"iqtisodiyot va menejment "



Download 3,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/270
Sana12.07.2022
Hajmi3,21 Mb.
#781859
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   270
Bog'liq
IQTISODIYOT VA MENEJMENT DARSLIK

Bevosita ta`sir muhiti: 
Ta`minotchilar.
Tashkilotning materiallar, jihozlar, energiya, kapital va ish 
kuchi bilan ta`minlaydigan boshqa tashkilotlar bilan bog’liqligi, muhitning 
tashkilotning muvaffaqiyatli faoliyati va operatsiyalariga bevosita ta`sir ko`rsatishi 
misoldir. Boshqa davlatlardan resurslar sotib olish narx, sifat va miqdor jihatidan 
qulay bo`lishi mumkin, lekin bir vaqtning o`zida almashish kurslari o`zgarishi yoki 
siyosiy notinchlik kabilar xavf solib turadi. 
Qonunlar va davlat muassasalari.
Ko`p qonunlar va davlat muassasalari 
tashkilotga bevosita ta`sir ko`rsatadi. Tashkilotlar davlat chiqargan qonunlarga 
bo`ysunadi va ular asosida o`z faoliyatini olib boradi. Bundan tashqari tashkilotlar 


65 
davlat boshqarish organlari talablarini ham bajarishi shart. 
Iste`molchilar.
Tashkilotning amalda yashab qolishi uning faoliyati natijalari 
iste`molchilarini topish va ularning ehtiyojini qondirishiga ko`p jihatdan bog’liq. 
Iste`molchilar, ular uchun qanday tovar yoki xizmatlar va qanday narxda kerakligi 
to`g’risida qaror qabul qilib, tashkilot uchun uning faoliyati natijalariga taaluqli 
bo`lgan hamma narsani aniqlab beradi. Iste`molchilar ehtiyojini qondirish zarurligi 
tashkilot ta`minotchilari bilan o`zaro bog’liqlikda ta`sir ko`rsatadi. 
Raqobatchilar. 
Tashqi muhitning bu ta`sirini rad etish mumkin emas. Tashkilot 
rahbariyati aniq biladiki, agar boshqa raqobatchilar kabi iste`molchilar ehtiyojini 
samarali qondirmasa, o`zok faoliyat kursata olmaydi. Ko`p xollarda iste`molchilar 
emas, aynan raqobatchilar qanday mahsulotlar sotish va qanday narx belgilashni 
aniqlab beradilar. 
Bilvosita ta`sir muhiti:
 Texnologiya.
Texnologiya – ham ichki omil, ham tashqi 
omil hisoblanadi. Texnologik yangiliklar mahsulot, ish va xizmatlarning 
tayyorlanishi, sotilishi, eskirishi darajasi hamda o`xshash mahsulotlar haqida 
axborotlarning to`planishi, saqlanishi, tarqatilishi bilan bog’liq masalalarga ko`proq 
ta`sir etadi. Tashkilotlar raqobaqtchilaridan o`zib ketishi yoki hech bo`lmaganda ular 
bilan bir qatorda bo`lish uchun, faoliyati natijalari samaradorligiga bog’liq bo`lgan 
yangiliklarni qo`llashi lozim. 
Iqtisodiyot holati.
Rahbariyat tashkilot operatsiyalariga iqtisodiyotning umumiy 
holati ta`sirini baholashni ham bilishi kerak. Jaxon iqtisodi holati hamma resurslar 
qiymatiga va iste`molchilarning ma`lum tovar va xizmatlar sotib olish qobiliyatiga 
ta`sir ko`rsatadi. Masalan, inflyatsiya kutilsa, rahbariyat qo`shimcha resurslar sotib 
olish va ishchilar bilan vaqtinchalik ish haqi belgilash to`g’risida kelishishi mumkin. 
Bundan tashqari u qarz olishga qaror qilishi mumkin. Agar ishlab chiqarish tushishi 
kutilsa, aksincha zahiralarni kamaytirishga, ishchilarni qisqartirishga harakat qiladi. 
Iqtisodiyot holatidan bankdan kredit olish, soliqlarning kamaytirilishi bog’liq. 
Ijtimoiy-madaniy omillar.
Har qanday tashkilot hech bo`lmaganda bir madaniy 
muhitda amal qiladi. Shuning uchun ijtimoiy madaniy omillar – hayotiy qadriyatlar, 
urf-odatlar tashkilotga ta`sir ko`rsatadi. Ijtimoiy-madaniy omillar tashkilot faoliyati 


66 
natijasi bo`lmish tovar va xizmatlarga ham ta`sir ko`rsatadi. Masalan, 
iste`mochilarning kiyim xarid qilishida ko`proq mashhur firmalar mahsulotiga talabi 
katta.
Siyosiy omillar.
Siyosiy holatning ayrim jihatlari rahbarlar uchun katta 
ahamiyatga ega. Ulardan – ma`muriyat, qonun chiqaruvchilar va sudning biznesga 
munosabati. Bu munosabatlar soliq tizimiga, soliq imtiyozlariga, iste`molchilarni 
himoya qilish qonunlariga, atrof-muhitni himoya qilish standartlariga, narx va ish 
haqini nazorat qilishga ta`sir ko`rsatadi.
Xalqaro muhit
. Xalqaro muhit har bir mamlakatda turlicha bo`lishi mumkin va 
rahbar buni hisobga olishi kerak. Xalqaro biznes amal qiladigan muhit omillari – 
madaniyat, iqtisod, qonunchilik, davlat boshqaruvi va siyosiy holat. 

Download 3,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish