"iqtisodiyot va menejment "



Download 3,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/270
Sana12.07.2022
Hajmi3,21 Mb.
#781859
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   270
Bog'liq
IQTISODIYOT VA MENEJMENT DARSLIK

Munosabat. Nuqtai-nazar.
Odamlar orasidagi farqning yana bir tomoni – 
ularning biron-bir narsaga munosabati yoki ijtimoiy shakllanishidir. Munosabatlar 
bizning atrof-muhitni noob`yektiv idroklashimizni shakllantiradi va shu tariqa hatti-
harakatga ta`sir ko`rsatadi. Ayollar yaxshi xodim emas degan nuqtai-nazarga ega 
bo`lgan odamlar, ayollarning hamma xatolarini bo`rtirib ko`rsatishga harakat 
qilishadi va ularning yaxshi xodim ekanligi to`g’risidagi isbotlarni idroklay 
olishmaydi. 
Qadriyatlar. 
Munosabat – alohida e`tiqod bo`lsa, qadriyatlar umumiy e`tiqod, 
hayotda nima yaxshi va nima yomon, nimaga beparvo qarash to`g’risida ishonchdir. 
«Qo`l mehnatini yoqtirmayman» - bu munosabat to`g’risidagi ibora. «O`z qo`li bilan 
bajarilgan mehnat – eng oliyjanob mehnat shaklidir», - bu qadriyat iborasi 
hisoblanadi. Qadriyatlar, hamma individual xususiyatlar kabi o`rganish, o`qish 
vositasida egallanadi. Unga oilada, ota-onalar tarbiyasi orqali, maktabda, mahallada 
o`rganiladi. Har qanday tashkilot, ongli yoki ongsiz ravishda, o`zining qadriyatlari 
tizimini shakllantiradi. Bu tizim tashkilotning tashkiliy madaniyati va axloqini 
tashkil etadi. Rahbariyat tashkil etadigan muhit ishlovchi hatti-harakatiga katta ta`sir 
ko`rsatadi. Shuning uchun rahbarlar bu muhitni tashkilotning maqsadlariga 
erishishiga ko`maklashishiga qaratishi kerak.
Ishchi muhit 
– bu boshqarish jarayoni yordamida tashkilotning ehtiyojlariga 
moslashgan hamma ichki o`zgaruvchilarning to`plami. Muhitning ikki jihati: guruh 
va boshqarish sardorligi ishlovchi hatti-harakati xarakteriga katta ta`sir ko`rsatadi. 


63 
Guruhlar 
alohida odamlar hatti-harakatiga katta ta`sir ko`rsatadi. Guruh 
me`yorlari – ma`lum sharoitlarda qabul qilingan hatti-harakat standartlaridir. Inson 
qanchalik o`zini guruhga taalluqli ekanligini qadrlasa, shunchalik uning hatti-harakati 
guruh me`yorlariga mos tushadi. Guruh me`yorlari tashkilotning maqsadlariga 
erishishiga ko`maklashishi yoki to`sqinlik qilishi mumkin. Rasmiy tashkilotning 
maqsadlariga erishishni ta`minlaydigan me`yorga misol bo`lib, guruh ichidagi yuqori 
jamoachilik, ochiq muloqot hisoblanadi. Tashkilot maqsadlariga erishishga to`sqinlik 
qiladigan guruh me`yorlariga paxta terimida yaxshi terimchini «kombayn» deb 
nomlash misol bo`lishi mumkin.
Liderlik –
bu odamlarni ma`lum tarzda o`zini tutishga majbur etib, ularning 
hatti-harakatiga ta`sir etishda rahbar tomonidan qo`llanadigan vositadir. Tashkilot 
sharoitida liderlikka nisbatan bir qancha nuqtai-nazar mavjud. Ulardan biri liderlik 
uslubidir. Liderlik uslubi menejerning dunyoqarashini, xodimlarga munosabatini, 
o`z-o`ziga baho berishini aks ettiradi. Menejer qo`llaydigan liderlik uslubidan 
maqsadlarga erishishda ishlovchilar kuch g’ayratini yo`naltirish, nizoli holatlarni 
echish bog’liq. Bu omillar boshqarish amaliyotida bir-biridan ajratilgan holda alohida 
ko`rilmaydi. Bir ichki o`zgaruvchining o`zgarishi boshqalariga ham ta`sir ko`rsatadi. 
Boshqa o`zgaruvchilarning o`zgarishlari esa to`lqinsimon ravishda qaytib, avvalgi 
o`zgarishlardan ham yuqori darajada ta`sir ko`rsatishi mumkin.
Tashkilotning muvaffaqiyatli faoliyati faqat ichki o`zgaruvchilardan emas, balki 
tashqi omillardan ham ko`p jihatdan bog’liq. Zamonaviy tashkilotlar uchun tashqi 
muhitning tez o`zgarishlarini hisobga olishlari va ularga moslashishlari talab qilinadi. 
Tashqi muhit o`zgarishlari tashkilot ichida o`zgarishlarni amalga oshirishni taqozo 
etadi. Hamma ichki o`zgaruvchilar o`zaro bog’liq bo`ladi (2.5-jadval).

Download 3,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish