"iqtisodiyot va menejment "


Ishlab chiqarish iste`moli



Download 3,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/270
Sana12.07.2022
Hajmi3,21 Mb.
#781859
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   270
Bog'liq
IQTISODIYOT VA MENEJMENT DARSLIK

Ishlab chiqarish iste`moli
- ishlab chiqarish vositalari (kapital) va ishchi 
kuchini ishlab chiqarish jarayonida foydalanish. 
Noishlab chiqarish iste`moli

shaxsiy va ijtimoiy iste`moldan iborat bo’ladi. 
Shaxsiy iste`mol-
insonlarni oziq-
ovqat, kiyim-kechak bilim olish, dam olish, uy-joyga bo’lgan ehtiyojini qondirsa, 
ijtimoiy iste`mol
jamiyatning fan, madaniyat, ta`lim, mudofaa, xavfsizlikni 
ta`minlash, ekologik muammolarni hal qilishi bilan bog’liq. Iste`mol jarayonida 
ishlab chiqarilgan ne`matlar foydalanib yo’qotiladi va ularni o’rniga yangisi ishlab 
chiqariladi va ishlab chiqarish jarayoni to’xtovsiz takrorlanib turadi. 
Iqtisodiy munosabatlar 
– bu iqtisodiy ne’mat va boyliklarni takror ishlab 
chiqarish jarayonida kishilar o’rtasida vujudga keladigan aloqa va munosabatlardir. 
Iqtisodiy munosabatlarning aniq namoyon bo’lish shakllari: iqtisodiy hodisalar: 
ishsizlik, inqiroz, inflatsiya, bandlik va h.k.z.; iqtisodiy jarayonlar: ishlab chiqarish, 
xizmat ko’rsatish, taqsimlash, ayirboshlash, iste’mol va h.k.z.
«Iqtisodiyot»
fan sifatida tabiatda hamda inson, jamoa va jamiyat hayotida 
vujudga keluvchi turli xil iqtisodiy jarayon va hodisalarni prognozlashtirish, tahlil 
qilish va baholash bo`yicha bilimlar majmuasini ifoda etadi. U bir inson uchun ham, 
butun jamiyat uchun ham zarur bo`lgan moddiy va nomoddiy ob`yektlarning katta 
qismini hamda moddiy va ma`naviy ne`matlarni tayyorlash va taqsimlash usullari va 
jarayonlarini o`z ichiga oladi. Agar «Iqtisodiyot» fanining normativ jihatlari korxona, 



firma va davlatning iqtisodiy siyosatini ta`minlasa, pozitiv jihatlari esa real voqelikni 
baholaydi va tahlil qiladi hamda uning rivojlanishidagi qonuniyatlarni aniqlaydi. 
Shu tariqa «Iqtisodiyot» fani izlanish va uslubiy vazifalarni bajaradi hamda 
jamiyat hayotining barcha soha va tarmoqlarida qabul qilinuvchi amaliy qarorlar 
uchun nazariy asos bo`lib xizmat qiladi. Fan-texnika taraqqiyoti sharoitlarida 
iqtisodiyot fani jamiyatda bevosita ishlab chiqarish kuchiga aylanib bormoqda. 
Iqtisodiy asoslab berilgan hisob-kitob va prognozlar «Iqtisodiyot» fanining muhim 
tarkibiy qismi sifatida xo`jalik tavakkalchiligining riskini kamaytirishga, ishlab 
chiqarish va resurslardan foydalanishni optimallashtirishga, shuningdek, yangi 
texnika va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishda eng to`g’ri tanlov olib 
borishga imkon yaratadi. 
«Iqtisodiyot» fani tarkibiga 
tarmoqlar
(sanoat, qishloq xo`jaligi, qurilish, 
transport va hokazo), 
funktsional
(«Mehnat sotsiologiyasi va iqtisodiyoti», «Iqtisodiy 
statistika», «Moliya va kredit», «Bahoni shakllantirish» va hokazo) kabi 
turli fan
tarmoqlari
(«Iqtisodiy geografiya», «Demografiya», «Iqtisodiyot tarixi» va 
boshqalar) tizimi kiradi. «Iqtisodiyot» fanining bu va boshqa yo`nalishlarida chuqur 
bilimga ega bo`lish insonlarning ijtimoiy faolligini oshirish, oqilona xo`jalik yuritish, 
kadrlarni iqtisodiy fikrlash ruhida tarbiyalashga turtki bo`ladi. 
«Iqtisodiyot» fanining, jumladan, yuqorida sanab o`tilgan yo`nalishlarning 
metodologik asosi, ularning poydevori bo`lib iqtisodiy nazariya xizmat qiladi. U real 
voqelik bilan bog’liq bo`lish baroabrida davlatning iqtisodiy siyosatini, uning kuchli 
va kuchsiz tomonlarini, shuningdek, iqtisodiy taraqqiyotga erishish mumkin bo`lgan 
yo`llarni mos keluvchi bosqichlarida aks ettiradi. Bu maqsadda «Iqtisodiyot» fani 
statistik kuzatuv, gipotezalarni ilgari surish va tekshirish, tahlil va sintez, induktsiya 
va deduktsiya, iqtisodiy jarayonlarni modellashtirish, tajriba (eksperiment)lar 
o`tkazish kabi bir qator voqelikni anglash usul va uslublarini ishlab chiqqan va 
ulardan muvaffaqiyatli ravishda foydalanadi. Aytish joizki, bu usullar nafaqat 
iqtisodiy, balki predmeti va tavsifiga ko`ra, tabiiy va boshqa turdagi fanlarda ham 
qo`llanishi mumkin. 


10 
Iqtisodiyot bozor munosabatlari yo`lida rivojlanayotgan hozirgi kunda e`tiborga 
molik va yechimini topmagan muammolar talaygina bo`lib, «Iqtisodiyot» faniga 
qiziqish ortib bormoqda. Inson hayoti va faoliyatiga munosib, siyosat va davlat 
aralashuvidan xoli bo`lgan, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga yo`naltirilgan iqtisodiyotni 
barpo etish vazifasi qo`yilmoqda. 

Download 3,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish