan qochgan. Chunki asar
aslida o'zgaruvchan hodisa bo‘lmish tuzum haqida emas, balki
inson to'g'risidadir. Qodiriy bu bitigida
insonning qisqa davr
oralig‘ida o ‘zgarib ulgurgan siyosiy tuzum, ijtimoiy maqomiga
monand ravishda qanday ruhiy evrilishlarga yuz tutgani, qanday
yashaganini tadqiq etmoqni istaydi. Shu sabab ham qissa go‘yoki
«kolxozlashtirish» atalmish o ‘sha payt uchun dolzarb mavzuga
«bag‘ishlangan» bo‘lsa-da, hatto bugungi kun uchun ham o ‘z
qimmatini yo‘qotmagan.
«O bid
k e tm o n » d a
h a y o t
h a q iq a ti
h aq q o n iy
ifodalanganidek, u badiiy jih atid an ham yuqori saviyada
yaratilgan. Ayniqsa, qissada adib o ‘zining xilma-xil xarakterlar
140
yaratishga mohir san’atkor ekanligini yana bir bor ko ‘rsatgan.
Asardagi asosiy obrazlar (Obid ketmon, Berdi tatar,
Usmon
polvon, Xatib domla, Muhsin domla) ham, epizodik obrazlar
(Xolmirza aka, Sobirov, Rafiqov, Mirvali bangi, Abdujalilboy,
Sultonqul, Hubbiboy) ham o ‘zlariga xos xarakter, o'zlariga
xos fao liy at va in d iv id u al x u su siy atlarg a ega. A yniqsa,
qishloqning ikki mullasi — Xatib
domla bilan Muhsin domla
obrazlari g‘oyat san’atkorona tasvirlanganligi bilan ajralib
turadi. Adib bu ikki kas ta ’rifini: «biri tulki, biri kulgi», —
deb yakunlaydi.
«Obid ketmon» qissasining tili boy, yozuvchi o ‘z nutqida
ham, personajlar nutqida ham jonli xalq tilidan, maqol va
obrazli
birikmalardan, turli xil tasviriy vositalardan unumli
foydalangan.
Abdulla Qodiriyning badiiy ijod olamidagi eng buyuk xizmati
shundaki, u o‘zbek adabiyotida birinchi bo‘lib roman janriga asos
soldi. M a ’lumki, XX asrgacha o ‘zbek adabiyotida hozirgi
m a’nodagi romanchilik janr sifatida shakllanmagan edi. XX
asrning 20-yillariga kelib milliy adabiyotim izda ham shu
y o ‘nalishdagi urin ish lar paydo b o ‘la boshladi. 0 ‘zbek
adabiyotshunosligi tomonidan o‘sha urinishlaming eng samarali,
eng olamshumuli sifatida Abdulla Qodiriyning « 0 ‘tkan kunlar»
(1926) romani e’tirof etiladi. Adib o‘zining ushbu asari bilan milliy
adabiyotimiz tarixida o‘zbek romanchiligi asoschisi, degan nomga
haqli ravishda sazovor bo‘ldi. Ushbu asar nafaqat o ‘zbek, balki
0 ‘rta Osiyo xalqlari romanchiligi ibtidosidir. «ОЧкап kunlar»dan
so‘ng Qodiriy 1929-yilda «Mehrobdan chayon» romanini yaratish
bilan o‘z an’analarini davom ettirdi.
Taniqli sharqshunos olim
YE. E. Bertels Abdulla Qodiriyning bu xizmatini yuksak qadrlab:
«D unyoda beshta: y a’ni fransuz, ingliz, rus, nemis va hind
romanchiligi maktablari bor edi. Endi oltinchisi, ya’ni o ‘zbek
romanchiligi maktabi paydo bo‘ldi, bu maktabni Abdulla Qodiriy
yaratib berdi»35, — degan edi.
«ОЧкап kunlar» nainki о ‘zbek romanchiligining dastlabki
namunasi, balki shu janrning yetuk durdonasi sifatida ham
Do'stlaringiz bilan baham: