Ta’limiy vazifalar
maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni jismoniy
tarbiyalash jarayonida quyidagi ta’limiy vazifalar hal etiladi:
-
harakat kо‘nikma va malakalarini shakllantirish;
-
jismoniy
sifatlar
(chaqqonlik,
tezkorlik,
egiluvchanlik,
muvozanat, kо‘z bilan chamalash, kuchlilik, chidamlilikni о‘stirish;
-
tо‘g‘ri qaddi-qomat,gigiyena kо‘nikmalarini tarbiyalash;
-
jismoniy tarbiya haqidagi bilimlarni о‘zlashtirish.
Bolalar nerv tizimining plastikligi tufayli ularda harakat kо‘nikmalari
nisbatan yengil shakllanadi. Ularning kо‘pchiligidan (emaklash, yurish, yugurish,
chang‘ida yurish, velosipedda sayr qilish va h.k.) kundalik harakat vositasi sifatida
foydalanadilar.
Harakat kо‘nikmalari tashqi muhit bilan aloqani osonlashtiradi va uni
bilishga yordam beradi; bola emaklab о‘zini qiziqtirgan narsalarga yaqinlashadi va
ular bilan tanishadi; chang‘ida yura oladigan; velosipedda sayr qila oladigan
bolalar qor, shamol xossalarini oson idrok etadilar; suzish chog‘ida esa bolalar
suvning xossalari bilan tanishadilar.
Jismoniy mashqlarni tо‘g‘ri bajarish mushaklar, paylar, bо‘g‘inlar, suyak
tizimini rivojlantirishga samarali ta’sir qiladi.
Yosh guruhlariga oid harakat kо‘nikmalarining hajmi «Bolajon» tayanch
dasturida berilgan. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda saflanish,
umumrivojlantiruvchi mashqlar, asosiy harakatlar, sport mashqlarini bajarish
kо‘nikmalarini shakllantirish lozim.
Bundan tashqari, bolalarni sport о‘yinlariga (badminton, stol tennisi) va
sport о‘yinlari elementlari (basketbol, xokkey, futbol, voleybol)ni bajarishga
о‘rgatish zarur.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni о‘tirgan, turgan holatda va
yurganda qaddi-qomatni tо‘g‘ri tutish kо‘nikmalariga о‘rgatish muhim.
Bu yoshda shaxsiy va ijtimoiy gigiyenaning boshlang‘ich kо‘nikmalari (qо‘l
yuvish, kiyim-kechak, poyabzalni yaxshi tutish, о‘yinchoqlar, xonalarni va h.k.)
ozoda tutish kо‘nikmalarini singdirish muhimdir.
Bu yoshdagi bolalarga mashg‘ulotlarning foydasi haqidagi jismoniy
mashqlarning ahamiyati va texnikasi, ularni о‘tkazish metodikasi haqidagi,
harakatli о‘yinlar haqidagi jismoniy tarbiyaga oid bilimlarni berish muhimdir.
Bolalar gavda qismlarining nomini, harakat yо‘nalishi (yuqoriga, pastga,
oldinga, orqaga, о‘ngga, chapga, tо‘la aylanish va h.k.), jismoniy jihozlarning
nomi va qay maqsadda ishlatilishi, ularni saqlash va tutish, kiyim-kechak va
poyabzalga qarash qoidasini bilishlari lozim.
Olingan bilimlar bolalarga jismoniy mashqlar bilan juda tо‘g‘ri
shug‘ullanish va jismoniy tarbiya vositalaridan mustaqil foydalanish imkonini
beradi.
18
Do'stlaringiz bilan baham: |